2025-yildagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti hamda uni tashkil qilish doirasida oʻtkazilgan 20 ta uchrashuvda kelib tushgan 15 mingta murojaatda koʻtarilgan tizimli muammolarning yechimiga qaratilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish hamda ochiq muloqotda belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish maqsadida qaror qilaman:
I. Moliyaviy resurslar
1. 2026-2027-yillarda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, zarur moliyaviy va infratuzilmaviy sharoitlarni yaratish uchun jami 270 trillion soʻm yoʻnaltirilsin, xususan:
(a) erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarining infratuzilmasini rivojlantirish uchun Davlat budjetidan 4 trillion soʻm;
(b) drayver loyihalar doirasida — 5 trillion soʻm;
(v) tanlab olingan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish dasturlari uchun — 6 trillion soʻm;
(g) tijorat banklari tomonidan kichik va oʻrta biznes uchun — 250 trillion soʻm, shu jumladan, tadbirkorlik dasturlari doirasida 30 trillion soʻm;
(d) “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kamida 5 mingta tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun — 4 trillion soʻmlik moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari.
2. 2026-yil 1-maydan boshlab tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish jarayonida ularning toʻlov qobiliyatini baholash uchun xarajatlar (soliq, kommunal toʻlovlar, tranzaksion operatsiyalar va boshqa ijobiy koʻrsatkichlar boʻyicha maʼlumotlarni), tovar aylanmasi, eksport operatsiyalari kabi davlat organlari va xususiy sektor vakillarining maʼlumotlar bazalarida mavjud maʼlumotlar orqali muqobil skoring qilish tizimi joriy qilinsin.
II. Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda qulayliklar yaratish va turizmni rivojlantirish
3. Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun ustav kapitalida davlat ulushi boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qoʻllash va undirishga 2027-yil 1-yanvarga qadar moratoriy eʼlon qilinsin. Bunda moratoriy davrida muddati oʻtgan debitor qarzdorlik holatlari bartaraf etilganda qoʻllanilgan jarimalar bekor qilinadi.
4. 2026-yildan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi Turizmni rivojlantirish dasturi joriy etilsin:
(a) 2026 — 2028-yillarda joylashtirish vositalarini tashkil qilish uchun kamida 5 ming gektar yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga chiqarish. Bunda:
(i) yer uchastkalarining auksion savdolarida shakllangan narxidan kelib chiqib, quriladigan mehmonxona ustav kapitalining 49 foizidan oshmagan qismigacha davlat ulushi bilan sherik boʻlib kirish mexanizmi joriy qilinadi;
(4-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
(ii) davlat ulushini 10 yil davomida bozor qiymatida mulk ishtirokchisi yoki boshqa salohiyatli investorlarga realizatsiya qilish imkoniyati yaratiladi;
(b) 2026 — 2028-yillarda tijorat banklari tomonidan barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga mehmonxona qurish uchun 7 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda kreditlar ajratiladi:
(i) viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari, turizmga ixtisoslashgan tuman (shahar)larda qurilayotgan mehmonxonalar uchun — 30 milliard soʻmgacha;
(ii) boshqa hududlarda — 10 milliard soʻmgacha;
(v) har yili sayyohlarning eng koʻp eʼtiborini qozongan va nufuzli xalqaro platformalarda ijobiy eʼtirof etilgan joylashtirish vositalarini aniqlash va taqdirlash boʻyicha mukofot jamgʻarmasi 1 million AQSH dollariga teng tanlov oʻtkazish.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, mazkur Farmonning 4-bandi “b” kichik bandiga muvofiq “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan:
(a) 30 milliard soʻmgacha kreditlarning:
(i) 50 foiziga, biroq 10 milliard soʻmdan oshmagan miqdorigacha kafillik taqdim etiladi;
(ii) Markaziy bank asosiy stavkasining 2 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada ajratiladigan kreditlarning asosiy stavkadan 4 foizlik punkt yuqori, biroq 8 foiz punktigacha boʻlgan qismi qoplab beriladi;
(b) 10 milliard soʻmgacha kreditlarning:
(i) 50 foiziga kafillik taqdim etiladi;
(ii) Markaziy bank asosiy stavkasining 2 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada ajratiladigan kreditlarning asosiy stavkadan 4 foizlik punkt yuqori, biroq 10 foiz punktigacha boʻlgan qismi qoplab beriladi;
(v) kompensatsiya toʻlovlari “2+3” tamoyili asosida avval kreditning dastlabki ikki yiliga taqdim etiladi, keyingi uch yil davomida mehmonxona xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan yillik tushum 15 foiz va undan ortiq miqdordan oshgan taqdirda amalga oshiriladi;
(g) tadbirlarni amalga oshirish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yildan boshlab Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish uchun zarur boʻladigan mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib boradi.
