Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan toʻliq va samarali foydalanish, taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻqitish tizimini takomillashtirish, uning sofligini saqlash va muntazam boyitib borish, zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini taʼminlash, xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzini kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsadlar
1. Quyidagilar davlat tilini yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan toʻliq va samarali foydalanishga erishish;
(b) taʼlim tashkilotlarida davlat tilini oʻqitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;
(v) davlat tilining sofligini saqlash va uning lugʻat boyligini muntazam oshirib borish;
(g) davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini taʼminlash, bu borada sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan unumli foydalanish;
(d) davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzini oshirish, xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
(j) mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar vakillari hamda xorijdagi vatandoshlarimizning davlat tilini oʻrganishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
II. Respublikada davlat tili imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishish
2. 2020 — 2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2025-2026-yillarda amalga oshirish dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. 2026-yil 1-yanvardan boshlab respublika darajasidagi davlat organlari va xoʻjalik birlashmalarining markaziy apparatlarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida rahbarning maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi joriy etilsin.
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yildan boshlab:
(a) taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha darsliklarning davriyligi asosida yangi avlodini yaratsin;
(b) maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanmalarni ishlab chiqsin;
(v) maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lugʻatcham” rasmli lugʻat kitobini yaratsin;
(g) bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqilishini tashkil etsin.
5. Fanlar akademiyasi:
(a) 2026-yil 1-iyunga qadar koʻp jildli “Oʻzbekiston milliy qomusi”ni elektron shaklda tayyorlash va eʼlon qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
(b) 2026-yil 1-dekabrga qadar “Ona tili. Qomus” kitobining nashrga tayyorlanishi va chop etilishini taʼminlasin.
6. Davlat tilining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini taʼminlash borasida:
(a) Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-mayga qadar oʻzbek tilini sunʼiy intellekt yordamida qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladigan platforma ishlab chiqish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
(b) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil 1-dekabrga qadar:
(i) yangi qabul qilinayotgan atamalar boʻyicha jamoatchilik muhokamasida bildirilgan taklif, fikr va tavsiyalarni qayd etib boruvchi;
(ii) tasdiqlangan yangi soʻz va atamalarni oʻzida aks ettiradigan elektron reyestrni yurituvchi;
(iii) oʻzbek tilida chop etilgan sohaviy, izohli va imlo lugʻatlarini oʻzida jamlash va foydalanish uchun moʻljallangan elektron platformani yaratish boʻyicha ilmiy loyihaga tanlov eʼlon qilsin.
III. Davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish hamda ilm-fan tili sifatida nufuzini oshirish
7. Har yili oktabr oyida:
(a) Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi oʻzbek tilining dunyo tillari oʻrtasida tutgan oʻrni va xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani;
(b) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan chet ellik talabalar oʻrtasida:
(i) oʻzbek tili boʻyicha respublika olimpiadasini;
(ii) “Oʻzbek tili — qalbim tarjimoni” koʻrik-tanlovini yuqori saviyada tashkil etsin;
(v) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy, ijodiy, amaliy ishlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini;
(g) Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vazirlik va idoralar bilan birgalikda umummilliy diktant loyihasini;
(d) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda vazirlik va idoralar 21-oktabr Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy, adabiy tadbirlar, yangi kitoblar taqdimotlarini;
(j) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
(i) umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻzbek tili mavzusida insholar tanlovini;
(ii) oʻzbek tili fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovini oʻtkazsin.
8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Vatandoshlar” jamoat fondi bilan birgalikda har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini oʻtkazib borsin. Bunda olimpiada gʻoliblarini respublika oliy taʼlim muassasalarining “filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili va adabiyoti” taʼlim yoʻnalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish yoʻlga qoʻyilsin.
9. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda uning hududiy boʻlinmalarida mamlakatimizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan chet ellik talabalarni ular oʻqiyotgan oliy taʼlim tashkilotlari mablagʻlari hisobidan oʻzbek tiliga bepul oʻqitish kurslarini tashkil etsin.
10. Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita:
(a) 2026-yil davomida oʻz mablagʻlari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan milliy madaniy markazlar vakillari uchun oʻzbek tiliga oʻqitish kurslarini kengaytirish;
(b) Tashqi ishlar vazirligi, “Vatandoshlar” jamoat fondi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Vatandoshlar” jamoat fondi mablagʻlari hisobidan xorijiy davlatlardagi oʻzbek diaspora tashkilotlari huzurida vatandoshlarning farzandlariga oʻzbek tilini oʻrgatishga ixtisoslashgan oʻquv markazlari tashkil etishga koʻmaklashish, ularni zarur oʻquv qoʻllanmalari, darsliklar va adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
11. Yoshlar ishlari agentligi uch oy muddatda oʻzbek tilini boshqa millat va elatlar vakillari, xorijdagi vatandoshlarning farzandlarini, oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan chet el fuqarolarini oʻqitish maqsadida “Ibrat farzandlari” loyihasi bilan hamkorlikda alohida sunʼiy intellekt yordamida oʻzbek tilini oʻrgatish modulini ishga tushirsin. Bunda oʻzbek modulini yaratish uchun xarajatlar Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
12. Adliya vazirligi uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib vazirliklar va idoralar rahbarlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 20-oktabr,
PQ-308-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-308-son qarorigaILOVA
2020 — 2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2025-2026-yillarda amalga oshirish
T/rChora-tadbirlarAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMoliyalashtirish manbalariIjro uchun masʼullarI. Taʼlim tashkilotlarida davlat tilini oʻqitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish1.Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, xususan, taʼlim boshqa tillarda olib boriladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatish tizimini takomillashtirish.1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanma ishlab chiqish.2026-yil iyulIjrochilarning mablagʻlariMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Bolalar kontentini rivojlantirish markazi2. Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lugʻatcham” rasmli lugʻat kitobini yaratish va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazish.2026-yil sentabr3. Bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha animatsion video va audio mahsulotlar yaratish.2026-yil noyabr2.Taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻrgatishga oid oʻquv-metodik va pedagogik qoʻllanmalarning yangi avlodini yaratish boʻyicha amaliy va innovatsion loyihalar amalga oshirilishini yoʻlga qoʻyish.1. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajariladigan amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini eʼlon qilish.2025-yil noyabr-dekabrOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari asosida oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar, Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2. Loyiha doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida oʻquv-metodik va pedagogik qoʻllanmalarning yangi avlodini yaratish.2026-yil sentabr3.Taʼlim oʻzbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida, akademik litseylar hamda texnikumlarda (boshlangʻich taʼlim dasturlari oʻqitiladigan) oʻzbek tilini oʻrgatishga, bilimini mustahkamlashga xizmat qiladigan yangi oʻquv-metodik qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar yaratish hamda oʻzbek tilini oʻqitish tizimini takomillashtirish.1. Oʻquv-metodik qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar yaratish boʻyicha 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan qoʻshma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil aprelDavlat budjetidan mazkur maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlar hisobidanTaʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Fanlar akademiyasi,vazirliklar va idoralar2. Oʻzbek tili fanidan yangi oʻquv adabiyotlari, koʻrgazmali materiallarni davriyligidan kelib chiqib yaratish. 3. Oʻzbek tili fanidan qoʻshimcha audio va video qoʻllanmalar yaratish hamda ularni ommalashtirish.4. Oʻquvchining nutqiy va lingvistik koʻnikmalarini rivojlantiruvchi, oʻzbek tilining boy imkoniyatlarini oʻzlashtirish imkonini beruvchi oʻquv dasturi yaratish.2026-yildan chora-tadbirlar rejasi asosida4.Nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining litsenziya talab va shartlarini davlat tiliga oid qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish.1. Nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tili faniga ajratiladigan oʻquv soatlari hajmini davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun tasdiqlangan tayanch oʻquv rejaga muvofiq belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.2026-yil fevral-Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Adliya vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.2026-yil mart3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil aprel5.“Ona tili. Qomus” kitobini nashrga tayyorlash va chop etish.1. Ilmiy-ijodiy mualliflar guruhini shakllantirish.2026-yil yanvarVazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlariFanlar akademiyasi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. “Ona tili. Qomus” kitobini nashrga tayyorlash va chop etish.2026-yil davomida6.