PQ-390-son Qaror · 27.12.2025

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-390
  • Qabul qilingan sana:27.12.2025
  • Kuchga kirgan sana:29.12.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/390/1228

Mamlakatimizda ilm-fanni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar sifatini oshirish, oliy taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi integratsiyani mustahkamlash hamda Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:

I. Asosiy maqsadlar va ustuvor yoʻnalishlar

1. Ushbu qarorni qabul qilishning asosiy maqsadlari Fanlar akademiyasining iqtisodiyot sohalari uchun qoʻshilgan qiymat yaratishdagi ishtirokini kengaytirish, quyidagilarni amalga oshirish orqali uning faoliyatini takomillashtirish hisoblanadi:

(a) Fanlar akademiyasida 2030-yilga qadar 1-ilovada belgilangan ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish;

(b) 2030-yilga qadar Fanlar akademiyasi va uning tizim tashkilotlarida:

(i) yangi ilmiy ishlanmalar soni va tijoratlashtirishdan olinadigan mablagʻlar hajmini 3 baravarga;

(ii) ilmiy xodimlar tarkibida yoshlar ulushini 60 foizgacha;

(iii) nufuzli xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan maqolalar sonini 4 baravarga;

(iv) akademiklar va professorlarning taʼlim jarayonidagi ishtirokini 5 baravarga;

(v) xalqaro hamkorlikda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar sonini 3 baravarga oshirish;

(v) xorijiy mamlakatlarda faoliyat koʻrsatayotgan ilmiy diasporani Oʻzbekiston ilm-faniga reintegratsiya qilish;

(g) Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalarini (keyingi oʻrinlarda — ilmiy muassasalar) raqobat tamoyili asosida moliyalashtirish tizimiga oʻtish;

(d) yoshlarning akademik fanlarda ishtirokini kuchaytirish uchun ularni ragʻbatlantirish tizimini yaratish.

II. Real iqtisodiyot tarmoqlariga yangi ishlanmalar joriy etishni tubdan isloh qilish

2. Ilm-fan va sanoat tarmoqlari oʻrtasidagi oʻzaro integratsiyani kuchaytirish, Fanlar akademiyasining yangi ishlanmalarini tijoratlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Fan va sanoat integratsiyasi kengashi (keyingi oʻrinlarda — Integratsiya kengashi) tashkil etilsin.

3. Belgilab quyilsinki, Integratsiya kengashi:

(a) iqtisodiyot tarmoqlariga masʼul vazirlik, korxona va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, ilmiy muassasalar vakillaridan iborat boʻladi hamda uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi;

(b) tegishli tarmoq korxona va tashkilotlarining yaqin va oʻrta hamda uzoq muddatga moʻljallangan rivojlanish rejalaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim boʻlgan loyihalar roʻyxatini shakllantiradi, muhokama qiladi va tasdiqlaydi;

(v) iqtisodiyot tarmoqlarida ilmiy yechim talab etadigan muammolar roʻyxatini shakllantiradi, uni ilmiy muassasalar oʻrtasida taqsimlaydi hamda ularni moliyalashtirishning manbalarini koʻrsatgan holda davlat tomonidan kafolatlanadigan buyurtmani belgilaydi;

(g) ijobiy baholangan loyihalarni ilmiy muassasalar ilmiy-texnik dasturlariga kiritadi hamda ularning Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan shakllantiriladigan amaliy va innovatsion grantlar tanlovi dasturlarida ustuvor mavzu sifatida belgilanishini taʼminlaydi;

(d) ilmiy muassasalarda mavjud yangi ishlanmalarning taqdimotini koʻrib chiqadi hamda ijobiy xulosa berilgan taqdirda, ularni real iqtisodiyot tarmoqlarida joriy etishning aniq chora-tadbirlar dasturini belgilaydi.

4. Fanlar akademiyasi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2026-yil 1-noyabrga qadar nufuzli xalqaro ilmiy markazlar bilan hamkorlikda materialshunoslik, genetika, nanotexnologiyalar ixtisosliklarida tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) qoʻshma taʼlim dasturlarini (double degree) ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar grant dasturlariga qoʻshma loyihalar tayyorlash ishlarini amalga oshirsin.

5. 2026-yildan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi barcha ilmiy loyihalarning sifatini oshirish maqsadida ularni ilmiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ilmiy-texnik kengashlar tarkibiga Fanlar akademiyasi taklifiga asosan hamrais nomzodi kiritiladi.

III. Fanlar akademiyasi va uning ilmiy muassasalari faoliyatini takomillashtirish

6. Quyidagilar:

(a) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;

(b) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2030-yilgacha maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;

(v) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich oshirish rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

7. Belgilab quyilsinki, Fanlar akademiyasida:

(a) boshqaruv apparati xodimlarining umumiy cheklangan soni 50 nafar etib belgilanadi;

(b) umumiy boshqaruv apparati xodimlari doirasida bir nafar prezidentning moliyaviy va xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi kiritiladi;

(v) prezidentning moliyaviy va xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

8. Fanlar akademiyasi:

(a) 2026-yil 1-apreldan boshlab oʻz tizimidagi ilmiy muassasalarda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda ilmiy xodimlar faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) va ilmiy muassasalar faoliyat samaradorligini baholash boʻyicha reyting tizimini joriy etsin. Bunda:

(i) ilmiy muassasalar reytingi yil yakuni boʻyicha kompleks indikatorlar asosida aniqlanadi va “yashil”, “sariq”, “qizil” toifalarga ajratiladi;

(ii) reytingdagi toifasidan kelib chiqib, ilmiy muassasalarning yangi loyihalari qoʻshimcha moliyalashtiriladi, ular uchun yangi laboratoriya va boʻlimlar tashkil etiladi yoki shtat birliklari boshqa ilmiy muassasalarga oʻtkazilgan holda yopiladi;

(iii) ilmiy xodimlar uchun KPI ularning faoliyat natijadorligi koʻrsatkichlari boʻyicha ballar asosida baholanadi;

(b) 2026-yil 1-martga qadar xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda ilmiy muassasalar faoliyatini toʻliq xatlovdan oʻtkazib, istiqbolsiz va samaradorligi past boʻlgan mavjud ilmiy yoʻnalishlar hamda laboratoriyalar sonini maqbullashtirish orqali yangi ilmiy guruh va laboratoriyalar tashkil etsin;

(v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Fanlar akademiyasining yangilangan ustavini ishlab chiqsin:

(i) Umumiy yigʻilish va Direktorlar kengashining vakolatlarini qayta koʻrib chiqish, ularning takrorlanuvchi funksiya va vazifalarini qisqartirish;

(ii) Umumiy yigʻilishning ahamiyatini oshirish, akademiklar faolligini kuchaytirish;

(iii) ilmiy muassasalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibini, shuningdek, yosh chegaralarini aniq belgilash. Bunda, nomzodlar 5 yil muddatga tayinlanadi hamda lavozimni ketma-ket 2-martadan ortiq egallashiga yoʻl qoʻyilmaydi.

9. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasining:

(a) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi hamda Innovatsion rivojlanish agentligining Xalqaro molekulyar allergologiya markazini Fanlar akademiyasi tizimiga oʻtkazish;

(b) hududlarda ilm-fanni rivojlantirish va yoshlarni ilm-fanga kengroq jalb qilish maqsadida Namangan, Samarqand va Termiz shaharlarida Fanlar akademiyasining hududiy boʻlimlarini (keyingi oʻrinda — hududiy boʻlinmalar) tashkil etish;

(v) Xalqaro ilm-fan kengashining Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisini (keyingi oʻrinlarda — Mintaqaviy ofis) tashkil etish;

(g) Fanlar akademiyasi huzuridagi Milliy arxeologiya markazini Antropologiya instituti deb qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

10. Belgilansinki:

(a) hududiy boʻlinmalar:

(i) yuridik shaxs hisoblanmaydi va Fanlar akademiyasi tizimida faoliyat yuritadi;

(ii) xodimlarining umumiy cheklangan soni 3 nafar etib belgilanadi hamda 5-ilovada koʻzda tutilgan shtat birliklari Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich oshirish doirasida shakllantiriladi;

(iii) rahbari Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tegishli hududiy oliy taʼlim yoki ilmiy tashkilotlarning rahbarlari orasidan tanlab olinadi;

(iv) hududiy oliy taʼlim yoki ilmiy tashkilotlarning bino va inshootlariga joylashtiriladi, ularni saqlash hamda kommunal toʻlovlar boʻyicha xarajatlarini qoplash tegishli oliy taʼlim yoki ilmiy tashkilotning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;

(v) ilmiy-tadqiqot ishlarini Fanlar akademiyasi tomonidan tasdiqlangan ish reja doirasida amalga oshiradi;

(b) Mintaqaviy ofis:

(i) Fanlar akademiyasi tizimidagi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boʻlinma hisoblanadi;

(ii) 2 ta shtat birliklaridan iborat boʻladi. Bunda mazkur shtat birliklari Fanlar akademiyasiga mazkur qarorga 4-ilovaga muvofiq koʻzda tutilgan shtatlar doirasida ajratiladi;

(iii) Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati binosida joylashtiriladi va uning faoliyati uchun zarur sharoitlar Fanlar akademiyasi tomonidan taʼminlanadi;

(iv) Fanlar akademiyasi prezidenti hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri bilan kelishilgan holda Xalqaro ilm-fan kengashi tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan rahbar tomonidan boshqariladi.

IV. Ilmiy xodimlarni ragʻbatlantirish hamda ilmiy tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

11. Fanlar akademiyasi:

(a) bir oy muddatda ilmiy muassasalarning noyob obyektlari roʻyxatini shakllantirsin va ularni tegishli institutlar tarkibiga kiritsin;

(b) uch oy muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda noyob obyektlar biriktirilgan institutlarga shtat birliklarini ajratish meʼyorlari hamda xodimlar ish haqi miqdorlarini tasdiqlasin.

12. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:

(a) ilmiy muassasalar tomonidan reagent, reaktiv, sarflov materiallari va butlovchi qismlar xaridi davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portaliga kamida ikki ish kunida eʼlonni joylashtirish hamda Xarid komissiyasi tomonidan salohiyatli yetkazib beruvchining taklifini yoki ofertasini “taklif soʻrovi” tartiboti asosida oʻrganish orqali amalga oshiriladi;

(b) Fanlar akademiyasining Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, Oʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazi, Xalqaro molekulyar allergologiya markazi rahbar va ilmiy xodimlarining ish haqlari ilmiy muassasalarning rahbar va ilmiy xodimlari bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi.

13. 2026-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash, yosh olimlarni jalb qilish va strategik ahamiyatga ega ilmiy yoʻnalishlarni barqaror moliyalashtirish maqsadida Fanlar akademiyasi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.

14. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

(a) Davlat budjetidan har yili ajratiladigan 80 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar;

(b) Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

(v) jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, xorijiy homiylarning xayriya mablagʻlari;

(g) xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik koʻmak mablagʻlari;

(d) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

15. Quyidagilar:

(a) 2026-yil 1-yanvardan boshlab Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi xodimlari uchun Fanlar akademiyasi jamgʻarmasi hisobidan toʻlanadigan moddiy ragʻbatlantirishning turlari 6-ilovaga muvofiq;

(b) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamgʻarmasi mablagʻlari yoʻnaltiriladigan xarajatlar yoʻnalishlari 7-ilovaga muvofiq;

(v) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tashkiliy tuzilmasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

16. Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-dekabrga qadar ilmiy muassasalarni zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlash boʻyicha 5 yilga moʻljallangan dasturni ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

17. Belgilansinki:

(a) Fanlar akademiyasi ilmiy xodimlari sonini yilma-yil oshirish va Jamgʻarmaga har yili Davlat budjetidan mablagʻlar ajratish Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratiladigan transfertlarni qisqartirish hisobidan amalga oshiriladi;

(b) mazkur qarorda belgilangan boshqa tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 9-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 10-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

20. Adliya vazirligi Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda olimlar tomonidan taklif etilayotgan va yaratilgan ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun intellektual mulkni baholash tizimini yoʻlga qoʻysin.

21. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Fanlar akademiyasi prezidenti Sh.A. Ayupov hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.

22. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 27-dekabr,

PQ-390-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga1-ILOVA

Fanlar akademiyasi tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari

1. Biotexnologiya va gen muhandisligi — tibbiyot, qishloq xoʻjaligi va sanoat sohalarida biotexnologiyalarni qoʻllash, preventiv va personallashtirilgan tibbiyot, sogʻlom va uzoq umr koʻrishga yoʻnaltirilgan genom texnologiyalari va farmatsevtika yechimlarini ishlab chiqish;

2. Aqlli materiallar va nanotexnologiyalar — energetika, sogʻliqni saqlash, mashinasozlik va elektronika kabi ustuvor tarmoqlar uchun funksional va moslashuvchan materiallarni yaratish;

3. Sunʼiy intellekt, Big Data va kvant texnologiyalari — sogʻliqni saqlash, taʼlim, ekologiya va iqtisodiyot sohalarida qoʻllash uchun intellektual algoritmlarni rivojlantirish;

4. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi, yashil texnologiyalar — quyosh, shamol va vodorod energetikasi kabi barqaror va ekologik xavfsiz energetik tizimlarni qoʻllab-quvvatlash hamda resurs tejamkor va chiqindisiz texnologiyalar uchun ilmiy asoslar yaratish;

5. Tuproq shoʻrlanishiga qarshi kurashish hamda toza suv — tuproq xaritalarini yaratish, yer resurslaridan barqaror foydalanish, hosildorlikni tiklash, agrar sektorni iqlim oʻzgarishiga moslashtirish, suv tanqisligi sharoitida oqilona suv boshqaruvi va tozalash texnologiyalarini ilmiy asoslash;

6. Yadroviy fan va radiatsion texnologiyalar — yadroviy va radiatsion usullarni tibbiyot, sanoat va qishloq xoʻjaligida xalqaro xavfsizlik standartlariga mos ravishda ishlab chiqish va qoʻllash;

7. Raqamli tabiat — ekotizimlarni monitoring qilish, bioxilmaxillikni raqamli modellash va ilmiy maʼlumotlarga asoslangan tabiatni muhofaza qilish yechimlarini joriy etish;

8. Seysmik xavfsizlik — geodinamik jarayonlarni oʻrganish, seysmik hodisalarni monitoring qilish va bashoratlash tizimlarini yaratish orqali tabiiy xatarlarni kamaytirish;

