Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oʻttiz uch yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, fuqarolarni unda belgilangan ezgu qadriyatlar atrofida birlashtirish, “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan maʼnaviy-maʼrifiy hamda boshqa tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
1. Quyidagilar:
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tashkiliy qoʻmita (A. Aripov):
(a) Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali bajarilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda koʻtarinki ruhda nishonlanishini;
(b) barcha hududlarda aholining keng qatlamlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy anjumanlar, ochiq muloqot va suhbatlar, badiiy kechalar, festivallar, sayillar, madaniyat va sport tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va sanʼat arboblari, keksa va yosh avlod vakillari, taniqli sportchilarni jalb etgan holda bayram tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
3. Joylarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramini yangi Oʻzbekistonning bunyodkorlik ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilsin:
(a) yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu gʻoyalarning yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda oʻz aksini topayotganini koʻrsatib berish;
(b) yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-maʼnaviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashdagi oʻrni va rolini yoritish;
(v) “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga oʻtilganligini ochib berish;
(g) yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning tadbirkorlik va xususiy mulkning ishonchli himoyasini taʼminlash, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va sport sohalarini rivojlantirish boʻyicha yangidan yangi yutuqlar va natijalarga erishish uchun mustahkam zamin yaratib berganini keng jamoatchilikka tushuntirish;
(d) nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish, gender tenglikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng targʻib qilish;
(j) Konstitutsiya bayrami arafasida umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida barcha oʻquvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini, shu jumladan, atoqli huquqshunoslar, olimlar, sud, adliya va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari rahbar va xodimlari ishtirokida oʻtkazish.
4. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
(a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlarda — tegishli mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan;
(b) Toshkent shahrida — Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va Toshkent shahar hokimligining zaxira jamgʻarmalari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.
5. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 21-noyabr,
F-60-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi F-60-son farmoyishiga1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish
T/rTadbir nomiIjro muddatiMasʼul tashkilotlarI. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar1.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi gʻoya va asosiy tamoyillarni oʻzida aks ettiruvchi koʻrgazmali vositalarni (plakat, panno, videorolik va boshqalarni) tayyorlash.2025-yil 30-noyabrQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi2.Koʻrgazmali vositalarni viloyat, shahar, tuman markazlari shoh koʻchalari, xiyobonlar, bayram tadbirlari oʻtadigan joylarda, tashqi reklama obyektlarida, bilbordlarda, LED-ekranli konstruksiyalarda, jamoat transportida (avtobus, metro, poyezd, samolyot) va jamoat joylarida (bozor, gipermarket, savdo shoxobchalari, bekat, aeroport va aviakassalar, temir yoʻl vokzallari va kassalari, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari va b.) joylashtirish.2025-yil 30-noyabrQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi,Transport vazirligi3.Davlat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari, mahalliy hokimliklar, davlat xizmatlari markazlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarining kirish joylarida “Konstitutsiya burchaklari”ni tashkil etish va ularda ushbu tashkilotlar faoliyati xususiyatidan kelib chiqib Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan axborot bannerlarini joylashtirish.2025-yil noyabr oyidan boshlabRespublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy hokimliklar,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi4.Olimlar, huquqshunoslar va mutaxassislardan iborat targʻibot guruhlarini shakllantirish va mehnat jamoalari, mahallalarda, olis va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida, harbiy qismlarda, jazoni ijro etish muassasalarida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha uchrashuvlar, jonli muloqot, suhbatlar va boshqa madaniy-maʼrifiy hamda huquqiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.2025-yil noyabr-dekabrRespublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Madaniyat vazirligi,Adliya vazirligi,Mudofaa vazirligi,Ichki ishlar vazirligi, mahalliy hokimliklar,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi5.“Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” mavzusida aholining barcha qatlamlari oʻrtasida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini targʻib etish maʼrifat oyligini oʻtkazish.2025-yil dekabrRespublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Adliya vazirligi,Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,Oʻzbekiston milliy media birlashmasi,Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi6.Aholi fikrini inobatga olgan holda tuman va shahar markazlarida (Toshkent shahrida — Sayilgoh koʻchasida) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab “Konstitutsiya koʻchasi (maydoni, mahallasi)”ni tashkil etish, unda:Konstitutsiyaning yaratilishi, takomillashtirish bosqichlarini ifoda etadigan “Konstitutsiya tarixi” burchagi va fotokoʻrgazmasini tashkil etish;Konstitutsiyani oʻrgatish boʻyicha zamonaviy metodika asosida tayyorlangan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlar koʻrgazmasini tashkil etish;konstitutsiyaviy huquqlar boʻyicha sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar burchaklarini tashkil etish va ularga koʻrgazmali materiallarni joylashtirish;“Konstitutsiya koʻchasi” ni targʻibot va koʻrgazmali bannerlar bilan bezatish;Konstitutsiyaga oid turli koʻngilochar tadbirlar tashkil etish, fuqarolarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini sinovdan oʻtkazish boʻyicha viktorina loyihasini amalga oshirish, gʻolib boʻlgan fuqarolarni Konstitutsiya kitobi, Konstitutsiya ramzi tushirilgan mahsulotlar bilan taqdirlash.2025-yil 5 — 8-dekabrQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,Adliya vazirligi,Madaniyat vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi,Ichki ishlar vazirligi,Bosh prokuratura,Milliy gvardiya,Oliy sud,Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz7.Mahallalarda, maktablar hovlilarida 5-dekabrda Konstitutsiya kuni munosabati bilan davlat bayrogʻini koʻtarish marosimini tashkil etish, unda Konstitutsiyadagi birdamlik gʻoyalari ifodalangan sahna koʻrinishlari, sheʼr va ashulalarni oʻz ichiga olgan tadbirlar tashkil etish.2025-yil 5-dekabrMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi,Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi8.“Constitution.uz” veb-sayti bazasida tashkil etilgan elektron Konstitutsiya kutubxonasini zamonaviy ilmiy va tahliliy materiallar bilan boyitish.Doimiy ravishdaRaqamli texnologiyalar vazirligi,Adliya vazirligi,Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti,Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi9.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bagʻishlangan arxiv hujjatlarining koʻrgazmasini tashkil etish.2025-yil 1 — 7-dekabrOliy Majlis palatalari,Konstitutsiyaviy sud(kelishuv asosida),“Oʻzarxiv” agentligiII. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va targʻibot-tashviqot ishlari10.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini, uning islohotlarga mustahkam huquqiy poydevor boʻlib xizmat qilayotganini targʻib qiluvchi maxsus ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda OAVda keng yoritish.2025-yil 1 — 8-dekabrOʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,Oʻzbekiston milliy media birlashmasi,Oʻzbekiston milliy axborot agentligi,Adliya vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi11.Fuqarolar kundalik hayotida koʻp uchraydigan vaziyatlarda Konstitutsiya normalarining toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllanilishi boʻyicha ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda ularni davlat organlari va tashkilotlarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga joylashtirish va keng targʻib qilish.2025-yil noyabr-dekabrOʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,Ichki ishlar vazirligi,Bosh prokuratura,Oliy sud,davlat organlari va tashkilotlari12.Ommaviy axborot vositalarida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatiga oid media tadbirlarni (maxsus koʻrsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik, titr, radioeshittirish, maqola, viktorina va munosabatlar) amalga oshirish (alohida media reja asosida). Davlat telekanallari belgisi yonida Konstitutsiya bayrami belgisini joylashtirish.2025-yil noyabr-dekabrOʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,Oʻzbekiston milliy media birlashmasi,Oʻzbekiston milliy axborot agentligi,vazirlik va idoralar13.Konstitutsiyaviy komissiyaning ayrim aʼzolari