PF-1081-son Farmon · 07.02.1995

1995-yil hosilidan olingan paxta va boshoqli don ekinlarining xarid narxlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1081
  • Qabul qilingan sana:07.02.1995
  • Kuchga kirgan sana:07.02.1995

Paxta va boshoqli don ekinlari yetishtirish hamda sotishni koʻpaytirish, qishloq xoʻjaligi korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1995-yil hosilidan olingan paxta va boshoqli don ekinlarining xarid narxlarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha soʻmga qayta hisoblagan holda jahon narxlari darajasining 50 foiz miqdorida (sotish xarajatlari chiqarib tashlangan holda) belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasini iqtisodiy ragʻbatlantirish va erkinlik berish toʻgʻrisida” 1994-yil 22-avgustdagi PF-937-son Farmonining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1995-yil 7-fevral,

PF-1081-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.