“Oʻzbek shevalarining izohli lugʻati”ni tayyorlash boʻyicha maqsadli ilmiy loyihani amalga oshirish.1. Ilmiy-ijodiy mualliflar guruhlarini shakllantirish.2026-yil aprel-Fanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari2. Shevaga oid soʻzlarni toʻplash boʻyicha tadqiqotlar olib borish.2026-2027-yillar davomida3. “Oʻzbek shevalarining izohli lugʻati”ni nashrga tayyorlash va chop etish.2028-yil davomida7.Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmik xavfsizlik sohasiga oid atamalarning izohli lugʻatini tayyorlash va nashr etish.1. Ilmiy-ijodiy mualliflar guruhlarini shakllantirish.2026-yil aprelSeysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiFanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Favqulodda vaziyatlar vazirligi 2. Sohaga oid soʻz va atamalarni toʻplash boʻyicha tadqiqotlar olib borish.3. Izohli lugʻatni nashrga tayyorlash va chop etish.2026-yil davomida II. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanish, uning sofligini saqlash, boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish8.Respublika darajasidagi davlat organlari va xoʻjalik birlashmalarining markaziy apparatlarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklarida davlat tilida ish yuritish samaradorligini yanada oshirish.1. Ishchi guruh tuzish va quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash:rahbarning maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisining vazifa va vakolatlari, faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlari;rahbarning maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisini ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish.2025-yil noyabr-Adliya vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.2025-yil dekabr3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil yanvar9.Davlat va nodavlat tele va radio kanallar boshlovchilarining oʻzbek adabiy tili boʻyicha nutq madaniyatini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish. 1. Boshlovchilar roʻyxatini shakllantirish hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markaziga taqdim etish.2. Markazda boshlovchilarning malakasini oshirish.Doimiy ravishdaBuyurtmachilarning budjetdan tashqari mablagʻlariOʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,Oʻzbekiston milliy media birlashmasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi10.Koʻp jildli “Oʻzbekiston milliy qomusi” tayyorlanishini tashkil qilish.1. Koʻp jildli “Oʻzbekiston milliy qomusi”ni tayyorlash boʻyicha ishchi guruh shakllantirish.2026-yil yanvarIlm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari Fanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,vazirliklar va idoralar,mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari 2. Koʻp jildli “Oʻzbekiston milliy qomusi”ni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida tayyorlash boʻyicha aniq mexanizmlarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.2026-yil fevral-mart3. Hujjat loyihasini mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan kelishish.2026-yil aprel4. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil mayIII. Davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini taʼminlash11.Sunʼiy intellekt yordamida oʻzbek tilidagi matnlarni ovozli nutqqa, nutqlarni matnga aylantiradigan, oʻzbek tilidan xorijiy tillarga, xorijiy tillardan oʻzbek tiliga tarjima qiladigan, video va fotosuratlardagi matnlarni oʻqib-oʻgirishga xizmat qiladigan sunʼiy intellekt platformasini yaratish.1. Malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzish.2026-yil yanvarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari asosida oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlarRaqamli texnologiyalar vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Fanlar akademiyasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Adliya vazirligi,vazirliklar va idoralar2. Sunʼiy intellekt platformasini ishlab chiqishning aniq mexanizmlarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.2026-yil yanvar-fevral3. Hujjat loyihasini mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan kelishish.2026-yil mart4. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil aprel5. Sunʼiy intellekt platformasini yaratish va ishga tushirish.belgilangan muddatda12.Yangi qabul qilinayotgan atamalar bilan bogʻliq barcha maʼlumotlarni oʻzida aks ettiruvchi elektron platforma boʻyicha ilmiy loyihaga tanlov eʼlon qilish.1. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy loyiha eʼlon qilish.2025-yil noyabrOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari asosida oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Platformani ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.Belgilangan muddatdaIV. Davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish13.Qoʻshni respublikalardagi taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan taʼlim tashkilotlari uchun oʻzbek tilidagi oʻquv qoʻllanmalar, darslik va boshqa adabiyotlarni (jumladan, elektron shaklda) belgilangan tartibda yetkazib berish.1. Mazkur taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilidagi qoʻllanma, darslik va boshqa adabiyotlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish.2025-yil dekabrIjrochilarning mablagʻlariTaʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi,Tashqi ishlar vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Yozuvchilar uyushmasi,Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, “Vatandoshlar” jamoat fondi2. Ushbu muassasalar uchun oʻzbek tilidagi oʻquv qoʻllanmalar, darslik va boshqa adabiyotlarning elektron shaklini tayyorlash.2026-yil iyun3. Mazkur