9. Milliy tarix va jamiyat — arxeologik obyektlar va madaniy landshaftlarni tadqiq qilish, jamiyat tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan fanlararo fundamental ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, Oʻzbekistonning boy tarixiy-madaniy merosining ilmiy targʻibotini kuchaytirish;

10. Maʼnaviy meros va raqamli qoʻlyozma — tarixiy qoʻlyozmalar, arxivlar va kolleksiyalarni tadqiq etish va raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda til, adabiyot va sanʼatning raqamli resurslarini yaratish orqali raqamli bilimlar bazasini kengaytirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha

T/rUstuvor vazifalarAmalga oshirish mexanizmiAmalga oshirish muddatlariMoliyalashtirish manbaiMasʼul ijrochilarI. Ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligi va natijadorligini oshirish1.Xalqaro konsalting kompaniyalar ishtirokida ilm-fan uchun istiqbolli yoʻnalishlarni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.1. Fanlar akademiyasi tizimini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha xorijiy konsultantlar bilan shartnoma tuzish.2026-yil mayFanlar akademiyasi jamgʻarmasi mablagʻlari(keyingi oʻrinda — Jamgʻarma)Fanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Fanlar akademiyasi tizimini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.2026-yil sentabr3. Fanlar akademiyasi tizimini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini umumiy yigʻilishda tasdiqlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil dekabr2.Tarmoq korxonalari bilan ishlash boʻyicha Fan va sanoat integratsiyasi kengashini tashkil etish.1. Sanoat tarmoqlarida ilmiy yechimlar talab etiladigan muammolar portfelini shakllantirish.Har yili yanvar oyida-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Fanlar akademiyasi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Kengash tomonidan tegishli tarmoq korxona va tashkilotlarini rivojlanish rejalaridan kelib chiqqan holda loyihalarni shakllantirish.Har yili fevral, oktabr oylarida3. Loyiha mavzularini Fanlar akademiyasining ilmiy-texnik dasturlariga kiritish.Yil davomida4. Loyiha mavzularini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan shakllantiriladigan amaliy va innovatsion grantlar tanlovi dasturlarida ustuvor mavzular sifatida belgilash.Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari3.Tarmoq korxonalari bilan ishlash boʻyicha Fan va sanoat integratsiyasi kengashi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. Integratsiya kengashi faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun nizom hamda kengash tarkibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish.2026-yil fevral-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Fanlar akademiyasi2. Integratsiya kengashining faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun nizom hamda kengash tarkibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.2026-yil mart4.Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish.1. Ilmiy tashkilotlarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish. 2026-yil fevral-Fanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Ilmiy tashkilotlarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarga eʼtibor qaratish:ilmiy kadrlar salohiyatini oshirish;zamonaviy tadqiqot uslublari va yoʻnalishlarini kengaytirish;yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan aloqalarni kengaytirish;istiqbolli ilmiy hajmdor mahsulotlarni yaratish va ularni tijoratlashtirish;boshqaruv tizimini takomillashtirish.2026-yil mart3. Ishlab chiqilgan tashkilot strategiyasini ilmiy jamoada, xorijiy mutaxassislar, akademiklar ishtirokida Fanlar akademiyasi boʻlinmalari byurosida muhokama qilish;2026-yil aprel4. Ilmiy tashkilotni 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini Fanlar akademiyasi Prezidiumida tasdiqlash.2026-yil may5.Ilmiy tashkilotlar reyting tizimini va quyidagi mezonlarni oʻz ichiga oluvchi ilmiy xodimlar faoliyati samaradorligini baholashning KPI koʻrsatkichini joriy etish:xalqaro retsenziyalanadigan nashrlar;patent va litsenziyalar soni;tijoratlashtirish, grantlar, tarmoq bilan shartnomalar;ilmiy rahbarlik va boshqalar.1. Ilmiy tashkilotlar va ilmiy xodimlarning faoliyatini reyting baholash boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.2026-yil mart-Fanlar akademiyasi,Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy muassasalar rahbarlari(keyingi oʻrinda — ilmiy muassasalar rahbarlari)2. Ilmiy-tadqiqot muassasalari va ilmiy xodimlar asosiy ilmiy faoliyatining oʻziga xosligini hisobga olgan holda ularning faoliyatini reyting baholash va ragʻbatlantirish tizimi loyihasini ishlab chiqish.2026-yil aprel3. Reyting baholash tizimini va KPI koʻrsatkichini Fanlar akademiyasi Prezidiumida tasdiqlash va uning asosida ilmiy tashkilotlarda har yil ilmiy xodimning lavozimiga loyiqlik masalasini koʻrib chiqib, tegishli qaror qabul qilish.2026-yil may6.Ilmiy tashkilotlarda raqobat muhitini shakllantirish uchun budjet hisobidagi ilmiy tashkilotlar rahbar xodimlari lavozimlariga har besh yilda vakansiya eʼlon qilib, tanlov orqali ishga qabul qilish mexanizmini joriy qilish.1. Budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan rahbar xodimlar lavozimlari uchun shaffof va qonuniy asosda raqobatbardosh tanlov oʻtkazish shartlarini koʻrsatuvchi talablar boʻyicha taklif tayyorlash.2026-yil aprelTalab etilmaydiFanlar akademiyasi,ilmiy muassasalar rahbarlari2. Rahbar xodimlar lavozimlariga vakansiya eʼlon qilish va ularni tanlov orqali ishga qabul qilish tartibini belgilaydigan hujjatlarni Direktorlar kengashida muhokama qilish va Fanlar akademiyasi Prezidiumida tasdiqlash.2026-yil iyun3. Har besh yilda rahbar xodimlar lavozimlari uchun boʻsh ish oʻrinlarini ommaviy axborot vositalari, institut veb-sayti va tegishli platformalar orqali eʼlon qilish.Har 5 yilda7.Hududlarda akademik fanni takomillashtirish va mavjud ilmiy salohiyatni mahalliy ehtiyojlarga yoʻnaltirish.1. Akademik fanni rivojlantirish, mavjud ilmiy salohiyatni hududlarning dolzarb masalalarini yechishga yoʻnaltirish maqsadida Fanlar akademiyasining Samarqand, Namangan va Termiz hududiy boʻlimlarini tashkil etish.2026-yil mayFanlar akademiyasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarFanlar akademiyasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar,Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari2. Mahalliy hokimiyatlar ishtirokida hududiy boʻlinmalarning asosiy vazifalarini dolzarb ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni ilmiy yondashuvlar asosida hal etishga yoʻnaltirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ish rejasini Fanlar akademiyasi Prezidiumida tasdiqlash.2026-yil avgust8.Mintaqaviy va hududiy boʻlimlarni rivojlantirish, zamonaviy talablar darajasida tadqiqotlarni oʻtkazish, mahalliy iqtidorli yoshlarni tadqiqot ishlariga keng jalb qilish maqsadida xodimlarning 3 oygacha ikki tomonlama xizmat safarlarini tashkil etish.1. Mintaqaviy va hududiy boʻlinmalarning ilmiy salohiyati, moddiy-texnika bazasi, mavjud imkoniyatlarini tahlil qilish.Har yili fevral oyidaFanlar akademiyasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,Jamgʻarma mablagʻlariFanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari2. Ilmiy tashkilot