PF-178-son Farmon · 04.10.2025

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-178
  • Qabul qilingan sana:04.10.2025
  • Kuchga kirgan sana:07.10.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/25/178/0900

Davlat organlari faoliyatida zamonaviy bozor mexanizmlari joriy etilishi, ular faoliyatiga raqamli texnologiyalarning keng tatbiq etilishi, shuningdek, davlat funksiyalarini amalga oshirishga xususiy sektorning jalb qilinishi kabi yoʻnalishlarda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlardan kelib chiqib, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini taʼminlash hamda boshqaruv xarajatlarini qisqartirish maqsadida qaror qilaman:

1. Quyidagilar:

(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori bilan Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlanganligi;

(b) Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 425-son qaroriga asosan 2025-2026-yillarda vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxati tasdiqlanganligi;

(v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-105-son Farmoniga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida sohani raqamlashtirish hisobiga 1 080 ta boshqaruv shtat birligi qisqartirilishi;

(g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-111-son Farmoniga muvofiq Hukumat ijro apparati va ijro etuvchi organlarning shtat tuzilmalarini qayta koʻrib chiqqan holda maqbullashtirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Vazirlar Mahkamasining respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni raqamlashtirish hisobiga ularning boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish yuzasidan berilgan takliflari maʼqullansin.

3. Quyidagilar:

(a) 2025-yil 1-noyabrdan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining maqbullashtiriladigan boshqaruv shtat birliklari soni 1-ilovaga muvofiq;

(b) qoʻmita, agentlik va inspeksiyalarda maqbullashtiriladigan rahbar oʻrinbosarlari shtat birliklari soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari:

(a) sohaga oid boʻlmagan vazifalarning qisqartirilishi va faoliyatiga raqamli texnologiyalarning joriy etilishini;

(b) maʼlumotlarni qayta ishlash hamda sunʼiy intellektga asoslangan loyihalarni ishga tushirish uchun texnik infratuzilma yaratish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida mazkur yoʻnalishdagi ustuvor loyihalar amalga oshirilishini;

(v) sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha aholining bilim va koʻnikmalarini oshirish, kadrlar salohiyati rivojlantirilishini taʼminlasin.

5. Raqamli texnologiyalar vazirligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda ularning vazifa va funksiyalarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish, avtomatlashtirish hamda raqamlashtirish boʻyicha ishlarni olib borsin.

6. Mazkur Farmonga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari:

(a) bir hafta muddatda markaziy apparat va idoraviy boʻysunuvdagi tashkilotlar xodimlari sonini maqbullashtirish boʻyicha komissiyalar tashkil etsin hamda qisqartiriladigan lavozimlar roʻyxatini tasdiqlasin;

(b) shtat birliklari qisqartirilayotgan xodimlar bilan mehnatga oid munosabatlarda mehnat qonunchiligi talablariga qatʼiy amal qilinishi hamda xodimlarning mehnat huquqlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslikni taʼminlasin.

7. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarni ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish choralarini koʻrsin.

8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishida, shuningdek, davlat korxonalari boshqaruv organlarida kamida bir nafardan rahbar oʻrinbosari lavozimlarini qisqartirish, shuningdek, boshqaruv xodimlari sonini 10 foiz miqdorida maqbullashtirish tashabbusi bilan chiqsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

10. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 4-oktabr,

PF-178-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-son Farmoniga1-ILOVA

2025-yil 1-noyabrdan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining maqbullashtiriladigan boshqaruv shtat birliklari soni

* Tizim tashkilotlari inobatga olingan.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 06/25/190/0985-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-son Farmoniga2-ILOVA

Qoʻmita, agentlik va inspeksiyalarda maqbullashtiriladigan rahbar oʻrinbosarlari shtat birliklari soni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-son Farmoniga3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6098-son Farmonining 17-bandi hamda Farmonga 5, 6, 7 va 8-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar hamda ular hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalarining jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni

Izohlar:

1. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Bojxona qoʻmitasi hamda Mudofaa sanoati agentligining shtat birliklari alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.

2. Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga uyida xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodimlar shtat birliklari mazkur ilovada inobatga olinmagan.

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirliklarining vazir oʻrinbosarlari mazkur ilovada inobatga olinmagan.

4. Boshqaruv shtat birliklarining umumiy cheklangan sonida ishlab chiqarish shtat birliklari inobatga olingan (normativ asosida kiritiladigan ishlab chiqarish shtat birliklari bundan mustasno).

5. Vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar xodimlarining umumiy cheklangan soni tarkibida quyidagi tashkilotlarning shtat birliklari inobatga olingan:

5.1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti, Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi;

5.2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimida Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi, Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi;

5.2.1. 16 ta shtat birligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;

5.3. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tizimida Respublika agrokimyoviy tahlil markazi, “Biosifat” respublika markazi, Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati;

5.4. Suv xoʻjaligi vazirligi tizimida Suv xoʻjaligida islohotlar markazi, Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati, Suv xoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti, Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi, Fargʻona vodiysi magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasi (sh.j. Katta Fargʻona magistral kanali boshqarmasi), Janubiy Mirzachoʻl kanalidan foydalanish boshqarmasi;

5.4.1. Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi tizimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari (sh.j. Orolboʻyi delta boshqarmasi, Amudaryo chap qirgʻoq himoya dambalar boshqarmasi), nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi, Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi (sh.j. Amu-Buxoro mashina kanali Olot tumani boshqarmasi, Amu-Buxoro mashina kanali Qiziltepa tumani boshqarmasi), Qirgʻoq himoyalovchi dambalar va oʻzan rostlovchi inshootlar boshqarmasi, Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari (sh.j. Navoiy viloyati suv omborlari va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi), Tuyamoʻyin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasi;

5.5. Transport vazirligi tizimida Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini oʻrganish markazi;

5.6. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tizimida “Avtoyoʻlinvest” agentligi;

5.7. Energetika vazirligi tizimida budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi;

5.8. Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi;

5.9. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tizimida Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi hamda Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti;

5.10. Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi tizimida Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi;

5.11. Gidrometeorologiya xizmati agentligi tizimida Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi;

5.12. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, Respublika taʼlim markazi, Taʼlim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi;

5.13. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi, Fan olimpiadalari markazi;

5.14. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi hamda Ilgʻor texnologiyalar markazi;

5.15. Innovatsion rivojlanish agentligi tizimida Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;

5.16. Adliya vazirligi tizimida Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari va Davlat xizmatlari markazlari;

5.17. Tashqi ishlar vazirligi tizimida “Dunyo” axborot agentligi;

5.18. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi;

5.19. Soliq qoʻmitasi tizimida Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi va Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi;

5.20. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi huzuridagi Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markazi;

5.21. Kadastr agentligi huzuridagi Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi.

6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Toshkent shahri hududiy boshqarmalari hamda Toshkent shahri tumanlaridagi boʻlinmalari shtat birliklari mazkur vazirliklar umumiy shtat birliklari soniga kiritilgan.

7. Vazirlik va idoralar rahbarlariga, zarur hollarda, mazkur ilovada keltirilgan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida tegishli tizim tashkilotlarining tuzilmalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.

8. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari tegishligiga koʻra oʻz faoliyatidan olingan daromadlar hisobidan moliyalashtiriladi hamda ulardagi boshqaruv xodimlari soni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining jami boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soniga kirmaydi va nazoratga olingan obyektlar soni, hajmi va masofasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Hududiy inspeksiyalarning boshqaruv xodimlari sonini nazoratga olingan obyektlarning umumiy sonidan, hajmidan va masofasidan kelib chiqqan holda belgilash boʻyicha tartib tasdiqlangunga qadar hududiy inspeksiyalar amaldagi jami boshqaruv xodimlari soni doirasida faoliyat yuritadi”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi “Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-78-son Farmonida:

(a) 25-band “d” kichik bandidagi “oʻrtacha ish haqi” soʻzlaridan keyin “(kunduzgi taʼlim shaklida taʼlim olayotganda oʻrtacha ish haqi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

(b) 4-ilovaning 30-bandida:

uchinchi xatboshidagi “oʻrtacha ish haqi” soʻzlaridan keyin “(biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

toʻrtinchi xatboshidagi “oʻrtacha oylik ish haqi” soʻzlaridan keyin “(kunduzgi taʼlim shaklida taʼlim olayotganda oʻrtacha ish haqi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-avgustdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-129-son Farmoni 5-bandi quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:

“(v) ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa pulini toʻlash “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali yoʻlga qoʻyilganligini inobatga olib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari faoliyati 2025-yil 1-noyabrdan tugatiladi”.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2847-son qarorining 5-1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4829-son qarorining 3-bandida:

(a) beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

(b) oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-128-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-fevraldagi “Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-54-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoni bilan Oʻzenergoinspeksiyaning jami boshqaruv shtat birliklari va boshliq oʻrinbosarlari soni belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”.

9. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 599-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga tinglovchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandidagi “oʻrtacha ish haqi miqdori” soʻzlaridan keyin “(kunduzgi taʼlim shaklida taʼlim olayotganda oʻrtacha ish haqi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 23-bandi ikkinchi xatboshisidagi “uch nafar” soʻzlari “ikki nafar” soʻzlari bilan almashtirilsin.

11. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 904-son qarorida:

(a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “oʻrtacha oylik ish haqi” soʻzlaridan keyin “(kunduzgi taʼlim shaklida taʼlim olayotganda oʻrtacha ish haqi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

(b) 3-ilovaning 4-bandidagi “oʻrtacha oylik ish haqi” soʻzlaridan keyin “(kunduzgi taʼlim shaklida taʼlim olayotganda oʻrtacha ish haqi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

12. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 28-sentabrdagi 357-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.