6. 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
(a) respublika tuman va shaharlarida (viloyatlar markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga kiritilgan turizm salohiyati yuqori boʻlgan tuman (shahar)lar va turistik zonalar bundan mustasno) joylashgan joylashtirish vositalari uchun turistik (mehmonxona) yigʻimni hisoblash va toʻlash tartibi bekor qilinsin;
(b) oilaviy mehmon uyi sifatida tan olish uchun bir vaqtning oʻzida vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish mumkin boʻlgan tashrif buyuruvchilar (turistlar) soni boʻyicha belgilangan chegara miqdori 2 baravar oshirilsin.
7. 2026-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlarining yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun ketgan xarajatlarining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tizimi mehmonxonani qoʻshimcha bino va inshootlar qurish orqali kengaytirish yoki mavjud bino va inshootlarning ixtisoslashishini mehmonxona faoliyatiga oʻzgartirishga ham tatbiq etilsin.
8. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini kiritsin:
(a) sanitariya, fitosanitariya va veterinariya (SPS) sohasida yagona davlat boshqaruvini tashkil etish, “daladan dasturxongacha” tamoyili asosida samarali nazorat tizimini joriy etish, ruxsat berish hujjatlarini “xavfni tahlil qilish” tizimi asosida “bir darcha” tamoyili orqali rasmiylashtirish, barcha jarayonlarni raqamlashtirish;
(b) texnik tartibga solish sohasini tubdan isloh qilish, xalqaro standartlarga mos texnik reglamentlar va deklaratsiya tizimini keng joriy etish, nufuzli xalqaro laboratoriyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun sharoitlar yaratish.
9. Belgilansinki, 2026-yildan boshlab:
(a) davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam miqdori hududda shakllangan ijara toʻlovining minimal bozor narxidan kelib chiqib belgilanadi;
(b) davlat koʻchmas mulkini ijaraga berish muddati 3 yildan 5 yilgacha oshiriladi.
III. Soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish choralari
10. 2026-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliq toʻlovidan ilk marta qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻloviga oʻtgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllansin:
(a) bir yil davomida foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilish;
(b) bir yil davomida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibini buzganlik uchun moliyaviy jarima qoʻllamaslik;
(v) 6 oy davomida buxgalteriya xizmatlari xarajatlarining har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3,5 baravaridan oshmagan qismini toʻlayotgan soliq toʻlovlari hisobidan chegirib tashlash.
11. 2026-yil 1-yanvardan boshlab soliq majburiyatlarini bajarishning quyidagi proaktiv tartibi joriy etilsin:
(a) yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq hisobotlarini shakllantirish vazifasi soliq organlariga oʻtkaziladi va ushbu majburiyat soliq toʻlovchilar uchun bekor qilinadi;
(b) soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotlariga soliq toʻlovchi tomonidan 5 ish kuni ichida zarur tuzatishlarni kiritish va tuzatish kiritilgan soliq hisobotini taqdim etish huquqi beriladi.
12. Belgilansinki:
(a) foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 10 milliard soʻmdan 20 milliard soʻmga oshiriladi;
(b) tadbirkorlik subyektlari oʻz mablagʻlari hisobidan ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari qurib, begʻaraz topshirganda, ushbu obyektlar uchun qilingan xarajatlar foyda soligʻi bazasidan kamaytiriladi;
(v) 2025-yil 1-noyabrdan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar uchun belgilangan jismoniy shaxslardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari naqd pulga xarid qilinganda, ushbu tovarlar uchun kirim hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi barcha tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etiladi;
(g) tadbirkorlik subyektlarining soliq auditi natijalari boʻyicha moliyaviy sanksiyalarni 6 oy ichida teng ulushlarda toʻlash huquqi sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha moliyaviy sanksiyalarga ham tatbiq etiladi;
(d) 2025-yil 1-avgust holatiga “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” tizimi orqali soliq tekshiruvlariga nomzod sifatida shakllangan va soliq xavfi 16 trillion soʻm boʻlgan 20 mingdan ortiq subyektga soliqqa oid huquqbuzarlik alomatlarini ixtiyoriy bartaraf etish imkoniyati berilgan holda, ushbu roʻyxat 2025-yil 1-noyabr holatiga qaytadan shakllantiriladi;
(j) 2026-yil 1-yanvardan boshlab sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishda:
(i) mobil videokameradan foydalanish majburiy hisoblanadi;
(ii) mobil videokameradan foydalanmasdan oʻtkazilgan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi.
13. Soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
(a) soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun maʼmuriy jarima miqdorini kichik tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslariga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 3 baravariga tushirish, fuqarolar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 1 baravariga tushirish;
(b) hisobot davrida bir nechta soliq turlari boʻyicha soliq hisobotlari taqdim etilmagan holatda, barcha taqdim etilmagan hisobotlar boʻyicha umumiy bitta jarima qoʻllash;
(v) oxirgi 3 oyda soliq hisobotlarini oʻz vaqtida taqdim etib kelgan tadbirkorlik subyektlariga soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun maʼmuriy jarimani 5 kungacha qoʻllamaslik.
14. Soliq qoʻmitasi:
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda 2026-yil 1-iyuldan 2027-yil 1-iyulga qadar huquqiy eksperiment doirasida Navoiy viloyatida soliqlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish, ortiqcha toʻlov va qarzdorlik summalarini yagona gʻaznachilik hisobvaragʻi orqali oʻzaro hisobga olish tizimini joriy qilsin;
(b) 2027-yil 1-sentabrga qadar huquqiy eksperiment natijalari asosida yagona gʻaznachilik hisobvaragʻini boshqa hududlarda joriy etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
15. Oliy sud Biznes-ombudsman bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar tadbirkorlik subyektlariga iqtisodiy va maʼmuriy sudlarga eksterritorial tartibda murojaat qilish imkoniyatini yaratish boʻyicha qonun loyihasini kiritsin.
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida quyidagilar:
(a) ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) 1-ilovaga muvofiq;
(b) amaliy tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
17. Mazkur Farmonga 1 va 2-ilovalarga muvofiq:
(a) qonunchilik hujjatlari loyihalari sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi va oʻrnatilgan tartibda kiritilishi, shuningdek, tadbirlar soʻzsiz bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik vazirlik va idoralar rahbarlariga yuklansin;
(b) topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki ijrosini taʼminlamagan vazirlik va idoralar rahbar va masʼul xodimlariga topshiriq ijrosi muddati tugagan kundan boshlab ijrosi taʼminlangunga qadar boʻlgan muddatda barcha ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻxtatilishi belgilansin.
18. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) Adliya vazirligi har haftada Roʻyxat va amaliy tadbirlar rejasidagi vazifalar ijrosi holati haqida tezkor maʼlumotni, har oyda — batafsil axborotni Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarga ijro qilinmagan topshiriqlar boʻyicha maʼlumotlar kiritib boradi;
(b) Roʻyxat va amaliy tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish holati har oyda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladi, yuzaga kelayotgan muammolar yechimi boʻyicha hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun tegishli masʼullarga choralar koʻrib boriladi;
(v) Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasi Roʻyxat va amaliy tadbirlar rejasidagi vazifalar ijrosi holati haqida har haftada tezkor maʼlumotni, har oyda — batafsil axborotni hamda topshiriqlar ijrosida yuzaga kelayotgan masalalar yechimi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.
19. Davlat organlari tegishli qonunosti hujjatlari va idoraviy koʻrsatmalar qabul qilinishini kutmasdan mazkur Farmon normalari kuchga kirgan paytdan eʼtiboran soʻzsiz va toʻgʻridan-toʻgʻri amalda qoʻllanilishini taʼminlasin.
20. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev belgilansin.