xodimlari tomonidan xizmat safari doirasida bajariladigan vazifalarni moliyalashtirish masalalarini Fanlar akademiya Prezidiumida koʻrib chiqish.Doimiy9.Mamlakatda biotexnologiyalarni 2035-yilgacha rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.1. Masʼul vazirlik va idoralar ishtirokida idoralararo ishchi guruh tuzish.2026-yil yanvarIjrochilar mablagʻlariFanlar akademiyasi,Sogʻliqni saqlash vazirligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi2. Mutaxassislar, tarmoq korxonalari va ekspertlar ishtirokida normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.2026-yil avgust3. Tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil dekabr10.Fanlar akademiyasi Botanika instituti va uning tasarrufidagi akademik N.F. Rusanov nomidagi Toshkent botanika bogʻining ilmiy-amaliy faoliyatini tubdan takomillashtirish.1. Botanika bogʻining ilmiy-amaliy faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish uchun ishchi guruh tuzish.2026-yil fevral-Fanlar akademiyasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Adliya vazirligi2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilarni nazarda tutish: global iqlim oʻzgarishi fonida oʻsimliklar xilmaxilligini oʻrganish va muhofaza qilish; Oʻzbekiston milliy gerbariysi fondini Markaziy Osiyo oʻsimlik turlari boʻyicha dunyodagi eng yirik ilmiy kolleksiya sifatida uning xalqaro nufuzini yanada oshirish; “Yashil makon” umummilliy loyihasining ilmiy asoslarini yanada mustahkamlash.2026-yil may3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil sentabr11.“Toshkent Farma park” farmatsevtika klasteri hududida molekulyar genetika, biomeditsina va hujayra biobanki boʻyicha ilmiy-amaliy faoliyatni amalga oshiruvchi milliy “BioMe” markazini tashkil etish uchun moliyaviy manbalarni aniqlash.1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.2. Markazni tashkil etish uchun xalqaro moliyaviy tashkilotlarning mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.2026-2027-yillar-Fanlar akademiyasi,Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiII. Ilmiy nashrlar va jurnallarni chop etish faolligini oshirish12.Fanlar akademiyasining ilmiy jurnallari faoliyatini takomillashtirish.1. Jurnallardagi ilmiy maqolalar sifatini, taqriz tizimi va nashr etish jarayonini tahlil qilish.2026-yil yanvar — iyunFanlar akademiyasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,Jamgʻarma mablagʻlari, homiylik xayriyalariFanlar akademiyasi,Fanlar akademiyasi tizimidagi jurnal tahririyatlari2. Fanlar akademiyasi va uning ilmiy tashkilotlari nashr qilayotgan jurnallar tahrir hayʼatiga yetakchi xorijiy olimlarni jalb qilish.Doimiy3. Jurnal nashrlarining elektron arxivlarini shakllantirish.Doimiy4. Jurnallarni umumeʼtirof qilinadigan va boshqa xalqaro maʼlumotlar bazalariga kiritish.2027-yildan boshlab13.Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining faoliyatini baholash uchun ilmiy faoliyatni baholashning metrik tizimini tashkil etish.1. Ilmiy faoliyatni baholash tizimini joriy etish maqsadida mutaxassisni jalb etgan holda ishchi guruh shakllantirish.2026-yil fevralJamgʻarma mablagʻlariFanlar akademiyasi2. Ishchi guruh tomonidan maqsad va vazifalarni belgilash, ilmiy maqolalar, patentlar, ilmiy grantlar boʻyicha maʼlumotlarni Fanlar akademiyasining “Fan-portali” axborot tizimida yigʻish va reytingini shakllantirish boʻyicha tavsiya va takliflar ishlab chiqish.2026-yil iyul3. Fanlar akademiyasining “Fan-portali” axborot tizimi elektron platformasini takomillashtirish.2026-yil avgust4. Elektron platformaga kiritilgan maʼlumotlarni tahlil qilish asosida tashkilotlar reytingini tuzish.Har yili yanvar oyida14.Xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga obunani tashkil etish.1. Xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalarini oʻrganish va Fanlar akademiyasi faoliyatiga kerakli boʻlganlarini aniqlash.2. Aniqlangan xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalariga obunani tashkil etish.2026 — 2030-yillarJamgʻarma mablagʻlariFanlar akademiyasiIII. Ilm-fan va taʼlim integratsiyalashuvini chuqurlashtirish15.Oliy taʼlim tashkilotlarida Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlar xodimlari ishtirokida masofaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda fan yoʻnalishlari boʻyicha mahorat darslari, seminarlar, treninglar, vebinarlar va onlayn maslahatlashuvlar tashkil qilish. 1. Mahorat darslari, seminar-trening, tematik vebinar, onlayn maslahatlashuvlar oʻtkazish boʻyicha bir yilga moʻljallangan oliy taʼlim tashkilotlari kesimida reja-jadvalni ishlab chiqish.2026-yil fevralIjrochilar mablagʻlari,homiylar mablagʻlariFanlar akademiyasi,ilmiy muassasalar rahbarlari,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Tinglovchi va ishtirokchilarni jalb qilish uchun reja-jadvalni internet tarmogʻiga joylashtirish.Har yili yanvar oyida3. Oʻtkazilgan mahorat darslari, seminar-treninglar, mavzuga oid vebinarlar va onlayn maslahatlashuvlar boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni yigʻilishlarda muhokama qilish.Doimiy16.Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining oliy taʼlim tashkilotlari bilan samarali integratsiyasini yoʻlga qoʻyish.1. Fanlar akademiyasi yetakchi olimlarining oliy taʼlim tashkilotlarida maʼruzalar oʻqish, magistrlik tadqiqotlariga rahbarlik qilish ishlarini tashkil etish. 2. Iqtidorli talabalarni ilmiy tashkilotlarda olib borilayotgan tadqiqot ishlariga jalb etish. 3. Magistrlik dissertatsiya tadqiqotlarini ilmiy tashkilotlarda olib borilayotgan tadqiqot ishlariga mos ravishda oʻtkazish.Doimiy-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Fanlar akademiyasi,ilmiy muassasalar rahbarlari17.Oliy taʼlim tashkilotlari bilan ilm-fanning dolzarb masalalari boʻyicha ilmiy seminarlar tashkil qilish, oʻtkazish hamda respublikaning ixtisoslashtirilgan ilmiy-oʻquv markazlariga video (onlayn) translyatsiyani taʼminlash.1. Oliy taʼlim tashkilotlari bilan ilm-fanning dolzarb masalalari boʻyicha har chorakda kamida uch marta ilmiy seminarlar oʻtkazish dasturi loyihasini ishlab chiqish.2. Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlar tomonidan seminarlarni tasdiqlangan dastur asosida tashkil etish.2026-yildan boshlab-Fanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligiIV. Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish18.Xorijdagi yetakchi olimlarni Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlariga hamkorlik uchun jalb qilishni samarali tashkil etish.1. Ilmiy-tadqiqot faoliyatining oʻziga xosligidan kelib chiqqan holda ilmiy tashkilotlarning yetakchi xorijiy turdosh ilmiy muassasalar bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash.2. Xalqaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq har bir ilmiy tashkilotlarning xorijiy turdosh ilmiy muassasalar bilan sheriklik munosabatlarini oʻrnatish va kengaytirish.3. Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlariga maslahatchi va yetakchi olimlar sifatida yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish.Muntazam ravishdaJamgʻarma mablagʻlariFanlar akademiyasi,Tashqi ishlar vazirligi,Adliya vazirligi19.Xorijiy ilmiy markazlarda mehnat qilayotgan vatandosh olimlarni Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining tadqiqotlarida ishtirok etishi uchun jalb qilish. 