elektron oʻquv qoʻllanmalar, darslik va boshqa adabiyotlarni qoʻshni davlatlardagi tegishli taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda yetkazib berish.2026-yil avgust14.Xorijiy davlatlardagi oʻzbek diaspora tashkilotlari huzurida vatandoshlarning farzandlariga oʻzbek tilini oʻrgatishga ixtisoslashgan oʻquv markazlari tashkil etishga koʻmaklashish, ularni zarur oʻquv qoʻllanmalari, darsliklar va adabiyotlar bilan taʼminlash.1. Xorijiy davlatlardagi oʻzbek diaspora tashkilotlari bilan muloqot olib borish natijalariga koʻra xorijdagi vatandoshlarning farzandlariga oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha oʻquv markazlari tashkil etish loyihalarini shakllantirish.2026-yil fevral“Vatandoshlar” jamoat fondi mablagʻlari hisobidanMillatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita,Tashqi ishlar vazirligi,“Vatandoshlar” jamoat fondi2. Oʻquv markazlarini oʻzbek diasporasi vakillari zich yashaydigan hududlarda ustuvorlik asosida bosqichma-bosqich tashkil etib borish. 3. Oʻquv markazlari uchun zarur oʻquv qoʻllanmalari, darsliklar, adabiyotlar va boshqa anjomlar yetkazib berilishini taʼminlash.Doimiy15.“Oʻzbek tilining jahon miqyosida oʻrni va nufuzini oshirish istiqbollari” mavzusida anʼanaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.1. Tashkiliy qoʻmita tuzish, konferensiya asosnomasini shakllantirish va uni oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.2026-yil martIjrochilarning mablagʻlariFanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi2. Konferensiyani yuqori saviyada oʻtkazib borish.2026-yil oktabrdan boshlab doimiy16.Oʻzbek tili boʻyicha olimpiadalarni tashkil etib borish. 1. Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazib borish.2026-yildan boshlab har yiliIjrochilarning mablagʻlariMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligiBunda Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi gʻoliblarini respublika oliy taʼlim muassasalarining filologiya va tillar oʻqitish: oʻzbek tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishlariga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida oʻqishga qabul qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.2026-yil yanvar2. Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻzbek tili oʻqituvchilari oʻrtasida Erkin Vohidov nomidagi “E, Voh” respublika oʻzbek tili olimpiadasini anʼanaviy tarzda tashkil etish.2026-yildan boshlabMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,“UzReport” axborot agentligi,Xalqaro Nordik universiteti17.Oʻzbek tilini boshqa millat va elatlar vakillari, xorijdagi vatandoshlarning farzandlariga, oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan chet el fuqarolariga oʻrgatish maqsadida “Ibrat farzandlari” loyihasi bilan hamkorlikda alohida sunʼiy intellekt yordamida oʻzbek tilini oʻrgatish modulini ishga tushirish.1. “Ibrat farzandlari” loyihasining sunʼiy intellekt yordamida oʻzbek tilini oʻrgatish modulini ishlab chiqish.2025-yil dekabrYoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlariYoshlar ishlari agentligi2. “Ibrat farzandlari” loyihasining sunʼiy intellekt yordamida oʻzbek tilini oʻrgatish modulini ishga tushirish.2026-yil yanvarV. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarga davlat tilini oʻrganishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish18.Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlar vakillariga davlat tilini oʻrgatishga moʻljallangan oʻquv-metodik qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar yaratish.1. 2025-2026-yillarga moʻljallangan qoʻshma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va qabul qilish.2025-yil dekabrOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy tadqiqot loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlarTaʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Fanlar akademiyasi, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita2. Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish.Reja-jadvalga muvofiq19.Mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan milliy madaniy markazlar vakillari uchun oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini yoʻlga qoʻyish.1. Respublikadagi milliy madaniy markazlar kesimida oʻzbek tilini oʻrganishga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.2025-yil noyabrOʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi2. Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda kurslarni tashkil etish.2026-yil yanvardan20.Ommaviy axborot vositalari va davriy nashrlarda davlat tilini oʻrganishga bagʻishlangan turkum dasturlar tashkil qilish.Ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda davlat tilini oʻrganishga bagʻishlangan koʻrsatuvlar, eshittirishlar tashkil etib, maqolalar eʼlon qilib borish.DoimiyIjrochilarning mablagʻlariOʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi21.Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda uning hududiy boʻlinmalarida mamlakatimizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan chet ellik talabalarni oʻzbek tiliga bepul oʻqitish kurslarini tashkil etish.1. Talabalar roʻyxatini shakllantirish va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markaziga taqdim etish.2025-yil dekabrOliy taʼlim tashkilotlari mablagʻlari hisobidanOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy taʼlim tashkilotlari2. Talabalar sonidan kelib chiqib, hududlar kesimida grafikka muvofiq oʻquv kurslarini tashkil etish.2026-yil yanvar oyidan boshlab