22. Farmon ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 19-avgust,
PF-138-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PF-138-son Farmoniga1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlarning turlari tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PF-138-son Farmoniga2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida bajariladigan
T/rChora-tadbirlar va tashabbuslarAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMasʼul ijrochilar1.Tadbirkorlarni infratuzilma bilan taʼminlash va loyihalarini moliyalashtirish2026-2027-yillarda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, zarur moliyaviy va infratuzilmaviy sharoitlarni yaratish uchun jami 270 trillion soʻm yoʻnaltirish, xususan:erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarining infratuzilmasini rivojlantirish uchun Davlat budjetidan 4 trillion soʻm;drayver loyihalar doirasida — 5 trillion soʻm;tanlab olingan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish dasturlari uchun — 6 trillion soʻm;tijorat banklari tomonidan kichik va oʻrta biznes uchun — 250 trillion soʻm, shu jumladan, tadbirkorlik dasturlari doirasida 30 trillion soʻm;“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kamida 5 mingta tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun — 4 trillion soʻmlik moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari.2026-2027-yillarVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov),Markaziy bank(Ishmetov)2.Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash1. Tarmoqlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga 500 million AQSH dollari yoʻnaltirish, xususan:toʻqimachilikda “ishonchli eksportchi” dasturi doirasida eksportoldi moliyalashtirish tizimini yoʻlga qoʻyish uchun 200 million AQSH dollari;elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat, farmatsevtika kabi eksport salohiyati yuqori tarmoqlardagi tadbirkorlarni aylanma mablagʻ bilan taʼminlash uchun 300 million AQSH dollari.2025-2026-yillarVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov)2. Har bir tarmoqning sifati kafolatlangan, raqobatdosh 10 tadan mahsulotiga “Oʻzbekiston ramzi” sifat belgisini berish, ularni dunyoga tanitish uchun targʻibot kampaniyasini amalga oshirish. Bunda xorijiy bozorlarda milliy mahsulotlarni targʻib qiluvchi mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarini qoplab berishni nazarda tutish.2025-2026-yillarVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov, Xodjayev),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov),tarmoq uyushmalari3. Har bir tarmoq va hududdagi korxonalar talabini oʻrganib, xomashyo va butlovchi qismlarni import qilishda bojxona bojlarini qayta koʻrib chiqish, natijalarini eʼlon qilish.2025-yil noyabr3.Toshkent shahrida elektr taʼminotini yaxshilash2026-yilda Toshkent shahridagi elektr tarmoqlarini yaxshilash uchun 2 trillion soʻm yoʻnaltirish.2026-yil yanvar — sentabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Energetika vazirligi(Mirzamahmudov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov),Toshkent shahar hokimligi(Umurzakov)4.Yirik turizm maskanlarini tashkil qilishChortoq tumanining Qorabogʻ, Fargʻona tumanining Chimyon, Boysun tumanining Omonxona mahallalari hamda Nurobod tumanining Nurbuloq shaharchasida master reja asosida yil boʻyi uzluksiz xizmat koʻrsatadigan 300 — 500 gektarda yirik kurort zonalar tashkil etish va ularning infratuzilmasi uchun xalqaro moliya institutlaridan 150 million AQSH dollari jalb qilish.2026-2027-yillardaVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi(Abduxakimov),Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hokimliklari5.Muqobil skoring tizimini joriy etishTadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish jarayonida ularning toʻlov qobiliyatini baholash uchun xarajatlar (soliq, kommunal toʻlovlar, tranzaksion operatsiyalar va boshqa ijobiy koʻrsatkichlar boʻyicha maʼlumotlarni), tovar aylanmasi, eksport operatsiyalari kabi davlat organlari va xususiy sektor vakillarining maʼlumotlar bazalarida mavjud maʼlumotlar orqali muqobil skoring qilish tizimini joriy qilish.2026-yil aprelVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Markaziy bank(Ishmetov)6.Mikromoliya faoliyatini rivojlantirishMikromoliya tashkilotlariga moliyaviy hisobotlarni har oyning 5 sanasida topshirgandan keyin 10 sanagacha tuzatish imkoniyatini yaratish.2025-yil noyabrMarkaziy bank(Ishmetov)7.Koʻkdala tumanida jamoat transporti qatnovini yoʻlga qoʻyishKoʻkdala tumanida joylashgan tadbirkorlik subyektlarida ishlayotgan xodimlarning ish joyiga kelishi va ketishi bilan bogʻliq tizimli muammolarni hal qilish uchun tumanda jamoat transporti marshrutlarini belgilab, qatnovni yoʻlga qoʻyish.2025-yil dekabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Transport vazirligi(Maxkamov)8.Bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari muammolarini hal qilishBogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishidagi maqbullashtirilgan, biroq amalda sobiq egalari tomonidan foydalanib kelinayotgan yerlarni (bogʻlarni) xatlovdan oʻtkazish va yuzaga kelgan muammolarni yechish.