1. Fanlar akademiyasi jamgʻarmasi nizomiga reintegratsiya grantlariga mablagʻ ajratish mexanizmini joriy etish boʻyicha alohida band kiritish.2026-yil aprelJamgʻarma mablagʻlariFanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi2. Vatandosh olimlarni Fanlar akademiyasi tizimida faoliyat yuritishi uchun ikki yilga moʻljallangan grantlar tanlovini oʻtkazish.2026-yil oktabr3. Reintegratsiya grantlari tanlovi gʻoliblari bilan shartnomalar tuzish.2026-yil dekabr20.Nufuzli xalqaro ilmiy markazlar bilan hamkorlikda PhD va DSc (double degree) dasturlarini ishlab chiqish.1. Ilmiy tashkilotlar tomonidan oʻzining fan yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy nufuzli oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda PhD va DSc (double degree) dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha muzokaralar olib borish.2. Nufuzli xalqaro ilmiy markazlar bilan hamkorlikda PhD va DSc (double degree) dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish.2026-2027-yillarFanlar akademiyasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,Jamgʻarma mablagʻlariFanlar akademiyasi,ilmiy muassasalar rahbarlari21.Xorijdagi yetakchi ilmiy markaz va nufuzli universitetlar bilan qoʻshma tadqiqotlar tashkil etish. 1. Xorijiy olimlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish va qoʻshma tadqiqotlar dasturini kelishish.2. Xorijdagi yetakchi ilmiy markaz va nufuzli universitetlar bilan qoʻshma tadqiqotlar olib borish uchun grant tanlovini oʻtkazish.3. Xalqaro qoʻshma ilmiy loyihalar tanlovlarida ishtirok etish.2026-yildan boshlab doimiyXalqaro grantlar,Jamgʻarma mablagʻlariFanlar akademiyasi,ilmiy muassasalar rahbarlari22.Xalqaro ilm-fan kengashining Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi faoliyatini tashkil qilish.1. Mintaqaviy ofis rahbari boʻyicha taklifni tayyorlash va Xalqaro ilm-fan kengashiga taqdim etish.2026-yil yanvar-Fanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2. Mintaqaviy ofis xodimlarining ish haqi va xizmat safarlari bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish boʻyicha shartnoma tuzish.Mintaqaviy ofis rahbari tayinlangach bir oy muddatdaIlm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari,xorijiy grant mablagʻlari,Jamgʻarma mablagʻlari 3. Mintaqaviy ofisni Fanlar akademiyasi binosiga joylashtirish va zarur ofis, kompyuter hamda texnika jihozlari bilan taʼminlash.Mintaqaviy ofis rahbari tayinlangach ikki oy muddatda 23.Jahon Fanlar akademiyasi (TWAS) bilan hamkorlikni kuchaytirish.1. 2026-yil Jahon Fanlar akademiyasi mintaqaviy aʼzolari ishtirokida konferensiya oʻtkazish.2026-yil davomidaJamgʻarma mablagʻlariFanlar akademiyasi,ilmiy muassasalar rahbarlari2. Jahon Fanlar akademiyasi bosh assambleyasining 2029-yildagi yigʻilishini Oʻzbekistonda oʻtkazish.2029-yil davomida3. Qoʻshma TWAS-Oʻzbekiston dasturlarini yoʻlga qoʻyish (tanlovlar, stipendiya, mukofotlar).Reja asosidaV. Ilmiy tashkilotlarni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash24.Davlat xaridlari platformasida ilmiy tadqiqotlarga buyurtma berish boʻlimini tashkil qilish. Bunda “mahsulot toifasi”ga “ilmiy tadqiqotlar”ni yaratish va unga ilmiy tashkilotlarning muayyan xizmat kalkulyatsiyasini kiritish orqali xizmat koʻrsatish.1. Platformada ilmiy tadqiqotlarga buyurtma berish jarayonini soddalashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish uchun mutaxassislardan iborat idoralararo ishchi guruh shakllantirish.2026-yil fevral-Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi,Fanlar akademiyasi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Amaliy choralar koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotlarga buyurtma berish boʻlimini tashkil qilish.2026-yil sentabr25.Fanlar akademiyasida ilmiy mahsulotlarni patentlash, tijoratlashtirish va texnologiyalar transferi boʻyicha vazifalarni amalga oshiruvchi autsorsing xizmatlarini yoʻlga qoʻyish.1. Texnologiyalar transferi va tijoratlashtirish xizmatlarini xarid qilish uchun texnik topshiriqni ishlab chiqish.2026-yil yanvarJahon bankining “Munis” loyihasidagi mablagʻlarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Fanlar akademiyasi2. Texnologiyalarni tijoratlashtirish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish uchun tender eʼlon qilish (loyihalarni tahlil qilish, investitsiya jalb etish, litsenziyalarni sotish, spin-off korxonalarni ishga tushirish va boshqalar).2026-yil fevral3. Tender savdolarini oʻtkazish.2026-yil mart26.Beshta yoʻnalish: bioinjiniring, nanoinjiniring, materiallar injiniringi, energetik injiniring va kimyo injiniringi boʻyicha ilmiy injiniring markazini tashkil etish.1. Ilmiy injiniring markazini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish.2026-yil mayTalab etilmaydiFanlar akademiyasi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Xalqaro moliya institutlaridan mablagʻ jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.2026-yil avgust3. Takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil sentabr27.Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining laboratoriyalarini modernizatsiya qilish boʻyicha 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan dastur qabul qilish.1. Idoralararo ishchi guruh tashkil etish.2026-yil iyul-Fanlar akademiyasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Fanlar akademiyasining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish boʻyicha aniq koʻrsatkichlar loyihasini ishlab chiqish.2026-yil sentabr3. Moddiy-texnika bazani takomillashtirish boʻyicha loyihani vazirliklar, idoralar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil noyabr28.Ilmiy ekspeditsiyalar va dala tadqiqotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va moliyalashtirish tizimlarini takomillashtirish.1. Ilmiy ekspeditsiyalar va dala tadqiqotlarini tashkil etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlashga muhtoj yoʻnalishlar va ekspeditsiyalar roʻyxatini shakllantirish.2. Ilmiy ekspeditsiyalarga boʻlgan talab va ehtiyojlarni aniqlash.3. Ilmiy ekspeditsiyalar, dala tadqiqotlari, tajribalari va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.2026-yildan doimiyJamgʻarma mablagʻlariFanlar akademiyasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar29.Botanika va zoologiya institutlarining yangi binolarini qurish va jihozlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.1. Botanika va Zoologiya institutlarining moddiy-texnika bazalarini va biologik kolleksiyalarining sharoitlarini oʻrganish.2026-yil fevral-Fanlar akademiyasi2. Botanika va Zoologiya institutlari uchun zamonaviy yangi binolar qurish maqsadida Fanlar akademiyasiga tegishli hududlardagi boʻsh yer maydonlarini aniqlash.2026-yil mart3. Botanika va Zoologiya institutlarining yangi binolarini qurish va jihozlash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil mayVI. Yoshlarni ilm-fanga jalb qilish30.Fanlar akademiyasi huzuridagi Yosh olimlar kengashi faoliyatini tubdan takomillashtirish.1. Yosh olimlar kengashining mavjud vazifalari, tuzilmasi va faoliyatini tahlil qilish, Kengash faoliyatining natijalari va samaradorligini baholash yakuni boʻyicha Kengash tuzilmasi va ish jarayonini qayta shakllantirish.2026-yil yanvar-Fanlar akademiyasi2. Akademiklar va yetakchi olimlar