bilan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi tarixiga bagʻishlangan intervyular tayyorlash hamda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida yoritish.2025-yil 1 — 8-dekabrKonstitutsiyaviy sud,Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,Oʻzbekiston milliy axborot agentligi,Oʻzbekiston milliy media birlashmasi,“Xalq soʻzi” va “Yangi Oʻzbekiston” gazetalari,Adliya vazirligi14.Konstitutsiya kuni munosabati bilan radioviktorina oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash.2025-yil 7-8-dekabrOʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,Oʻzbekiston milliy media birlashmasi,Adliya vazirligi15.Markaziy va hududiy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida:1) Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini, uning hayotimizda yuz berayotgan oʻzgarishlar va qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarning bosh omili ekanini targʻib etish, shu mavzuda telemuloqotlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish;2) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan alohida ruknlar tashkil etish, huquqiy jurnal va gazetalarning maxsus sonlarini chop etish.2025-yil 1 — 8-dekabrOʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,Oʻzbekiston milliy media birlashmasi,Oʻzbekiston milliy axborot agentligi,“Xalq soʻzi” va “Yangi Oʻzbekiston” gazetalari,Adliya vazirligi,Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Ichki ishlar vazirligi,Oliy sud,Konstitutsiyaviy sud,Milliy gvardiya,Bosh prokuratura16.Ommaviy axborot vositalarida “Konstitutsiya — suveren davlat kafolati”, “Konstitutsiya — demokratik davlat kafolati”, “Konstitutsiya — huquqiy davlat kafolati”, “Konstitutsiya — ijtimoiy davlat kafolati”, “Konstitutsiya — dunyoviy davlat kafolati” mavzularida turkum maxsus koʻrsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik va radioeshittirishlarni tayyorlash.2025-yil noyabr-dekabrOʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,Oʻzbekiston milliy media birlashmasi,Oʻzbekiston milliy axborot agentligi,vazirlik va idoralar17.“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida shahar, tuman markazlaridagi davlat organlari binolariga oʻquvchi va talabalarning sayohatlarini tashkil etish va OAVda ularning taassurotlari haqida maqola va postlar berib borish.2025-yil noyabr-dekabrYoshlar ishlari agentligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi18.Davlat va jamoat arboblari, aktyor, xonanda, mashhur sportchilar, bloger va faollarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga Konstitutsiyaga oid munosabatlarni joylashtirish.2025-yil dekabrMadaniyat vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi,Adliya vazirligi,Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi19.Jurnalist va blogerlar oʻrtasida “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola” tanlovini oʻtkazish.2025-yil noyabrAdliya vazirligi,Bosh prokuratura,Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi20.“#Men va Konstitutsiya”, “#Mening konstitutsiyam”, “#Konstitutsiyakuni” xeshteglari ostida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unda belgilangan inson huquqlari va erkinliklari, shuningdek, fuqarolarda vatanparvarlik, qonunlarga hurmat tuygʻularini mustahkamlashga qaratilgan videoroliklarni tayyorlash hamda ularni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻib qilish.2025-yil 1 — 10-dekabrOʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,Adliya vazirligi,Oʻzbekiston milliy media birlashmasi21.Ixtiyoriy boʻlgan umummilliy Konstitutsiya imtihonini oʻtkazish.2025-yil 1 — 10-dekabrAdliya vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,TDYU22.Konstitutsiya moddalari mohiyatini sodda va tushunarli tilda ochib beruvchi, maktab yoshidagi bolalar uchun moʻljallangan multiplikatsion (animatsion) videorolik tayyorlash va keng tarqatish.2025-yil dekabrAdliya vazirligi,Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,Oʻzbekiston milliy media birlashmasi23.Hududlarda Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini amalga oshirish doirasida “Targʻibot poyezdi!” loyihasini tashkil etish.2025-yil dekabrAdliya vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, TDYUIII. Konstitutsiya kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram va boshqa koʻngilochar tadbirlar24.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida oʻtkaziladigan konsert tadbirlarini sanʼat ustalari va yosh ijrochilar ishtirokida yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish.2025-yil 7-dekabrQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,Madaniyat vazirligi25.