PF-496-son Farmon · 13.11.1992

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan kimyoviy qoʻshinlar harbiy qismlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-496
  • Qabul qilingan sana:13.11.1992
  • Kuchga kirgan sana:13.11.1992
  • Holati:Amalda

Oʻzbekiston Respublikasining “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda 1992-yil 1-noyabrdan boshlab koʻrsatilgan qoʻshinlarni sobiq harbiy tuzilmalar tomonidan moliyalashtirilishi toʻxtatilganligini inobatga olib:

1. Respublika hududida joylashgan kimyoviy qoʻshinlar harbiy qismlari ilovaga* muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olinsin.

* Ilova berilmaydi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olingan kimyoviy qoʻshinlar harbiy qismlariga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olingan koʻrsatib oʻtilgan harbiy tuzilmalar soni ellik foizga qisqartirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (oʻrtoq Bakibayev) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qoʻshilma, harbiy qism va muassasalarini moliyaviy taʼminlashning amaldagi meʼyorlaridan kelib chiqib, yurisdiksiyaga olingan qoʻshinlarni moliyalashtirishni taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Orol dengizi va Orolboʻyi ekologiyasini tiklash muammolarini oʻrganish hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligini rivojlantirish uchun kimyoviy qoʻshinlar va ularning tarkibidagi Davlat sinov poligonidan kelgusida foydalanish boʻyicha takliflar kiritsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga oʻtayotgan harbiy tuzilmalarning qoʻmondonlik tarkibi shaxsiy tarkibning oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni soʻzsiz bajarishini taʼminlasin, bunda Oʻzbekiston Respublikasi barcha harbiy xizmatchilari, harbiy tashkilotlar ishchi va xizmatchilari, ularning oila aʼzolari, shuningdek, nafaqaga chiqqan harbiy xizmatchilarning ijtimoiy va huquqiy himoya qilishni kafolatlashi yodda tutilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1992-yil 13-noyabr,

PF-496-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.