bilan yosh olimlar muloqotini kuchaytirish, ular uchun forumlar, ijtimoiy tarmoqlarda maxsus guruhlar tashkil qilish.Reja asosida3. Kengash faoliyati boʻyicha yosh olimlar orasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish.Reja asosida4. Kengash hisobotini Fanlar akademiyasi Prezidiumida eshitib borish.Har yili yanvar oyida31.Yosh olimlarni Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining ilmiy faoliyatiga jalb etishni kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish. 1. Yosh olimlarni ilmiy faoliyatga jalb etishni kengaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.2026-yil mayJamgʻarma mablagʻlariFanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Yosh olimlarning ilmiy malakasini oshirish maqsadida akademik va amaliy treninglar, seminarlar hamda vorkshoplar tashkil etish.3. Davlat granti loyihalari shtat jadvalida yosh olimlar ulushini kamida 30 foizga yetkazish.4. Yosh olimlarning ilmiy ishlanmalari uchun tanlovlar va koʻrgazmalar tashkil etish, baholash uchun milliy va xalqaro tanlovlar oʻtkazish.5. Yosh olimlarning ishlanmalari va tadqiqotlarini keng ommaga taqdim etish uchun konferensiyalar va forumlar tashkil qilish.6. Ilmiy tadqiqotlarda alohida yutuqlarga erishgan yoshlarga maxsus mukofotlar berish.Reja asosida32.Yoshlar va yosh olimlar ishtirokidagi ekoxakaton (Botanika bogʻida) tashkil qilish.1. Botanika bogʻi hududida ekologik muammolarga bagʻishlangan xakaton tashkil etish, unga talabalar, yosh olimlar, startap jamoalari va ekspertlarni jalb etish.2. Muammolarni yechish uchun amaliy loyihalar, prototiplar va raqamli yechimlar ishlab chiqish jarayonini mentorlar va ekspertlar ishtirokida yoʻlga qoʻyish.3. Gʻolib loyihalarni tanlab, ularni mukofotlash va ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish.2026-yildan boshlab reja asosidaJamgʻarma mablagʻlariFanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi33.Yosh olimlarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash.1. Yosh olimlarni turarjoy bilan taʼminlash maqsadida yangi tadqiqotchilar uchun turarjoy qurish taklifini ishlab chiqish va 2027-yilgi investitsiya dasturiga kiritish choralarini koʻrish.2026-yil aprelFanlar akademiyasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Yosh olimlar va ularning oilalari uchun ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini ishlab chiqish va yoʻlga qoʻyish.2026-yil iyunVII. Ilmiy natijalarni keng muhokama qilish va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini ommalashtirishni tashkil etish34.Fanlar akademiyasi olimlarining ilmiy yutuqlarini ommaviy axborot vositalari orqali muntazam yoritib borish.1. Axborot tarqatish boʻyicha masʼul guruhni tashkil etish.2. Xalqaro ilmiy axborot tarqatish tizimlarini oʻrganish va ular bilan hamkorlik qilishni yoʻlga qoʻyish.3. Gazeta va jurnallar bilan tezkor axborot almashish tizimini yoʻlga qoʻyish.4. OAV vakillari uchun matbuot anjumanlari, ochiq eshiklar kunini tashkil qilish.DoimiyJamgʻarma mablagʻlariFanlar akademiyasi,Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlar35.Fanlar akademiyasining ilm-fan targʻibot markazi zamonaviy uslubda faoliyat yuritishi uchun uning faoliyatini tubdan takomillashtirish.1. Ilm-fan targʻibot markazi negizida mediamarkaz tashkil etish va asbob-uskunalar bilan taʼminlash choralarini koʻrish.2026-yil martJamgʻarma mablagʻlariFanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Mediamarkaz nizomini Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan tasdiqlash, bunda quyidagilarni asosiy vazifalari etib belgilash:ilmiy-ommabop raqamli mediakontent ishlab chiqarish, zamonaviy formatda ijtimoiy tarmoqlarini boshqarish;yoshlar, OAV, blogerlar va OTMlar bilan mediahamkorlikni rivojlantirish;piar tadbirlari va kommunikatsion kampaniyalarni tashkil etish;Fanlar akademiyasining rasmiy veb-saytini oʻzbek, rus va ingliz tillarida oʻz vaqtida yangilab borish.2026-yil aprel3. Mediamarkazni Fanlar akademiyasi axborot xizmatiga biriktirish.2026-yil may36.Koʻp jildli “Oʻzbekiston milliy qomusi”ni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida nashrga tayyorlash va chop etish.1. Koʻp jildli “Oʻzbekiston milliy qomusi”ni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida nashrga tayyorlash va chop etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.Bunda:2027-yil mayFanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Oʻzbekiston nashriyoti” DUK,manfaatdor vazirlik va idoralar,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklaritegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish boʻyicha manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillari hamda soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish;2027-yil sentabr“Oʻzbekiston milliy qomusi”ni nashrga tayyorlash va chop etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish;2027-yil oktabrqaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish;qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2027-yil dekabr37.Yoshlarni ilm-fanga jalb qilish, ularning Fanlar akademiyasi faoliyatiga qiziqishini oshirishga oid tizim yaratish.1. Respublika boʻylab interaktiv uchrashuvlar, maʼruzalar, savol-javob sessiyalari va ilmiy namoyishlardan iborat “ScienceXTalks” siklni tashkil etish.2. Yoshlar ishlari agentligi, oliygohlar va yoshlar markazlari bilan hamkorlikda tadbirlarning logistikasi, ishtirokchilarni jalb etish va axborotlashtirish ishlarini yoʻlga qoʻyish.3. Tadbirlar asosida mediakontent tayyorlash (qisqa videolar, intervyular, podkastlar) va uni ijtimoiy tarmoqlar orqali ommalashtirish. 2026-yildan boshlab doimiyFanlar akademiyasi jamgʻarmasi mablagʻlariYoshlar ishlari agentligi,Fanlar akademiyasi38.Ilmiy faoliyatni zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida ommalashtirish.1. Ilmiy-ommabop videolar, podkastlar, blog va ijtimoiy tarmoq loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ochiq mini-grantlar tanlovini (talabalar, blogerlar, OTM jamoalari, mediamahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun) eʼlon qilish.2. Mutaxassislar va mediaekspertlardan iborat tanlov komissiyasini shakllantirish, loyihalarni saralash va gʻoliblarni aniqlash mexanizmlarini joriy qilish.3. Gʻolib loyihalarga moliyaviy yordam ajratish, yaratilgan mediakontentni Fanlar akademiyasi platformalari va ijtimoiy tarmoqlarda ommalashtirish, natijalar boʻyicha hisobot tayyorlash.2026-yildan boshlab doimiyJamgʻarma mablagʻlariFanlar akademiyasi,Yoshlar ishlari agentligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi39.Ilm-fan natijalarini aholiga, ayniqsa, yoshlarga kengroq tanishtirish maqsadida ilm-fan festivalini oʻtkazish.1. Tadbirning ishchi guruhi, umumiy rejasi, budjet va tayyorgarlik ishlarini taqsimlash.2. Ilm-fan festivalini oʻtkazish.2026 — 2030-yillar reja asosidaJamgʻarma mablagʻlariFanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi40.“Olima ayollar” sahifasini tashkil etish va ularning maʼlumotlar bazasini yaratish.1. Olima ayollar haqida maʼlumotlar bazasini shakllantirish va “Olima ayollar” sahifasini tashkil etish.2026-yil yanvarJamgʻarma mablagʻlari,homiylik xayriyalariFanlar akademiyasi2. Bazani muntazam ravishda yangilash va olima ayollar haqida yangi maʼlumot qoʻshish mexanizmini tashkil qilish.Doimiy

