PQ-332-son Qaror · 03.11.2025

Qoraqalpogʻiston Respublikasida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-332
  • Qabul qilingan sana:03.11.2025
  • Kuchga kirgan sana:05.11.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/332/1015

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-129-son Farmoni ijrosi yuzasidan Xoʻjayli tumanida “Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi”ni tashkil etish maqsadida qaror qilaman:

I. Yer ajratish, toifasini oʻzgartirishga ruxsat berish, moliyalashtirish va soliq-bojxona imtiyozlarini taqdim qilish

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xitoy Xalq Respublikasining “Everprosper Investment & Cunsulting Co. Ltd” kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Investor) oʻrtasida Xoʻjayli tumanida Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisida quyidagi kelishuvlarga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:

(a) Markazni tashkil etish maqsadida 2026 — 2030-yillarda Investor tomonidan 400 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar kiritish;

(b) Markaz hududida:

(i) IT universitet, startaplar texnoparki va ularni qoʻllab-quvvatlash innovatsion guruhlari, loyiha ofislari, uy-joylar, ijtimoiy soha hamda madaniy-maʼrifiy obyektlar, yoshlar bandligini taʼminlashga qaratilgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

(ii) qurib foydalanishga topshirilgan ijtimoiy soha obyektlarini Investor tomonidan tegishli davlat organlari tasarrufiga begʻaraz oʻtkazib berish.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Markaz barpo etiladigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumani “Samankoʻl” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 1-ilovaga muvofiq jami 152 gektar yer uchastkasini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetiga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan 2025 — 2028-yillarda 2-ilovaga muvofiq, istisno tariqasida, 10 yil muddatga yillik 2 foiz stavkada 1 trillion soʻm miqdorida budjet ssudasi (keyingi oʻrinlarda — budjet ssudasi) ajratilsin.

4. Budjet ssudasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish grafigi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Belgilansinki:

(a) budjet ssudasi hisobidan Markaz hududida ijtimoiy soha, muhandislik-kommunikatsiya va boshqa obyektlar quriladi;

(b) Markaz hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish davrida Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari va metall konstruksiyalar bojxona bojidan ozod etiladi;

(v) investorlar tomonidan ushbu qarorga muvofiq Markaz hududida ijtimoiy soha obyektlarini qurib Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Sogʻliqni saqlash vazirliklari tasarrufiga begʻaraz oʻtkazib berish Soliq kodeksiga asosan iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan holatlar (chiqimlar) deb eʼtirof etiladi.

II. Direksiya tashkil qilish hamda uning huquq-majburiyatlarini belgilash

6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining uning huzurida davlat muassasasi shaklida Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

7. Quyidagilar:

(a) Direksiyaning asosiy vazifalari va huquqlari 4-ilovaga muvofiq;

(b) Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

8. Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etilishi va oʻz vaqtida amalga oshirilishiga shaxsan masʼul etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov belgilansin.

9. Mazkur qarorning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 3-noyabr,

PQ-332-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-332-son qaroriga1-ILOVA

Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini barpo etish uchun Xoʻjayli tumani “Samankoʻl” MFY hududidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari

Hudud nomiMahalla/ovul fuqarolar yigʻini nomiKontur raqamiToifasi oʻzgartirilayotgan yer uchastkasidan foydalanuvchiYer maydoni, gashu jumladan:sugʻoriladigan yerlarkoʻp yillik daraxtzorlaryaylov yerlariboshqa yerlarJami—36152,051,6—69,930,5Xoʻjayli tumaniSamankoʻl473, 436, 446, 447, 448, 437b, 438, 439, 440, 441, 442, 444, 445, 450, 451, 453, 454, 455, 457, 458, 460, 461, 462, 464, 465, 466, 469, 463, 467, 476, 480, 481Tuman hokimligi(zaxira yer)112,2551,6—36,3124,34Xoʻjayli tumaniSamankoʻl204ch, 197, 198, 199Xoʻjayli tumani Davlat oʻrmon xoʻjaligi39,7533,596,16

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-332-son qaroriga2-ILOVA

2025 — 2028-yillarda Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini tashkil etish loyihalari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Respublika budjetiga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan budjet ssudasini ajratish

T/rAjratish davriAjratiladigan mablagʻ(mlrd soʻm)1.2025 — 2028-yillarda jami1 0002.2025-yil1003.2026-yil2004.2027-yil3505.2028-yil350

Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan budjet ssudalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining amalda bajarilgan ishlar boʻyicha murojaati asosida ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻlar doirasida ajratiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-332-son qaroriga3-ILOVA

Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini tashkil etish uchun ajratiladigan budjet ssudasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish

Qaytarish davriQaytariladigan asosiy qarz(mlrd soʻm)2029 — 2038-yillarda jami 1 000 2029-yil yanvar502029-yil iyul502030-yil yanvar502030-yil iyul502031-yil yanvar502031-yil iyul502032-yil yanvar502032-yil iyul502033-yil yanvar502033-yil iyul502034-yil yanvar502034-yil iyul502035-yil yanvar502035-yil iyul502036-yil yanvar502036-yil iyul502037-yil yanvar502037-yil iyul502038-yil yanvar502038-yil iyul50

Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan ssuda boʻyicha foizlarni toʻlash Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-332-son qaroriga4-ILOVA

Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi direksiyasining asosiy vazifalari va huquqlari

1. Direksiyaning asosiy vazifalari:

(a) rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan amaliyotlar asosida hamda yetakchi loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi (keyingi oʻrinlarda — Yoshlar markazi) hududini rivojlantirish rejalarini (keyingi oʻrinlarda — master reja), tarmoq rejalari va manzilli dasturlarini ishlab chiqish;

(b) loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha alohida texnik shartlarga amal qilish toʻgʻrisida bitimlar tuzish va ularning ijrosi ustidan monitoring olib borish;

(v) Yoshlar markazi hududidagi maʼmuriy bino va inshootlar, ijtimoiy soha obyektlari, IT park, sport majmuasi, xizmat koʻrsatish obyektlari, sanoat va ishlab chiqarish hududi hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yoʻl-transport infratuzilmalarini barpo etishda buyurtmachi funksiyasini bajarish;

(g) qurilish loyihalarini ishlab chiqish, maʼmuriy bino va inshootlar, ijtimoiy soha obyektlari, IT park, sport majmualari, xizmat koʻrsatish obyektlari, sanoat va ishlab chiqarish hududi hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yoʻl-transport infratuzilmalari obyektlari qurilishini amalga oshiruvchi pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda aniqlash;

(d) loyiha ishtirokchilari tomonidan shartnomalarda nazarda tutilgan investitsiya shartlari yoki yerdan foydalanish talablari buzilgan taqdirda, loyihani vaqtincha toʻxtatishning zarur choralarini koʻrish hamda mazkur yer uchastkalarini zaxiraga qaytarish;

(j) markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar, tarmoq investitsiya dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlar, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy sohalardagi infratuzilmalarni rivojlantirish dasturlari hamda boshqa maqsadli dasturlar bilan bogʻliq loyihalarni, shuningdek, tadbirkorlik loyihalarini Direksiya bilan tuzilgan investitsiya shartnomalari asosida amalga oshirish;

(z) Yoshlar markazini tashkil etish boʻyicha loyihalar amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish hamda uning natijalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligiga taqdim etish.

2. Direksiyaning huquqlari:

(a) Yoshlar markazini barpo etish boʻyicha tarmoq rejalari va manzilli dasturlarni ishlab chiqish;

(b) yer uchastkalarini ijaraga berishda ularda barpo etiladigan obyektlarga qoʻyiladigan asosiy talablarni master reja asosida belgilash;

(v) qurilish ishlarining sifat, texnik va muddat nazoratini amalga oshirish;

(g) kommunal boshqarish, investitsiyaviy faoliyat, marketing xizmatlarini koʻrsatish;

(d) davlat sherigi sifatida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim talablarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda belgilash;

(j) Yoshlar markazini barpo etish davrida investorlarga shartnoma asosida servis, sanitariya-gigiyena, muhandislik-kommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish, ularni transport infratuzilmasi obyektlari va yordamchi inshootlar bilan taʼminlashni tashkil etish;

(z) Yoshlar markazi hududidagi yer uchastkalarini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotish va ijaraga berish toʻgʻrisida (har bir loyihaga alohida texnik shart asosida) taklif kiritish;

(i) shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini ochish. Bunda shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida quyidagi mablagʻlar jamlanadi:

(i) Direksiyaga buyurtmachi vazifasini bajarishi doirasidagi obyektlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qarori asosida ajratiladigan mablagʻlar;

(ii) davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdan, shuningdek, Direksiya tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar;

(iii) qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-332-son qaroriga5-ILOVA

Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini tashkil etish boʻyicha

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.