PQ-358-son Qaror · 27.11.2025

Intellektual faoliyat natijalarini ragʻbatlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-358
  • Qabul qilingan sana:27.11.2025
  • Kuchga kirgan sana:28.11.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/358/1105

Mamlakat iqtisodiyotida intellektual mulkning ulushini oshirish, intellektual mulkka boʻlgan huquqni ishonchli himoya qilish tizimini shakllantirish, shuningdek, 2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:

1. Quyidagilar 2026-2027-yillarda intellektual mulk sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:

(a) mamlakatda roʻyxatdan oʻtkazilgan intellektual mulk obyektlari sonini 100 mingtaga, milliy brendlarni targʻib qilish orqali roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichlar sonini 40 taga yetkazish;

(b) intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali ekspertiza muddatlarini 2 barobarga qisqartirish, sohadagi idoralararo hujjatlar almashinuvini toʻliq elektron shaklga oʻtkazish;

(v) patent vakillari institutini kuchaytirish orqali ularning sonini 400 tagacha, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti hamkorligida xorijda malakasini oshirgan intellektual mulk sohasidagi mutaxassislar sonini 200 nafargacha oshirish.

2. Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining intellektual mulk sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishda quyidagilar asosida amaldagi tartib-taomillarni takomillashtirish hamda yangi xizmatlarni joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:

(a) sohada raqamli va sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng qoʻllagan holda tartib-taomillarni soddalashtirish;

(b) fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini huquqiy hamda uslubiy yordam koʻrsatish bilan birga amalga oshirish;

(v) davlat xizmatlarini koʻrsatishda byurokratik toʻsiqlarga barham berish, kompozit va proaktiv tarzda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sonini koʻpaytirish;

(g) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida mavjud tartib-taomillarni takomillashtirib borish, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish jarayoniga tadbirkorlarni jalb etish;

(d) intellektual mulk obyektlarining fuqarolik muomalasida faol aylanishini taʼminlashga koʻmaklashish.

3. Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi” va “IP Protection” axborot portallari negizida quyidagilarni amalga oshirish imkonini beruvchi Adliya vazirligining “Intellektual mulk muhofazasi” portali (keyingi oʻrinlarda — Intellektual mulk portali) ishga tushirilsin:

(a) intellektual mulk masalalariga oid murojaatlarni qabul qilish;

(b) sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha kelib tushgan talabnomalarni ekspertizadan oʻtkazish jarayonlarini takomillashtirish;

(v) intellektual mulk obyektlari bilan bogʻliq shartnomalarni onlayn tuzish;

(g) intellektual mulk masalalariga oid uslubiy tavsiyalarni joylashtirish hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining savollariga real vaqt rejimida (onlayn) javob berish;

(d) kontrafakt tovarlar hamda intellektual mulk huquqlarini buzganligi uchun faoliyati cheklangan veb-saytlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish.

4. Belgilansinki, 2026-yil 1-martdan boshlab:

(a) Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan biologik faol moddalarni olib kirish va ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma berish jarayonida intellektual mulk obyektlariga (tovar belgisi va sanoat namunasiga) boʻlgan huquqlarga rioya etilgani Intellektual mulk portali orqali majburiy ravishda tekshiriladi va (yoki) oʻrganiladi;

(b) Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlashda intellektual mulkka oid huquqbuzarliklar uchun sud tomonidan jarima, maʼmuriy yoxud jinoiy javobgarlik choralarining qoʻllangani reyting ballarini kamaytiruvchi koʻrsatkich hamda tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilariga ega boʻlish qoʻshimcha ball beruvchi koʻrsatkich hisoblanadi;

(v) intellektual mulk obyektlariga doir muhofaza hujjatlari (guvohnoma, patent) dublikatini toʻlov asosida onlayn shaklda berish tartibi joriy etiladi.

5. Adliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fanlar akademiyasining quyidagi takliflari maʼqullansin:

(a) oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalari, texnoparklarda (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar) mavjud shtatlar doirasida tadqiqot natijalarini patentlash, ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish hamda tijoratlashtirishga koʻmaklashuvchi yuridik shaxs hisoblanmaydigan texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlarini tashkil etish. Bunda texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari tashkil etiladigan tashkilotlar roʻyxati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi taklifi asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

(b) “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishonini taʼsis etish.

6. Adliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkilotlarga texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishda, xodimlarining bilim va malakalarini oshirishda uslubiy yordam koʻrsatsin.

7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda:

(a) intellektual mulk obyektlarini boshqarish mutaxassisligi boʻyicha:

(i) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab — Oʻzbekiston milliy universitetida;

(ii) 2029/2030 oʻquv yiliga qadar kamida toʻrtta oliy taʼlim muassasasida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻysin;

(b) Toshkent davlat yuridik universitetida intellektual mulkni himoya qilish boʻyicha zamonaviy taʼlim dasturlarini joriy etsin.

Bunda oʻquv jarayoniga ustuvor ravishda Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Singapur va Xitoy davlatlarining intellektual mulkni boshqarish boʻyicha ekspertlari hamda xorijiy va mahalliy patent vakillari jalb qilinadi.

8. Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Singapur va Xitoydagi Oʻzbekiston elchilari bilan birlikda ikki tomonlama hamkorlik doirasida xorijiy patent vakil (ekspert)larini jalb qilish hamda mahalliy brendlarni himoya qilishga amaliy yordam koʻrsatsin.

9. Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Adliya vazirligi taklifiga binoan yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida intellektual mulk obyektlarini boshqarish sohasida kadrlar tayyorlash uchun har yili kvotalar ajratib borsin.

10. Belgilansinki, ixtirochi va novatorlar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularni ragʻbatlantirish hamda ilmiy ishlanmalarning fuqarolik muomalasidagi aylanmasini oshirish maqsadida:

(a) intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqni kredit olish uchun garovga qoʻyish amaliyoti joriy etiladi;

(b) intellektual mulk obyektlarining garovi toʻgʻrisidagi shartnomalar Adliya vazirligida belgilangan tartibda hisobga olinadi;

(v) 2026-yildan boshlab har yili “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazasi” hamda “Eng yaxshi seleksiya yutugʻi” nominatsiyalari boʻyicha respublika tanlovi oʻtkazib boriladi hamda tanlovning har bir nominatsiyasi boʻyicha 1, 2 va 3-oʻrin gʻoliblariga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 150, 125 va 100 baravari miqdorida mukofot puli beriladi.

11. Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasining geografik koʻrsatkichlarni rivojlantirish, targʻib qilish va huquqiy muhofazasini taʼminlashga qaratilgan quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

(a) geografik koʻrsatkichlarning muhofaza belgisini joriy etish;

(b) asosiy maqsadi geografik koʻrsatkichlarni rivojlantirish, ularni targʻib qilish, jumladan, xorijiy davlatlarda targʻib qilish, tijoratlashtirish ishlarida tadbirkorlik subyektlariga va hunarmandlarga huquqiy hamda uslubiy yordam koʻrsatish hisoblanadigan “oriGIn Uzbekistan” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotni (keyingi oʻrinlarda — muassasa) tashkil etish;

(v) har yili geografik koʻrsatkichlar festivallarini oʻtkazib borish.

12. Adliya vazirligi:

(a) uch oy muddatda muassasani tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish va geografik koʻrsatkichlar festivallarini oʻtkazish reja-jadvalini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

(b) muassasaning “oriGIn” xalqaro geografik koʻrsatkichlar tarmogʻi tashkilotiga aʼzo boʻlishini taʼminlash choralarini koʻrsin.

13. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladigan Oʻzbekistonning xalqaro koʻrgazma-yarmarkalarida geografik koʻrsatkichga ega boʻlgan tovar ishlab chiqaruvchilarining qatnashishini doimiy ravishda taʼminlab borsin.

14. Adliya vazirligi va Patent vakillari assotsiatsiyasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

(a) patent vakillarining intellektual mulk bilan bogʻliq nizolarda (masalalarda) fuqarolik ishlari boʻyicha, iqtisodiy va maʼmuriy sudlarda shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakil boʻlib qatnashishi mumkinligi;

(b) patent vakillarining har uch yilda malakasini oshirish tartibini joriy qilgan holda ularning attestatsiyadan oʻtish talabini bekor qilish;

(v) Adliya vazirligining patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish vakolatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga oʻtkazish.

15. Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasiga joylarda intellektual mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun talabnomalar topshirishda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida hududlarda faoliyat yurituvchi intellektual mulk agentlarini ishga jalb etish vakolati berilsin.

16. Adliya vazirligi doimiy ravishda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi bilan birgalikda oʻzga shaxslarga tegishli boʻlgan intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanganligi sababli belgilangan tartibda faoliyati cheklangan veb-sayt va (yoki) veb-sayt sahifalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mualliflik huquqini Internetda himoya qilish boʻyicha “WIPO Alert” onlayn platformasiga kiritish uchun Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga taqdim etib borsin.

17. Adliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-yanvarga qadar Jahon savdo tashkilotining Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari boʻyicha bitimi (TRIPS) normalari va tamoyillariga nomuvofiq boʻlgan intellektual mulk sohasidagi ikki tomonlama xalqaro bitimlarga oʻzgartirishlar kiritish yoki ularni bekor qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

18. Adliya vazirligi intellektual mulk sohasini rivojlantirish, jumladan, davlat organlari va muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish tadbirlarini amalga oshirish uchun xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grant mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin. Bunda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda intellektual mulk sohasini rivojlantirish uchun grant mablagʻlarini jalb qilish toʻgʻrisidagi masalani xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan ishlab chiqadi.

19. Intellektual mulk sohasini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

21. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

(a) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni;

(b) 2026-yil 1-sentabrga qadar xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda 2027 — 2030-yillarga moʻljallangan intellektual mulk sohasini rivojlantirish boʻyicha milliy strategiyani ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

22. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri A.D. Tashkulov belgilansin.

23. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻi A.B. Samadov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 27-noyabr,

PQ-358-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-noyabrdagi PQ-358-son qaroriga1-ILOVA

Intellektual mulk sohasini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha

T/rTadbirlar nomiAmalga oshirish shakliBajarish muddatlariIjro uchun masʼul I. Intellektual mulk sohasida normativ-huquqiy bazani rivojlantirish1.Fuqarolik kodeksi, “Garov toʻgʻrisida”, “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”, “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlarga intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyish mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish.Qonun loyihasi2026-yil fevralAdliya vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Markaziy bank,manfaatdor vazirlik va idoralar2.Fuqarolik-protsessual, Iqtisodiy-protsessual va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodekslarga patent vakillarining intellektual mulk bilan bogʻliq nizolarda (masalalarda) fuqarolik ishlari boʻyicha, iqtisodiy va maʼmuriy sudlarda ish yuritilishida shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakil boʻlishi mumkinligini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish.Qonun loyihasi2026-yil fevralAdliya vazirligi,Oliy sud,Bosh prokuratura,DXX3.Yuqori texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirishga oid yangi ustuvor yoʻnalishlar va tadbirlarni inobatga olgan holda, 2027 — 2030-yillarga moʻljallangan intellektual mulk sohasini rivojlantirish boʻyicha Milliy strategiyani xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi2026-yil sentabrAdliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi4.Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini shakllantirishda intellektual mulkka oid huquqbuzarliklar uchun sud tomonidan jarima, maʼmuriy yoxud jinoiy javobgarlik choralarining qoʻllangani reyting ballarini kamaytiruvchi koʻrsatkich hamda tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilariga ega boʻlishni qoʻshimcha ball beruvchi koʻrsatkich sifatida belgilash.Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi2026-yil yanvarAdliya vazirligi,Savdo-sanoat palatasi,Soliq qoʻmitasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar5.Biologik faol moddalarni olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma berish jarayonida intellektual mulk obyektlariga (tovar belgisi va sanoat namunasiga) boʻlgan huquqlarga rioya etilgani “Intellektual mulk muhofazasi” portali orqali majburiy ravishda tekshirish va (yoki) oʻrganish tartibini belgilash.Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi2026-yil yanvarSogʻliqni saqlash vazirligi,Adliya vazirligi6.Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:Apellyatsiya kengashiga apellyatsiya va arizalarni “Intellektual mulk muhofazasi” portali orqali qabul qilish;Apellyatsiya kengashining ish yuritish jarayonlarini (bayonnoma, qaror qabul qilishni) toʻliq raqamlashtirish.Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi2026-yil yanvarAdliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi7.Quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish:tarkibiy tuzilmasida texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari tashkil etiladigan oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalari, texnoparklar roʻyxati;texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom.Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi2026-yil yanvarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Adliya vazirligi,Fanlar akademiyasi,manfaatdor vazirlik va idoralar8.“Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishonini taʼsis etish.Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi2026-yil yanvarAdliya vazirligi,Fanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar9.“Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazasi” hamda “Eng yaxshi seleksiya yutugʻi” nominatsiyalari boʻyicha respublika tanlovini oʻtkazish tartibini belgilash.Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi2026-yil fevralOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Fanlar akademiyasi,Adliya vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar10.Geografik koʻrsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomining logotiplarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi2026-yil mayAdliya vazirligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Savdo-sanoat palatasi,manfaatdor vazirlik va idoralar11.Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash:Sanoat namunasiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;Ixtiroga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;Foydali modelga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;Seleksiya yutugʻiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;Patentlarni oʻz kuchida saqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;Intellektual mulk obyektlariga doir muhofaza hujjatlari (guvohnoma, patent) dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti.Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi2026-yil fevralAdliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi12.Kontrafakt tovarlarga qarshi kurashishda tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan “Kontrafaktsiz savdo obyekti” loyihasini amalga oshirish. Bunda:tadbirkorlik subyekti loyihada ixtiyoriy ishtirok etadi;tadbirkorlik subyektining roziligi bilan uning savdo nuqtalarida kontrafakt tovar mavjud yoki mavjud emasligi adliya organlari xodimlari tomonidan oʻrganiladi;loyiha doirasida savdo nuqtasida adliya organlari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi;kontrafakt tovar aniqlanmagan savdo nuqtasiga “Kontrafaktsiz savdo obyekti” sertifikati beriladi, reyestrga kiritiladi va OAVlarda eʼlon qilinadi;“Kontrafaktsiz savdo obyekti” sertifikatiga ega savdo nuqtasida kelgusida kontrafakt tovar mavjudligi aniqlanganda, sertifikat chaqirib olinadi va bu haqda OAVlarda eʼlon qilinadi.Adliya vaziri buyrugʻi loyihasi2026-yil yanvarAdliya vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar13.Seleksiya yutuqlariga doir talabnomalar yuzasidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini farqlanish, turdoshlik va barqarorlikni aniqlash boʻyicha sinovlar oʻtkazish metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash.Qishloq xoʻjaligi vaziri buyrugʻi loyihasi2026-yil mayQishloq xoʻjaligi vazirligi,Adliya vazirligi14.Intellektual mulk obyektlari va ularga oid shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha talabnoma va arizalarni davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish tartibini joriy etish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil fevralAdliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi15.Adliya vazirligining patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish vakolatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga berish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil yanvarAdliya vazirligi16.Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasiga berilgan qoʻshimcha vakolatlardan kelib chiqib uning nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.Ichki idoraviy hujjat loyihasi2025-yil dekabrAdliya vazirligiII. Intellektual mulk sohasidagi tartib-taomillarni takomillashtirish17.“Intellektual mulk muhofazasi” portalini “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasi bilan integratsiya qilish.Kompleks chora-tadbirlar2026-yil aprelAdliya vazirligi,Soliq qoʻmitasi18.“Intellektual mulk muhofazasi” portali quyidagi maʼlumotlar almashinilishi yuzasidan tegishli tizimlar bilan integratsiya qilinishini taʼminlash:Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi — tadbirkorlik subyektining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, manzili oʻzgarganligi yoki faoliyati tugatilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi — fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargani yoki oʻlimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi — meros tarkibidagi hamda korxonani sotish shartnomasi predmeti boʻlgan intellektual mulk obyektlariga oid maʼlumotlar;“Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi — fuqaroning manzili oʻzgargani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;Bojxona qoʻmitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi — davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan intellektual mulk obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.Kompleks chora-tadbirlar2026-yil fevralAdliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Ichki ishlar vazirligi,Bojxona qoʻmitasi19.Kamida toʻrtta oliy taʼlim muassasasida intellektual mulk obyektlarini boshqarish mutaxassisligi boʻyicha oʻqitishni tashkil etish.Kompleks chora-tadbirlar2029-yil iyulOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi20.Jahon savdo tashkilotining Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari boʻyicha bitimi (TRIPS) normalari va tamoyillariga nomuvofiq boʻlgan intellektual mulk sohasidagi ikki tomonlama xalqaro bitimlarga oʻzgartirishlar kiritish yoki ularni bekor qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.Tahliliy maʼlumot va taklif2026-yil martAdliya vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi21.“oriGIn Uzbekistan” — muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatdan oʻtkazish.Muassasani bino, kompyuter texnikasi va boshqa zarur jihozlar bilan taʼminlash.Muassasani “oriGIn” xalqaro geografik koʻrsatkichlar tarmogʻi tashkilotiga aʼzo boʻlishiga koʻmaklashish.Kompleks chora-tadbirlar2025-2026-yillar davomidaAdliya vazirligi22.Roʻyxatdan oʻtgan geografik koʻrsatkichlarni turizm xaritasiga hamda sayyohlik platformalariga kiritish maqsadida Turizm qoʻmitasiga taqdim qilish.Taqdim etilgan geografik koʻrsatkichlarni Turizm qoʻmitasi tomonidan turizm xaritalari hamda sayyohlik platformalarida eʼlon qilib borish.Kompleks chora-tadbirlarDoimiyAdliya vazirligi,Turizm qoʻmitasi23.Tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda ularning taʼsischilariga tovar yoki xizmat koʻrsatish belgilariga ega boʻlishning afzalliklari va tartibi toʻgʻrisida SMS xabarnomalar yuborish tizimini yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil yanvarAdliya vazirligi24.“Sanoat mulki muhofazasi” va IP Protection portallari negizida sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida yagona “Intellektual mulk muhofazasi” portalini yaratish va unda quyidagi imkoniyatlarni belgilash:intellektual mulk masalalariga oid murojaatlarni qabul qilish;sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha kelib tushgan talabnomalarni ekspertizadan oʻtkazish jarayonlarini takomillashtirish;intellektual mulk obyektlari bilan bogʻliq shartnomalarni onlayn tuzish;intellektual mulk masalalariga oid uslubiy tavsiyalarni joylashtirish hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining savollariga real vaqt rejimida (onlayn) javob berish;kontrafakt tovarlar hamda intellektual mulk huquqlarini buzgani uchun faoliyati cheklangan veb-saytlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish.Kompleks chora-tadbirlar2025 — 2028-yillar davomidaAdliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi25.“Intellektual mulk muhofazasi” portalini yaratish va uning barqaror, uzluksiz texnik taʼminotini taʼminlash boʻyicha tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Tahliliy maʼlumot2026-yil yanvarAdliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi26.Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda sanoat namunalari mualliflarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Central Asia Design” platformasini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.Tahliliy maʼlumot2026-yil iyunAdliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi27.“Intellektual mulk milliy birjasi” elektron platformasini yaratish.Kompleks chora-tadbirlar2025-2026-yillar davomidaOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Adliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi28.Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Bosh Assambleyasi tadbirlari doirasida Oʻzbekiston milliy koʻrgazmasini tashkil etish.Amaliy chora-tadbirlar2026-2027-yillar davomidaAdliya vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Turizm qoʻmitasi,Madaniyat vazirligi,Transport vazirligi,Bojxona qoʻmitasi,“Hunarmand” uyushmasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-noyabrdagi PQ-358-son qaroriga2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:

(a) 10-band 18-kichik bandining oltinchi xatboshisida “toʻliq yoki qisman berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni” soʻzlaridan keyin “, intellektual mulk obyektlarining garovi toʻgʻrisidagi shartnomalarni” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

(b) 16-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Belgilangan vazifalar taqsimotiga koʻra intellektual mulk sohasiga javobgar vazir oʻrinbosari xalqaro hamkorlik amalga oshirilayotganda lavozimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining intellektual mulk masalalari boʻyicha maxsus milliy organi rahbari hisoblanadi”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-fevraldagi “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4168-son qarorining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4965-son qarori 6-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son qarori bilan tasdiqlangan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandida:

(a) quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazasi” hamda “Eng yaxshi seleksiya yutugʻi” nominatsiyalari boʻyicha respublika tanlovlarini oʻtkazish tadbirlarini moliyalashtirish;

“Intellektual mulk milliy birjasi” elektron platformasini yaratish va saqlab turish xarajatlarini moliyalashtirish”;

(b) beshinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.