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2030-yilgacha

T/rKoʻrsatkich (indikator) nomi2026-y.2027-y.2028-y.2029-y.2030-y.I. Ilm-fan va uning tatbiqlari sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish1.Iqtisodiyotning real sektori bilan birga tajriba-sinov markazlarini tashkil etish (soni)2468102.Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirish natijasida mablagʻlar jalb qilish (mlrd soʻm)701001401802103.Amaliy tadqiqotlar natijasida yangi ilmiy ishlanmalarni yaratish (soni)10152025304.Ilmiy xodimlarning oʻrtacha yoshi47464544435.Ilmiy xodimlarning oʻrtacha maoshini oshirish (2025-yilga nisbatan, marta)1,21,41,61,82II. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash6.Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti orqali yuqori malakali kadrlarni tayyorlash 10461080110011201150Ilmiy xodimlar tarkibida yoshlar ulushini oshirish (2025-yilga nisbatan, foiz)40455055607.Yosh tadqiqotchilar soni (40 yoshgacha, 2025-yilga nisbatan, marta)1,21,822,53III. Ilmiy jurnallar nashr etish va materiallar eʼlon qilish faolligini oshirish8.Monografiyalar va darsliklar soni (xorijiy va respublikada)1401601802002209.“Web of Science” va “Scopus” maʼlumotlar bazasiga kiradigan maqolalar (soni)84092010001080120010.Umumeʼtirof qilingan maʼlumotlar bazasiga kiradigan maqolalar (soni)600100012001800240011.Respublika jurnallarida eʼlon qilingan ilmiy maqolalar (soni)500550600650700IV. Ilmiy natijalar keng muhokama qilinishini tashkil etish va zamonaviy fan yutuqlarini ommalashtirish12.Respublika ilmiy konferensiyalarini tashkil etish (soni)182022253013.Xalqaro ilmiy konferensiyalarni tashkil etish (soni)121618202514.Doimiy ishlaydigan ilmiy seminarlarni tashkil etish (soni)303132333615.Doimiy ishlaydigan oʻquv seminarlarini tashkil etish (yosh tadqiqotchilar) (soni)3031323336V. Fan va taʼlim integratsiyasini chuqurlashtirish16.Ilmiy tashkilotlar xodimlarining oliy taʼlim muassasalarining taʼlim jarayonidagi ishtiroki 20025030045050017.Ilmiy tashkilotlar xodimlari va akademiklarning oʻrta maxsus taʼlim muassasalari taʼlim jarayonidagi ishtiroki25037040042050018.Ilmiy tashkilotlarda tayyorlangan magistrlik dissertatsiyalari (soni)25030035040045019.Ilmiy tashkilotlarda tayyorlangan bitiruv malakaviy ishlar (soni)250300350400450VI. Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish20.Xalqaro jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga qoʻshma tadqiqotlarni amalga oshirish (2025-yilga nisbatan, marta)1,21,41,61,8221.Oʻzbekiston va MDH davlatlari ilmiy tashkilotlari bilan qoʻshma tadqiqotlarni amalga oshirish (2025-yilga nisbatan, marta)1,21,41,61,8222.Ilmiy tashkilotlar xodimlarining jahonning yetakchi ilmiy markazlarida malakasini oshirish (nafar)15018022025030023.Ilmiy xodimlarning xorijiy olimlar bilan hammualliflikdagi maqolalari (soni)200250300350400VII. Moddiy-texnika bazani rivojlantirish24.Zamonaviy analitik asbob-uskuna bilan jihozlanganlik darajasi (foiz)556065708025.Asbob-uskunalar uchun sarf materiallari bilan jihozlanganlik darajasi (foiz)4050607590

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich oshirish

Yillar kesimida ilmiy xodimlar shtat birliklari soni2025-yilda 2026-yilda 2027-yilda 2028-yilda 2029-yilda 2030-yilda JamiOʻsishiJamiOʻsishiJamiOʻsishiJamiOʻsishiJamiOʻsishiJami1 4081401 5481401 6881501 8381501 9881502 138

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlari hududiy boʻlimlarining

T/rLavozimlar nomiShtat birliklari soni1.Boʻlim rahbariJamoatchilik asosida2.Yetakchi ilmiy xodim13.Katta ilmiy xodim14.Kichik ilmiy xodim1JAMI:3

Izoh:

hududiy boʻlimlar quyidagi oliy taʼlim muassasalari bino va inshootlarida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi:

Samarqand viloyati boʻlimi — Samarqand davlat universiteti;

Namangan viloyati boʻlimi — Namangan davlat universiteti;

Surxondaryo viloyati boʻlimi — Termiz davlat universiteti;

hududiy boʻlimlarning shtat birliklari Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich oshirish doirasida ajratiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga6-ILOVA

Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati va Qoraqalpogʻiston boʻlimi xodimlarini ragʻbatlantirish

1. Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati va Qoraqalpogʻiston boʻlimi xodimlari uchun xodimlarning lavozim maoshiga 200 foizgacha miqdorda oylik ragʻbatlantirish ustama toʻlovlari;

2. Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati va Qoraqalpogʻiston boʻlimi xodimlariga (xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlardan tashqari) koʻp yillik ishlaganlik uchun quyidagi hajmda oylik ustama toʻlovlari:

(a) 1 yildan 3 yilgacha — 0,3;

(b) 3 yildan 5 yilgacha — 0,6;

(v) 5 yildan 10 yilgacha — 0,8;

(g) 10 yildan 15 yilgacha — 1,0;

(d) 15 yildan 20 yilgacha — 1,2;

(j) 20 yildan yuqori — 1,5.

Bunda koʻp yillik ishlaganlik uchun oylik ustama toʻlovlari koeffitsiyentini hisoblashda mazkur xodimlarning Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlaridagi rasmiy mehnat faoliyati davri hisobga olinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga7-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamgʻarmasi mablagʻlari yoʻnaltiriladigan xarajatlar

1. Xorijdagi iqtidorli vatandosh olimlarni Oʻzbekistonga qaytib kelishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan reintegratsiya grantlarini tashkil etish.

2. Tayanch doktorantlar uchun nomli stipendiyalar hamda yosh tadqiqotchilar uchun grantlar va mukofotlar taʼsis qilish.

3. Ilmiy tadqiqot jarayonlarini raqamlashtirishni qoʻllab-quvvatlash, maʼlumotlarni saqlash va tahlil qilish uchun innovatsion axborot texnologiyalarini joriy etish, raqamli arxivlar va maʼlumotlar bazalarini rivojlantirish.