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Konstitutsiya sayillarini tashkil etish, unda tomosha va bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish.2025-yil 4 — 7-dekabrQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,Madaniyat vazirligi26.Harbiy qism va boʻlinmalarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bagʻishlangan tantanali saflanish tadbirlarini oʻtkazish, harbiy va oʻquv tayyorgarlikda alohida namuna koʻrsatgan harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish va taqdirlash.2025-yil 4 — 7-dekabrMudofaa vazirligi,Ichki ishlar vazirligi,Davlat xavfsizlik xizmati27.Kinoteatrlarda har bir film namoyishidan oldin Konstitutsiya kuni bayramiga bagʻishlangan ijtimoiy videoroliklarni tomoshabinlarga koʻrsatish.2025-yil 1 — 8-dekabrMadaniyat vazirligi,Savdo-sanoat palatasi28.Fuqarolarga Konstitutsiya kuni bayrami munosabati bilan SMS xabar sifatida tabrik yoʻllash.2025-yil 8-dekabrRaqamli texnologiyalar vazirligi29.Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida Konstitutsiyaga bagʻishlangan “Zakovat” intellektual oʻyinini va boshqa intellektual oʻyinlarni hududiy va respublika miqyosida yuqori darajada oʻtkazish.2025-yil dekabrdan eʼtiboran“Zakovat intellektual klubi” NNT,Oliy sud,Sudyalar oliy kengashi,Bosh prokuratura,Davlat xavfsizlik xizmati,Ichki ishlar vazirligi,Milliy gvardiya,Adliya vazirligi30.Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan sport marafonlari (yugurish, marsh) va musobaqalarini (voleybol, futbol, shaxmat va b.) uyushtirish. Jahon, Osiyo va Olimpiya oʻyinlari gʻoliblari, ishtirokchilari bilan uchrashuvlar tashkil etish.2025-yil 2 — 5-dekabrSport vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi31.Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litsey oʻquvchilari oʻrtasida “Konstitutsiya haqida eng yaxshi ilmiy maqola”, “Konstitutsiya haqida eng yaxshi ommabop maqola”, “Konstitutsiya haqida eng yaxshi infografika”, “Konstitutsiya haqida eng yaxshi videorolik” nominatsiyalarini oʻzida qamrab olgan “Eng yaxshi konstitutsiya targʻibotchisi” tanlovini oʻtkazish.2025-yil noyabr-dekabrAdliya vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi,TDYUIV. “Konstitutsiya oyligi” doirasida davlat organlari va tashkilotlarida tashkil etiladigan tadbirlar32.Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar birinchi darajali rahbarlari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish doirasida tegishli organ tomonidan qilingan ishlar haqida maqola tayyorlash va chop etish.2025-yil noyabr-dekabrOliy sud,Bosh prokuratura,Ichki ishlar vazirligi,Adliya vazirligi33.Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun Konstitutsiyaning qoida va normalarini chuqurlashtirib oʻrgatishga qaratilgan oʻquv seminarlar tashkil etish.2025-yil noyabr-dekabrSudyalar oliy kengashi,Bosh prokuratura,Ichki ishlar vazirligi,Davlat xavfsizlik xizmati,Milliy gvardiya34.Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalarida va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari yoki xalqaro tashkilotlar shtab-kvartiralarida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 33 yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasi kuni” maʼrifiy tadbirlarini tashkil etish.2025-yil 1 — 8-dekabrTashqi ishlar vazirligi,“Dunyo” axborot agentligi35.Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalari va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari veb-saytlarida, xorijiy mamlakatlarning ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan materiallarni joylashtirish.2025-yil 1 — 8-dekabrTashqi ishlar vazirligi,“Dunyo” axborot agentligi36.Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi xorijiy tillarda (ingliz, fransuz, yapon, koreys, xitoy, ispan, arab, qozoq, tojik, turkman, qirgʻiz va b.) tayyorlangan materiallarni xorijiy davlatlar elektron resurslariga va Oʻzbekistonning ushbu davlatdagi konsullik muassasalari veb-saytlarida joylashtirish.2025-yil noyabr-dekabrTashqi ishlar vazirligi,Adliya vazirligi,“Dunyo” axborot agentligi37.Konstitutsiyaviy sudning mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylik holati toʻgʻrisida axborotini taqdim etish.2025-yil dekabrKonstitutsiyaviy sud(kelishuv asosida)38.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasini kiritish.2025-yil dekabrKonstitutsiyaviy sud(kelishuv asosida)39.“Konstitutsiya oyligi” doirasida Oliy Majlis palatalarida “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazish va uning doirasida Qonunchilik palatasi va Senat binosi boʻylab ekskursiya tashkil etish, majlislar zali va muzey, kutubxona, deputat va senatorlarning faoliyati bilan tanishtirish.2025-yil 2 — 5-dekabrOliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati(kelishuv asosida)40.Fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatishni, shu jumladan, ichki ishlar organlarida Konstitutsiya kunida 16 yoshga toʻladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ID-kartani topshirish jarayonlarini bayramona tashkil etish.2025-yil 5-dekabrIchki ishlar vazirligi,Adliya vazirligi,mahalliy hokimliklar41.Konstitutsiya targʻibotida faol ishtirok etgan fuqarolarni Konstitutsiya kuni arafasida “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash.2025-yil dekabrAdliya vazirligiV. “Konstitutsiya oyligi” doirasida taʼlim tashkilotlarida tashkil etiladigan targʻibot tadbirlari42.Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida barcha oʻquvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini oʻtkazish (namunaviy dars materiallari asosida).2025-yil 2 — 6-dekabrMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,TDYU43.Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini oʻrganish boʻyicha olimpiada tashkil etish va OAVda keng yoritish.Har yili 1 — 7-dekabrMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Adliya vazirligi,Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi44.Maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya bilimdoni”, “Konstitutsiya — kelajagim mashʼali” mavzularida rasmlar va insholar tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash.2025-yil 2 — 5-dekabrMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi45.Oʻzbekiston yoshlarining Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan II konferensiyasini oʻtkazish.2025-yil 5-dekabrOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi46.Taʼlim muassasalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida “Konstitutsiyani oʻrganamiz”, “Konstitutsiya — adolat tantanasi” mavzularida uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, huquqiy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish.2025-yil 2 — 5-dekabrYoshlar ishlari agentligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi47.Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini sodda tilda tushuntirishga qaratilgan “Moddalar gapiradi” nomli turkum videoroliklar tayyorlash va manzilli tarqatish.2025-yil 2 — 5-dekabrAdliya vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi48.“Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Konstitutsiya oʻquvchilar nigohida” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi va koʻrgazmalarini tashkil etish, taʼlim tashkilotlarini bayroqlar va sharlar, shuningdek, oʻquvchilar yasagan oʻyinchoqlar, ramzlar bilan bezatish.2025-yil 2 — 5-dekabrMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mahalliy hokimliklar49.Oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar oʻrtasida “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovini tashkil etish.2025-yil noyabr-dekabrOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi50.Konstitutsiyaviy huquq boʻyicha taniqli xorijlik olim va ekspertlar ishtirokida Konstitutsiyani hayotga tatbiq etish boʻyicha erishilgan yutuqlar va oldimizda turgan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish va oʻtkazish.2025-yil 3-dekabrAdliya vazirligi,Oliy Majlis palatalari,Konstitutsiyaviy sud,(kelishuv asosida),Tashqi ishlar vazirligi,Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti,TDYU
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi F-60-son farmoyishiga2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
1.A.N. Aripov—Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi2.R.Q. Davletov—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari3.X.M. Sultonov—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayteri4.Sh.I. Asadov—Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi — Prezident matbuot kotibi5.D.B. Kadirov—Prezident Administratsiyasi departament boshligʻi6.J.A. Qoʻchqorov—Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri7.Sh.B. Umurzakov—Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari8.A.D. Tashkulov—adliya vaziri9.O.A. Nazarbekov—madaniyat vaziri10.B.O. Saidov—tashqi ishlar vaziri11.A.A. Tashpulatov—ichki ishlar vaziri12.Sh.G. Xalmuxamedov—mudofaa vaziri13.B.B. Kudratxodjayev—favqulodda vaziyatlar vaziri14.R.M. Djurayev—Milliy gvardiya qoʻmondoni15.E.G. Karimova—maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri16.K.A. Sharipov—oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri17.A.A. Xudayarov—sogʻliqni saqlash vaziri18.Sh.X. Shermatov—raqamli texnologiyalar vaziri19.A.I. Ikramov—sport vaziri20.B.E. Zaxidov—kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri21.Q.R. Sariyev—Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi22.Sh.T. Rizayev—Kinematografiya agentligi bosh direktori23.A.Z. Saʼdullayev—Yoshlar ishlari agentligi direktori24.A.A. Joʻraboyev—Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi25.A. Koʻchimov—Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori26.O.A. Xasanov—Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari27.Lavozimiga koʻra—Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.