PF-5-son Farmon · 19.01.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5
  • Qabul qilingan sana:19.01.2026
  • Kuchga kirgan sana:19.01.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/26/5/0051

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-85-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, savdo tartibotlarini yanada soddalashtirish va mamlakat tranzit salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida qaror qilaman:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 19-yanvar,

PF-5-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PF-5-son Farmoniga1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-94-son Farmoni:

(a) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“8. Milliy transport kommunikatsiyalari orqali xalqaro va mintaqaviy tranzitni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda mamlakatning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida 7-ilovaga muvofiq tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash tashkil etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

milliy transport kommunikatsiyalari orqali tranzit tashuvlarini koʻpaytirish hamda yoʻlboʻyi infratuzilmasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

respublika hududi boʻylab oʻtuvchi tranzit yoʻlaklarining raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

tranzit bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro normalar va talablarga muvofiqlashtirish, tranzit erkinligi tamoyili asosida tranzit tartibotlarini soddalashtirish boʻyicha vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga koʻrsatma berish;

Jahon bojxona tashkiloti tavsiyalariga muvofiq tranzit tartib-taomillarini takomillashtirish, tranzit yoʻriqnomalarini tasdiqlash va raqamli texnologiyalaridan foydalangan holda davlat organlarining tranzit yoʻnalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

Jahon savdo tashkilotiga aʼzo davlatlarning tranzit tashuvlari bilan bogʻliq boʻlgan murojaatlari, takliflari va soʻrovnomalarini koʻrib chiqish va ushbu tashkilotga aʼzo davlatlarni Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan tranzit tartibotlari toʻgʻrisida xabardor etib borish”;

(b) 7-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoniga7-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash

I.R. Maxkamov—transport vaziri, Idoralararo kengash raisiA.Yu. Mavlonov—Bojxona qoʻmitasi raisi, Idoralararo kengash raisining oʻrinbosariA.Ya. Xaydarov—iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosariX.F. Teshabayev—investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosariM.A. Madraximov—tashqi ishlar vaziri oʻrinbosariA.T. Rahmatullayev—ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosariS.E. Xusanov—Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari — Chegara qoʻshinlari qoʻmondoniLavozimi boʻyicha—Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisiI.K. Ergashev—Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktoriB.Q. Yusupaliyev—Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisiZ.Gʻ. Narzullayev—“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisiJ.O. Umarxodjayev—“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisiJ.Yu. Tursunov—Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisiM.A. Omarov—transport vazirining birinchi oʻrinbosari, Idoralararo kengash kotibi

Izoh.

Idoralararo kengash kotibiyati funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga yuklanadi.

Idoralararo kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-oktabrdagi “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5262-son qarorida:

(a) 1-banddagi va ilovaning nomidagi “2024-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2027-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(b) quyidagi mazmundagi 1-1-band bilan toʻldirilsin:

“1-1. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmonidan kelib chiqib, 2024-yil 21-fevraldan boshlab amal qiladi”;

(v) ilovaning 15-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“15.3402(3402209000, 340211-340219dan tashqari)Sirti faol organik moddalar (sovundan tashqari); sirti faol vositalar, yuvish vositalari (shu jumladan, yordamchi yuvish vositalari) va tarkibida sovun mavjud yoki mavjud boʻlmagan tozalash vositalari (tovar pozitsiyasi 3401 boʻlgan vositalardan tashqari)”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-115-son qarori 13-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “8701 94 100” raqami “8701 92 900 0” raqami bilan almashtirilsin.

Izoh. Ushbu ilovaning 3-bandi 2026-yil 1-fevraldan boshlab kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PF-5-son Farmoniga2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5564-son Farmoniga 2-ilovaning 7-bandi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi “Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6066-son Farmoniga 1-ilovaning 7-bandi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali kelayotgan tovarlar nazoratini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3873-son qaroriga 3-ilova.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.