4. Ilmiy asbob-uskunalar, reagent, reaktiv, xomashyo, sarflov materiallar va butlovchi qismlarni xarid qilish.

5. Dolzarb ilmiy tadqiqot natijalariga oid monografiya va kitoblar chop etish.

6. Olimlarning malakasini oshirish uchun kurslar, seminarlar va treninglar tashkil etish.

7. Akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish, xalqaro ilmiy markazlar bilan qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borish va chet el mutaxassislarini jalb qilish.

8. Fanlar akademiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, ularni xorijga xizmat safarlariga yuborish xarajatlarini qoplash.

9. Ochiq maʼruzalar hamda ilmiy anjumanlar oʻtkazish, ilmiy-ommabop adabiyotlar nashr etish, ilmni targʻib qilishda raqamli platformalarni rivojlantirish, ilm-fanni ommalashtirish.

10. “Scopus”, “Web of science” va boshqa maʼlumotlar bazalariga obuna boʻlish xarajatlarini qoplash hamda xalqaro tashkilotlarda vakillik xarajatlarini moliyalashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga8-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining

Umumiy yigʻilishDirektorlar kengashiBoshqaruv apparatiPrezidiumQoraqalpogʻiston boʻlimiYadro fizikasi institutiA.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo institutiAntropologiya institutiFundamental kutubxonaQoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutiRespublika radioaktiv chiqindilarni koʻmish punktiUmumiy va noorganik kimyo institutiAbu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti“Inkom kapital qurilish” injiniring kompaniyasiS.Yu. Yunusov nomidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutiOʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutiTadqiqotchilar turarjoyiQoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutiV.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutiTarix instituti“Fanum” oʻquv markaziMirzo Ulugʻbek nomidagi Astronomiya institutiPolimerlar kimyosi va fizikasi institutiXorazm Maʼmun akademiyasiSanʼatshunoslik instituti“Fan” nashriyoti“RT-70” radioobservatoriyaGenetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutiNavoiy boʻlimiDavlat va huquq instituti“Labzak” mehmonxonasiMaterialshunoslik institutiSamarqand boʻlimiBotanika institutiOʻzbekiston tarixi davlat muzeyiIlm-fan targʻiboti markazi va “Fan va turmush” jurnali tahririyatiU.A. Aripov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutiNamangan boʻlimiF.N. Rusanov nomidagi Toshkent botanika bogʻiTemuriylar tarixi davlat muzeyiTermiz boʻlimiM.T. Oʻrozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutiAmir Temur nomidagi Ellikqalʼa botanika bogʻiAlisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyiXalqaro ilm-fan kengashining mintaqaviy ofisiZoologiya institutiOʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markaziG.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutiRespublika termitlarga qarshi kurashish ilmiy- ishlab chiqarish markaziS. Azimov nomidagi Fizika-texnika institutiKonstruktorlik byurosi va tajribaviy ishlab chiqarish ilmiy-texnik markaziGenomika va bioinformatika markaziMikrobiologiya institutiEnergetika muammolari institutiImmunologiya va inson genomikasi institutiIlgʻor texnologiyalar markaziXalqaro molekulyar allergologiya markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga9-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3855-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisidan “fundamental, amaliy va” hamda “fundamental tadqiqotlar natijalari, shuningdek,” soʻzlari chiqarib tashlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-noyabrdagi PQ-4526-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich kamaytirib borish jadvalining “Ilmiy xodimlar shtat birliklari soni” ustunidagi “2025-yildan boshlab” ustuni chiqarib tashlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-400-son qarori bilan tasdiqlangan Xodimlarining ish haqi miqdorlari oshirilayotgan davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari roʻyxatining “10. Fanlar akademiyasi tizimidagi tashkilotlar” boʻlimi “65-1. Fanlar akademiyasi Asosiy kutubxonasi” pozitsiyasi bilan toʻldirilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi “Yangi avlod muhandislarini tayyorlash va muhandislik taʼlimini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-278-son qarorida:

(a) 1-ilovada:

(i) 9-pozitsiyaning “Yangidan tashkil etiladigan muhandislik maktablari nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Mirzaobod tumanidagi muhandislik maktabi”;

(ii) 10-pozitsiyaning “Yangidan tashkil etiladigan muhandislik maktablari nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Jarqoʻrgʻon tumanidagi muhandislik maktabi”;

(iii) 11-pozitsiyaning “Yangidan tashkil etiladigan muhandislik maktablari nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Angren shahridagi muhandislik maktabi”;

(iv) 12-pozitsiyaning “Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari nomi*” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Fargʻona yuridik texnikumi”;

(b) 2-ilovada:

(i) 9-pozitsiyaning “Muhandislik maktabi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Mirzaobod tumanidagi muhandislik maktabi”;

(ii) 10-pozitsiyaning “Muhandislik maktabi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Jarqoʻrgʻon tumanidagi muhandislik maktabi”;

(iii) 11-pozitsiyaning “Muhandislik maktabi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Angren shahridagi muhandislik maktabi”;

(v) 3-ilovada:

(i) 9-pozitsiyaning “Qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshiriladigan muassasalar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Mirzaobod tumanidagi muhandislik maktabi”;

(ii) 10-pozitsiyaning “Qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshiriladigan muassasalar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Jarqoʻrgʻon tumanidagi muhandislik maktabi”;

(iii) 11-pozitsiyaning “Qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshiriladigan muassasalar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Angren shahridagi muhandislik maktabi”.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son qarori bilan tasdiqlangan 2026-2027-yillarda ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va obodonlashtirish boʻyicha dasturning 13-14-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“13.Xorazm ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi1 100150150211-14.Toshkent shahar ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi1 984300-21-1”.

6. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-iyuldagi 190-son qarori bilan tasdiqlangan Dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarga dala ustamasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 4-3-band bilan toʻldirilsin:

“4-3. Zoologik va botanik tadqiqotlar oʻtkazuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy tashkilotlarda dala ustamasi zoologik va botanik ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaradigan ilmiy xodimlarga, egallab turgan lavozimi va oylik maoshidan qatʼi nazar, dala ustamasi hisoblab yoziladigan sanada Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentlarda), biroq har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravaridan ortiq boʻlmagan quyidagi miqdorlarda haq toʻlanadi:

a) kuniga 0,3 — dala sharoitlarida bevosita dala ishlari amalga oshiriladigan obyektlarda ishlaganda;

b) kuniga 0,11 — bazaviy dala shaharchalarida ishlaganda”.

7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 366-son qaroriga 12 — 15, 17 — 29-ilovalarning “Ilmiy xodimlarning shtat birligidagi soni” ustunidagi “2026-yildan boshlab” ustuni chiqarib tashlansin.

8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini 2025-yil 1-yanvargacha bosqichma-bosqich maqbullashtirish jadvalining “Ilmiy xodimlarning shtat birligidagi soni” ustunidagi “2026-yildan boshlab” ustuni chiqarib tashlansin.

9. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-F-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida alohida muhim yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizomga ilovaning rus tilidagi matnida 5.7.-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5.7. Prezident Akademii nauk Respubliki Uzbekistan, vitse-prezidenti i perviy vitse-prezident — glavniy ucheniy sekretar”.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qaroriga10-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2789-son qarorining 8-bandi, 1 va 2-ilovalari.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5032-son qarorining 19-bandi hamda 12-ilovasi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.