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Xodjayev),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(Abdurahmonov),Biznes-ombudsman(Urunov),mahalliy hokimliklar9.Qoʻshilgan qiymat soligʻi oʻrnini qoplash jarayonini takomillashtirishQoʻshilgan qiymat soligʻi oʻrnini qoplash jarayonida hisobga olingan soliq summasi kontragentlar tomonidan toʻlanmaganligi sababli rad etilganda, ushbu kontragentlar roʻyxatini parallel ravishda soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali koʻrish imkoniyatini yaratish.2025-yil sentabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev)10.Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻloviga majburiy tartibda oʻtgan tadbirkorlarga guvohnoma avtomatlashtirilgan holda berilishini taʼminlashMajburiy tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etilgan tadbirkorlik subyektlariga qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani avtomatik ravishda berishni taʼminlash va nazorat qilib borish.2025-yil dekabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev)11.Eksport uchun yangi bozorlarni ochishOʻzbekistondan Sharqiy va Markaziy Yevropa davlatlariga muntazam yuk tashishga moʻljallangan temir yoʻl qatnovlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish va takliflar kiritish.2026-yil aprelVazirlar Mahkamasi(Ramatov),Transport vazirligi(Maxkamov),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(Kudratov),Tashqi ishlar vazirligi(Saidov)12.Energiya samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishOʻzbekiston sharoitida gravitatsion akkumulyator texnologiyalaridan foydalanishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar kiritish.2025-yil dekabrVazirlar Mahkamasi(Ramatov),Energetika vazirligi(Mirzamahmudov)13.Aholi va xorijiy turistlar uchun qulayliklar yaratishTuman (shahar)larda quyosh energiyasida ishlovchi jamoat transporti harakatini kuzatish imkonini beruvchi zamonaviy elektron jadval, videokuzatuv moslamalari, “Wi-Fi”, mobil telefon vositalarini quvvatlash qurilmalariga ega boʻlgan bekatlarni tashkil qilish.2025-2026-yillarVazirlar Mahkamasi(Ramatov),Transport vazirligi(Maxkamov),Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari14.Qishloq xoʻjaligi korxonalarining huquqiy himoyasini taʼminlash1. Biznes-ombudsman boshchiligida Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Bosh prokuratura va Hisob palatasi vakillari ishtirokida ishchi guruh tashkil qilish va ishchi guruh tomonidan “Agrosubsidiya” axborot tizimidagi murojaatlar va toʻlovlar oʻz vaqtida koʻrib chiqilganligi va toʻliq amalga oshirilganligi ustidan qatʼi nazorat oʻrnatish.2. Subsidiya olish bilan bogʻliq murojaatlarni tezkorlik bilan koʻrib chiqish uchun ishchi guruh huzurida 7/24 rejimida ishlaydigan “Call-markaz” tashkil qilish.2025-yil sentabrdan boshlabBiznes-ombudsman(Urunov),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(Abdurahmonov),Bosh prokuratura(Yoʻldoshev),Hisob palatasi(Abdullayev)15.Turistik transport vositalari harakatiga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratishYoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Qaynar” MFY hududidan oʻtuvchi M-39 avtomagistralida joylashgan yoʻl-patrul xizmati postidan 1 kilometr masofada joylashgan umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish obyektlariga turistlarni olib borish uchun avtobus va mikroavtobuslar harakatiga ruxsat berish.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Ramatov),Ichki ishlar vazirligi(Tashpulatov),Favqulodda vaziyatlar vazirligi(Kudratxodjayev),Transport vazirligi(Maxkamov)16.Maktab darsliklarini tartibga solishMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (lib.uzedu.uz, erp.maktab.uz) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi (uzasbo.uz) axborot tizimlarini integratsiya qilish.Bunda axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali mulk shaklidan qatʼi nazar maktabdan maktabga koʻchirilgan oʻquvchilar uchun oʻquv darsliklarini (kitob va boshqa darsliklar) oʻquvchi koʻchayotgan maktab balansiga oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.2026-2027 oʻquv yilidan boshlabVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi(Karimova),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Shermatov)17.Zamonaviy tajriba laboratoriyalarini tashkil etishFanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti huzurida GMP (Good Manufacturing Practice) va GLP (Good Laboratory Practice) talablariga javob beradigan tajriba-sanoat laboratoriyalari va sexlarini tashkil qilish.2025-2026-yillarFanlar akademiyasi(Ayupov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov)18.Tibbiy jihozlarni sertifikatsiyalash narxlarini qayta koʻrib chiqishTibbiy jihozlar va ularning ehtiyot qismlarini import qilishda sertifikatsiyadan oʻtkazish xizmati narxlarini qayta koʻrib chiqib, tovarni sertifikatlash uchun sarflanadigan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib belgilashni joriy qilish.2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi(Jumanazarov)19.Hunarmandchilik sohasini raqamlashtirishMahalliy va xorijiy sayyohlar uchun hunarmandlar, ularning faoliyati va mahsulotlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan “Elektron katalog”ni (marketpleys) ishga tushirish.2025-yil noyabrSavdo-sanoat palatasi(Vaxabov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Shermatov),Turizm qoʻmitasi(Shadiyev)20.Fermer xoʻjaliklariga chorvachilik va parrandachilik bilan shugʻullanish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish1. Fermer xoʻjaliklariga chorvachilik va parrandachilik bilan shugʻullanish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish, shu jumladan chorvachilik va parrandachilik uchun yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish.2. Chorvachilik va parrandachilik yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan xoʻjaliklarning yerdan foydalanish holatini tahlil qilib, xoʻjaliklardagi mavjud bosh sonlarini yer maydonlariga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar kiritish. Bunda tahlillar soliq, kadastr va statistika organlarining maʼlumotlar bazalarini taqqoslash orqali amalga oshiriladi.2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(Abdurahmonov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Kadastr agentligi(Pulatov),Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimligi21.Tashqi savdo bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashBirlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor charm va poyabzal mahsulotlarini sotishga moʻljallangan savdo omborini tashkil etish.Bunda xarajatlar “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan qoplab beriladi, ushbu davlatdagi savdo vakolatxonalari koʻmagida mahalliy korxonalar mahsulotlari uchun xaridor topishga koʻmaklashiladi.2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Xodjayev),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(Kudratov),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov)Tashqi ishlar vazirligi(Saidov),“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi(Sultanov)22.Ayrim toifadagi chet el fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy etishRivojlangan va migratsiyaga oid tekshiruv tartib-taomillari murakkab boʻlgan mamlakatlarda doimiy yashashga doir ruxsatnomaga (residence permit) ega boʻlgan uchinchi davlatlar fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasida sayohat qilish uchun “vizasiz rejim”ni joriy etish boʻyicha takliflar kiritish.2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Xodjayev),Turizm qoʻmitasi(Shadiyev),Tashqi ishlar vazirligi(Saidov),Ichki ishlar vazirligi(Tashpulatov),Migratsiya agentligi(Musayev)23.Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ilgari surilgan tashabbuslar ijrosini taʼminlashMazkur Farmonga 1- va 2-ilovalarga muvofiq:1. Roʻyxat va amaliy tadbirlar rejasidagi vazifalarni ijro etish holati haqida har haftada — tezkor maʼlumotni, har oyda batafsil axborotni Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarga ijro qilinmagan topshiriqlar boʻyicha maʼlumotlar kiritib borish.Har hafta va har oyAdliya vazirligi(Tashkulov)2. Roʻyxat va amaliy tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish holatini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqish, yuzaga kelayotgan muammolar yechimi boʻyicha hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun tegishli masʼullarga choralar koʻrib borish.Har oyVazirlar Mahkamasi(Abduqodirov)3. Roʻyxat va amaliy tadbirlar rejasidagi vazifalar ijro holati haqida har haftada — tezkor maʼlumotni, har oyda batafsil axborotni hamda topshiriqlar ijrosida yuzaga kelayotgan masalalar yechimi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.Har hafta va har oyHisob palatasi(Abdullayev),Vazirlar Mahkamasi(Abduqodirov)24.Tadbirkorlar bilan 2026-yildagi ochiq muloqotni tashkil qilishOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2026-yildagi ochiq muloqotini Samarqand viloyatida tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil aprelSamarqand viloyati hokimligi(Boboyev),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov)