PQ-257-son Qaror · 08.07.2026

“Raqamli hukumat” tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-257
  • Qabul qilingan sana:08.07.2026
  • Kuchga kirgan sana:09.07.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/26/257/0717

“Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq “Raqamli hukumat” tizimini rivojlantirishda yagona platformaviy yondashuvni hamda davlat axborot tizimlarining idoralararo integratsiyasi va texnologik muvofiqligini taʼminlash, ularning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik darajasini oshirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining raqamli yechimlarini yaratish va rivojlantirish xarajatlarini maqbullashtirish hamda samaradorligini oshirish maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Quyidagilar Yagona integratsiyalashgan raqamli platforma (keyingi oʻrinlarda — Platforma)ni joriy etishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:

(a) 2028-yil yakuniga qadar davlat organlarining kamida 5 mingta maʼmuriy funksiyasini raqamlashtirish;

(b) davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish va ekspluatatsiya qilish xarajatlarini kamida 30 foizga qisqartirish;

(v) 2030-yil yakuniga qadar Platforma maʼlumotlari va namunaviy servislar asosida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida sunʼiy intellekt asosida koʻrsatiladigan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;

(g) qogʻoz shaklidagi hujjat aylanishidan voz kechish, vazirlik va idoralarni qogʻozsiz ish yuritishga hamda idoralararo elektron hamkorlikka oʻtkazish;

(d) kamida 100 ta tahliliy modullarning muhim ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarning joriy tahlili asosida maʼlumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish amaliyotini joriy etish.

II. “Raqamli hukumat” tizimini rivojlantirishda platformaviy yondashuvni taʼminlash

2. Belgilansinki, Platforma quyidagilarni taʼminlashga xizmat qiluvchi “Raqamli hukumat” tizimining texnologik elementi hisoblanadi:

(a) davlat axborot tizimlarini yaratish, rivojlantirish, qoʻllab-quvvatlash va ularning kiberxavfsizligini taʼminlashda yagona arxitektura, standartlar, texnologik va tashkiliy yondashuvlarni qoʻllash;

(b) qayta foydalaniladigan raqamli komponentlar va servislardan foydalanish orqali davlat axborot tizimlarini ishlab chiqishni tezlashtirish, standartlashtirish va xarajatlarni qisqartirish;

(v) davlat maʼlumotlarini markazlashgan holda boshqarish, shu jumladan, maʼlumotlarni yigʻish, tasniflash, zaxiralash, saqlash va ulardan foydalanish;

(g) davlat xizmatlarini koʻrsatishda toʻlovlar, yigʻimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlarni qabul qilish uchun toʻlov infratuzilmasi faoliyatini taʼminlash.

3. Raqamli texnologiyalar vazirligi:

(a) 2026-yil 1-avgustga qadar raqamli hukumat va davlat maʼlumotlarini boshqarish sohasidagi yetakchi xalqaro konsultantlarni konseptual va texnologik yechimlarni mustaqil ekspertiza qilish, shuningdek, ilgʻor xalqaro tajriba va standartlarni inobatga olgan holda Platformaning loyiha-texnik va arxitektura hujjatlarini ishlab chiqishga jalb etsin;

(b) 2026-yil 1-dekabrga qadar Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda Platformada maʼlumotlar almashinuvi, xavfsizlik va davlat raqamli servislarini ishlab chiqish boʻyicha yagona texnologik standartlarni ishlab chiqsin;

(v) 2027-yil 1-iyulga qadar Platformaning ishlab chiqilishini taʼminlasin.

4. Belgilansinki:

(a) davlat axborot tizimlarida shakllantiriladigan maʼlumotlar davlat axborot resursi deb eʼtirof etiladi va ushbu maʼlumotlar Platforma doirasida boshqariladi;

(b) 2027-yil 1-iyuldan boshlab:

(i) davlat axborot tizimlari Platforma doirasida uning namunaviy raqamli komponentlaridan foydalangan holda yaratiladi va rivojlantiriladi, bundan davlat sirini, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan va bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni qayta ishlashga moʻljallangan hamda harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning axborot tizimlarini ishlab chiqish mustasno;

(ii) yangi davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish va amaldagi tizimlarni modernizatsiya qilish hamda davlat axborot tizimlarining idoralararo hamkorligi va integratsiyasi Platformaning namunaviy servislari va komponentlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi;

(iii) davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Platformaning funksionalini takrorlovchi davlat axborot tizimlarini yaratish va rivojlantirish taqiqlanadi;

(v) Platforma doirasida davlat axborot tizimlari axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasida belgilangan tartibda xulosa olish sharti bilan yaratiladi va rivojlantiriladi;

(g) Platformani yaratish va faoliyatini yuritish doirasida:

(i) Raqamli texnologiyalar vazirligiga — Platformani rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, standartlar va texnologik talablarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash vakolati berilsin hamda ularga qatʼiy rioya etilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish vazifasi yuklansin;

(ii) Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markaziga — Platformaning arxitektura yaxlitligini, unda yagona standartlarning qoʻllanilishini hamda davlat axborot tizimlarini Platformaga oʻtkazishni taʼminlash vazifasi yuklansin;

(iii) davlat organlari va tashkilotlariga — davlat axborot tizimlarini Platformaning namunaviy raqamli servislari va komponentlaridan foydalangan holda ishlab chiqish, maʼmuriy funksiyalarni raqamlashtirish, kompozit elektron davlat xizmatlarni va qogʻozsiz ishlash modelini joriy etish vazifasi yuklansin;

(d) “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Yagona integrator) — Platformaning texnik operatori va tizimli integratori hisoblanadi hamda Platformani ishlab chiqish, joriy etish, ekspluatatsiya qilish va texnik qoʻllab-quvvatlash ishlarini amalga oshiradi, Platformaning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligini taʼminlaydi.

5. Quyidagilar:

(a) Yagona integratsiyalashgan raqamli platformani ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;

(b) 2026 — 2028-yillarda Yagona integratsiyalashgan raqamli platformaning tarkibiga kiruvchi davlat axborot tizimlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2027-yil 1-yanvardan boshlab:

(a) davlat organlari tomonidan ichki hujjat aylanmasi, qarorlar qabul qilish va kelishish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatish Platforma va uning raqamli komponentlaridan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshiriladi;

(b) Platforma doirasida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari oʻrtasida maʼlumot almashinuvini osonlashtirish maqsadida ochiq integratsiya (Open API) tamoyili joriy qilinadi.

7. Belgilansinki, 2026-yil 1-avgustdan boshlab:

(a) Platforma doirasida ishlab chiqiladigan va modernizatsiya qilinadigan davlat axborot tizimlarining maʼlumotlarini joylashtirish, saqlash va qayta ishlash faqat davlat bulutli infratuzilmasi va (yoki) “Raqamli hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazida amalga oshiriladi, bundan davlat siri, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar, harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning axborot tizimlari, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga javob beruvchi davlat maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari mustasno;

(b) Platforma doirasida amalga oshiriladigan davlat axborot tizimlarini geozaxiralash va uzluksiz ishlashini taʼminlash faqat davlat maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarida amalga oshiriladi;

(v) tijorat banklari, birjalar, toʻlov va kredit tashkilotlariga Markaziy bankning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasidagi talablariga rioya qilgan holda davlat maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarining texnik quvvatlaridan foydalanishga ruxsat etiladi;

(g) davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining hamda ular muassisligidagi korxonalarning yangi axborot tizimlarini ishlab chiqish, maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini yaratish yoki server uskunalarini xarid qilish loyihalari “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Bunda yangi axborot tizimlari Platforma faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat qabul qilingunga qadar amaldagi tartibda ishlab chiqiladi;

(d) “Raqamli hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga belgilangan tartibda Yagona kiberxavfsizlik uzelining zaxira bogʻlamasi va Yagona kiberxavfsizlik operatorining agregatsiya qurilmalari joylashtiriladi.

III. Hududlarda raqamli boshqaruv tizimini joriy etish

8. Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanining vaziyatlar markazida inson omilini istisno etgan holda hududning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini real vaqt rejimida boshqarish imkonini beruvchi “Aqlli tuman” platformasi joriy etilganligi hamda ijobiy natijalar koʻrsatganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

9. Raqamli texnologiyalar vazirligi:

(a) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini “Aqlli tuman” platformasi asosida takomillashtirsin hamda unda quyidagilarni inobatga olsin:

(i) hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini monitoring va tahlil qilish, jumladan, aholi murojaatlari tahlili, iqtisodiy va investitsiya koʻrsatkichlari, ekologik holati, qurilish va kommunal xizmatlar boʻyicha koʻrsatkichlar hamda geofazoviy maʼlumotlar, hududiy obyektlar va xarita qatlamlarini yagona raqamli maydonda jamlash va tahlil qilish imkonini beruvchi “Rahbar paneli” moduli;

(ii) mahallalar kesimida aholini qiynayotgan muammolarni oʻrganish va asosiy yoʻnalishlar boʻyicha rivojlanish holatini aniqlash orqali fuqarolarning yashash darajasi va farovonligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash imkonini beruvchi “Inson qadri indeksi” moduli;

(iii) davlat organlari, xoʻjalik jamiyatlari, boshqa idora va tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari kesimida sohaga oid obyektlar, ularning joylashuvi, maʼmuriy-hududiy chegaralari, manzil va atribut maʼlumotlari hamda boshqa manbalardagi statistik maʼlumotlarni yagona raqamli xarita asosida jamlash, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi geoportal;

(iv) sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlovchi, tuman, mahalla va sohalar kesimida vaziyatni real vaqt rejimida aks ettiruvchi, rahbariyat soʻrovlari boʻyicha tezkor maʼlumot, xulosa va takliflarni shakllantiruvchi “Hokimning virtual assistenti” moduli;

(b) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini 2026-yil yakuniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida, 2027-2028-yillarda respublikaning qolgan tuman va shaharlarida bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlasin.

10. Belgilansinki:

(a) Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksining egasi hisoblanadi, uning maqsadli yoʻnalishlari va funksional rivojlanishini belgilaydi hamda hududlarda joriy etilishi, davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro integratsiya qilinishini muvofiqlashtiradi;

(b) Yagona integrator “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi doirasida:

(i) axborot tizimlarining hududlarda toʻliq joriy etilishi, ularning texnik-dasturiy hamda oʻquv-uslubiy jihatdan taʼminlanishini tashkil etish, shuningdek, dasturiy kompleksning uzluksiz faoliyat yuritishi va bosqichma-bosqich takomillashtirib borilishini taʼminlaydi;

(ii) davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazalarini “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksiga integratsiya qilish, oʻzaro axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish hamda axborot tizimlarining kiberxavfsizligini taʼminlaydi;

(v) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi komponentlari funksionalini takrorlovchi davlat axborot tizimlarini yaratish taqiqlanadi;

(g) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi doirasida ishlatiladigan server quvvatlari, maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash resurslari, shu jumladan, sunʼiy intellekt texnologiyalari asosidagi tahlil, prognozlash va “Hokimning virtual assistenti” modulining ishlashini taʼminlash uchun zarur grafik protsessor (GPU) resurslari belgilangan tartibda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan ajratiladi.

11. Belgilansinki:

(a) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini joriy etish, takomillashtirish, texnik qoʻllab-quvvatlash, server quvvatlari, maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash resurslari, shu jumladan, sunʼiy intellekt modullari uchun ajratilgan grafik protsessor (GPU) resurslaridan foydalanish boʻyicha Yagona integrator bilan oylik abonent toʻlovi asosida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi;

(b) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini joriy etish doirasida tashkil etiladigan vaziyatlar markazlarida axborot xavfsizligi, jismoniy muhofaza, kirish-chiqishni nazorat qilish, videokuzatuv, tashrif buyuruvchilarni roʻyxatga olish va xodimlarning vakolatlarini cheklash boʻyicha maxsus rejim joriy etiladi;

(v) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini joriy etish uchun zarur boʻlgan vaziyatlar markazi zallari, operator xonalarini qurilish-montaj va texnik taʼminlash ishlari, loyihalashtirish, aloqa kanallari, videodevorlar, ishchi oʻrinlar va boshqa dasturiy-apparat majmualari bilan jihozlash tegishli mahalliy hokimliklar tomonidan oʻz mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

12. Quyidagilar:

(a) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini hududlarda joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;

(b) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi doirasida integratsiya qilinadigan axborot tizimlari va maʼlumotlar hamda ularni taqdim etish uchun masʼul davlat organlari va tashkilotlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;

(v) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini hududlarda joriy etish boʻyicha vazifalar taqsimoti 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

13. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash, shu jumladan, axborot tizimlarini ishlab chiqish, joriy etish, rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlari Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hamda budjet tashkilotlarida ushbu maqsad uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.

14. Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.

16. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 8-iyul,

PQ-257-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi PQ-257-son qaroriga1-ILOVA

Yagona integratsiyalashgan raqamli platformani ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha

T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiMuddatiIjrochilarI. Tashkiliy chora-tadbirlar va normativ-huquqiy tartibga solish1.Yagona integratsiyalashgan raqamli platformani (keyingi oʻrinlarda — Platforma) loyihalash ishlariga Jahon banki bilan birgalikda yetakchi xalqaro maslahatchilarni (Big4) jalb etish.1. Xalqaro konsalting tashkilotlari (Big 4) ekspertlarini jalb etish.2026-yil iyulRaqamli texnologiyalar vazirligi,Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi2. Platformani yaratish va rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini tayyorlash.3. Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish.4. Platformani yaratish loyihasini amalga oshirish hamda ilgʻor tajribalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish boʻyicha ekspert tavsiyalarini tayyorlash.2027-yil yanvar2.Platformaning loyihani boshqarish boʻyicha loyiha ofisini va asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) shakllantirish.1. Loyihani boshqarish ofisini tashkil etish, uning tuzilmasini tasdiqlash va nizomini ishlab chiqish.2. Asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) belgilash.2026-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi3.Platformani ishlab chiqish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoalarni shakllantirish hamda treninglarni tashkil etish.1. Jamoalarni shakllantirish (DevOps mutaxassislari, tahlilchilar, arxitektorlar, axborot xavfsizligi mutaxassislari, dasturchilar va boshqalar).2026-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi2. Malakali ekspertlarni jalb etgan holda treninglar tashkil etish, shuningdek, mavzuga oid seminarlar va konferensiyalarda ishtirok etish.2027-yil yanvar4.Platforma faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.1. Yagona integratsiyalashgan raqamli platforma toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish. Bunda jismoniy shaxslarning raqamli profilini, davlat organlari va tashkilotlarini qogʻozsiz ishlash modeliga bosqichma-bosqich oʻtkazish va raqamli yetukligini baholash tartibini ham inobatga olish.2. Nizom loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.3. Nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil dekabrRaqamli texnologiyalar vazirligi5.Platforma boʻyicha uslubiy koʻrsatma va tavsiyalarni ishlab chiqish.1. Platformada davlat axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.2. Platformaga joylashtiriladigan davlat axborot tizimlari uchun nosozliklarga chidamlilik, zaxira nusxalash va tiklash darajasiga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil dekabrRaqamli texnologiyalar vazirligi6.“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi tomonidan IP-manzillarni “taklif soʻrovi” tartib-taomili asosida xarid qilish.1. Kompaniyalarga IP-manzillar xaridi boʻyicha soʻrov yuborish.2. Shartnoma imzolash va Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidan roʻyxatdan oʻtkazish.3. Taklif asosida imzolangan shartnoma boʻyicha 100 foiz oldindan toʻlovni amalga oshirish.2026-yil dekabrRaqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi7.Davlat axborot tizimlari va raqamli servislarni Platforma talablariga muvofiqlashtirish hamda belgilangan muddatlarda bosqichma-bosqich Platformaga oʻtkazishni taʼminlash.1. Mavjud axborot tizimlarini inventarizatsiya qilish va ularni Platforma talablariga muvofiqlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritish.2026-yil dekabrVazirlik va idoralar2. Platforma talablariga muvofiqlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ga taqdim etilgan takliflarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2027-yil yanvarRaqamli texnologiyalar vazirligi3. Platformaning namunaviy komponentlari va servislaridan foydalangan holda bosqichma-bosqich migratsiyani amalga oshirish.2027-2028-yillarVazirlik va idoralar8.Maʼmuriy funksiyalar va davlat xizmatlarini raqamlashtirish, qayta koʻrib chiqish va optimallashtirish, shu jumladan, ularni proaktiv va kompozit shaklga oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.1. Maʼmuriy funksiyalar va xizmatlarni tahlil qilish hamda ortiqcha bosqichlarni qisqartirish va raqamli formatga oʻtkazish.2. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun proaktiv va kompozit xizmatlar modelini bosqichma-bosqich joriy qilish.2026 — 2028-yillarAdliya vazirligi, vazirlik va idoralar9.Jismoniy va yuridik shaxslar uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat organlariga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish imkoniyatini joriy etish.1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat yuborish va portal orqali natijasini elektron shaklda olish imkoniyatini yaratish. 2. Tegishli davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan barcha murojaatlar bilan ishlash holatini oʻrganish, nazorat qilish va tahlil qilish imkoniyatini, shu jumladan, holatni onlayn kuzatish imkonini beruvchi maxsus “Rahbar paneli”ni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga integratsiya qilish.3. Davlat organlari va tashkilotlariga loyiha va tashabbuslar boʻyicha takliflarni elektron shaklda kiritish imkoniyati yaratish.2026-yil dekabrRaqamli texnologiyalar vazirligi, vazirlik va idoralar10.Murojaatlarning yagona klassifikatorini ishlab chiqish va tasdiqlash.1. Barcha davlat organlari va tashkilotlarida bir xil amaliyotni shakllantirish, tahlillarning aniq va sifatli boʻlishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidagi mavjud tasniflar asosida murojaatlarning yagona klassifikatorini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlariga joriy qilish hamda doimiy yangilab borish.2026-yil sentabrAdliya vazirligi,Strategik rivojlantirish va islohotlar agentligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi11.Davlat axborot tizimlarini tabiiy, texnogen va boshqa favqulodda vaziyatlardan maksimal darajada himoya qilishni nazarda tutuvchi geografik rezervlash loyihasi boʻyicha takliflar tayyorlash.1. Himoyalangan maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini qurish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish va tahlil qilish.2. Milliy himoyalangan maʼlumotlarni qayta ishlash markazini qurish uchun mahalliy geografik va jismoniy shart-sharoitlarni oʻrganish va tahlil qilish.3. Himoyalangan maʼlumotlarni qayta ishlash markazini qurish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.2026-yil dekabrVazirlar Mahkamasi,Davlat xavfsizlik xizmati,Mudofaa vazirligiII. Infratuzilmani tayyorlash hamda Platformani ishlab chiqish12.Platformaning texnik infratuzilmasini tekshirish va tayyorlash.1. Zarur hisoblash resurslarini aniqlash va ajratish. 2. Bulutli yoki gibrid infratuzilmani joriy etish.3. Maʼlumotlarning zaxira nusxasini saqlashni yoʻlga qoʻyish.4. Maʼlumotlarni uzatish va saqlash uchun ishonchli aloqa kanallarini taʼminlash.2026-yil oktabrRaqamli texnologiyalar vazirligi13.Platforma komponentlari va modullarini ishlab chiqish.1. Komponentlar va modullarga qoʻyiladigan talablarni tahlil qilish. 2. Pilot loyiha tarkibi va mazmunini aniqlash.3. Loyihalash, dizayn va foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish.4. Komponentlar va modullarni bosqichma-bosqich ishlab chiqish, testdan oʻtkazish va takomillashtirish.2027-yil iyulRaqamli texnologiyalar vazirligi14.Raqamli yechimlar va innovatsion servislarni sinovdan oʻtkazish hamda keyinchalik kengaytirish uchun Platformada test muhitini (sandbox) yaratish.1. Komponentlar va modullarga qoʻyiladigan talablarni tahlil qilish. 2. Loyihalash, dizayn va foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish.2027-yil iyulRaqamli texnologiyalar vazirligi15.Tovarlar va xizmatlarning Yagona milliy tasniflash tizimini ishlab chiqish.1. Xalqaro tajribani oʻrganish. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,vazirlik va idoralar2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.2026-yil oktabr3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.2026-yil noyabr4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil dekabrIII. Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash16.Platformaning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha talablarni ishlab chiqish.1. Ehtimoliy hujum modelini aniqlash hamda uning asosida axborot va kiberxavfsizlikka tahdidlar roʻyxatini shakllantirish.2. Kompyuter hodisalariga javob berish, foydalanuvchi va tizim maʼlumotlarini zaxiralash, kirishni boshqarish, lavozim yoʻriqnomalari, integratsiya, maʼlumotlarni himoyalash va boshqa masalalar boʻyicha hujjatlarni (yoʻriqnomalar, reglamentlar) ishlab chiqish.2026-yil dekabrDavlat xavfsizlik xizmati,Raqamli texnologiyalar vazirligi17.Platformada maʼlumotlarni himoyalash va kiberhujumlarning oldini olish tizimini joriy etish.1. Platformaning muhim (kritik) elementlariga kirishni chegaralash tizimlarini joriy etish.2. Hujumlarni aniqlash va oldini olish tizimlari, xavfsizlikka oid muhim hodisalarni loglash va xabardor qilish, tarmoq ekranlari, shifrlash va maʼlumotlar yaxlitligini nazorat qilish, aloqa kanallarini himoyalash va boshqa vositalarni joriy etish.3. Axborot xavfsizligi monitoringi markazi (SOC) faoliyatini tashkil etish va 24/7 rejimida doimiy monitoringni yoʻlga qoʻyish.2027-yil iyulRaqamli texnologiyalar vazirligi,Davlat xavfsizlik xizmati18.Platformada axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini joriy etish. 1. Qayta ishlanadigan maʼlumotlarni maxfiylik darajasi boʻyicha tasniflash.2. Platformaning kriptografik himoya tizimini yaratish uchun texnik hujjatlarni tayyorlash.3. Dasturiy va apparat-dasturiy axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va yetkazib berish uchun “UNICON.UZ fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish.4. “UNICON.UZ fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatida kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va isteʼmolchilarga yetkazib berish.2027-yil iyunRaqamli texnologiyalar vazirligi,Davlat xavfsizlik xizmati19.Platforma va uning komponentlarini axborot hamda kiberxavfsizlik talablari boʻyicha ekspertizadan oʻtkazish.Axborot va kiberxavfsizlik talablari boʻyicha ekspertiza oʻtkazish uchun vakolatli organ bilan shartnoma tuzish.2027-yil iyunDavlat xavfsizlik xizmati,Raqamli texnologiyalar vazirligi20.Platformaning axborot xavfsizligini nazorat qilish va auditdan oʻtkazish.1. Axborot xavfsizligi auditi metodikasini ishlab chiqish va kelishish.2. Axborot xavfsizligini taʼminlash va auditdan oʻtkazish boʻyicha yillik rejani tayyorlash hamda amalga oshirish. 3. Xalqaro standartlarga muvofiqlikni baholash (ISO 27001, GDPR va boshqalar).2027-yil iyunDavlat xavfsizlik xizmati,Raqamli texnologiyalar vazirligi21.Platformaning axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik hamda shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha belgilangan talablarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.1. Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik boʻyicha yagona talablar va standartlarga muvofiqlikni taʼminlash.2. Axborot tizimlarini joriy etishda belgilangan tartibda ekspertiza va auditdan oʻtkazish.DoimiyVazirlik va idoralar22.“Raqamli hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazini muhandislik himoya inshooti bilan jihozlash hamda katta miqdordagi soʻrov yuborish orqali amalga oshiriladigan kiberhujumga (DDOS hujumlar) qarshi dasturiy-apparat kompleksi bilan jihozlash.1. “Raqamli hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazini muhandislik himoya inshooti bilan jihozlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha ehtimoliy ijrochi (loyiha va pudrat tashkiloti)larga soʻrovlar yuborish.2. Loyiha va pudrat tashkiloti tanlovini eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan oʻtkazish.2027-yil iyunRaqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi23.Kiberxavfsizlik hamda shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish tizimini rivojlantirish borasida amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish.1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.2026-yil avgustDavlat xavfsizlik xizmati,“Kiberxavfsizlik markazi” DUK,Raqamli texnologiyalar vazirligi2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.2026-yil oktabr3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil dekabr24.Kiberxavfsizlik yoʻnalishida malakali kadrlar yetishtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilish.1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.2026-yil avgustDavlat xavfsizlik xizmati,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.2026-yil oktabr3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil dekabr25.Davlat axborot tizimlari foydalanuvchilariga markazlashgan tarzda uchinchi shaxslarga ERIdan foydalanish huquqini berish, bekor qilish va monitoring qilish imkoniyatini yaratish.1. Xalqaro tajriba, jumladan, Finlyandiya tajribasini oʻrganish.2026-yil sentabrSoliq qoʻmitasi,Adliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi2. Mavjud axborot tizimlarini takomillashtirish yoki yangi axborot tizimini ishlab chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflarni kiritish.2026-yil noyabr3. Texnik imkoniyat yaratish.2027-yil mart26.Davlat axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarining arxitekturasini hamda xavfsizligini tahlil qilish, ularning kodlaridagi zaifliklarini tekshirish, aniqlash va bartaraf etish imkonini beruvchi sunʼiy intellektga asoslangan agent dasturini ishlab chiqish.1. Xalqaro tajribani oʻrganish.2026-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,“Kiberxavfsizlik markazi” DUK2. Sunʼiy intellektga asoslangan agent dasturini ishlab chiqish va tajriba-sinov tariqasida ishga tushirish.2027-yil yanvar3. Tajriba-sinov natijasiga koʻra Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflarni kiritish.2027-yil aprel27.Vazirlik va idoralar tomonidan joriy etilgan axborot tizimlarining mavjud toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiyasini “Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integratsion platformasi orqali amalga oshirish choralarini koʻrish.1. Mavjud toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiyalar va meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va tahlil qilish.2026-yil noyabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,“Kiberxavfsizlik markazi” DUK,Davlat xavfsizlik xizmati,vazirlik va idoralar2. Toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiyalar boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.2027-yil fevral3. Tahlil natijalariga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiyalarni “Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integratsion platformasi orqali oʻtkazish boʻyicha reja-grafik tasdiqlash va bosqichma-bosqich oʻtkazish.Reja-grafik asosida

Izoh: “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan mazkur “yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar ijrosi monitoring qilib, zarur hollarda, unga oʻzgartirish kiritib boriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi PQ-257-son qaroriga2-ILOVA

2026 — 2028-yillarda Yagona integratsiyalashgan raqamli platformaning tarkibiga kiruvchi davlat axborot tizimlari

1.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali2.“Raqamli hukumat” tizimining foydalanuvchilarini identifikatsiyalash yagona axborot tizimi3.“Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi4.“Raqamli hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi5.“Raqamli hukumat” tizimining Yagona billing tizimi6.“Raqamli hukumat” tizimining Yagona toʻlov shlyuzi7.“Raqamli hukumat” tizimining Yagona xabarnomalar tizimi8.“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi9.Ochiq maʼlumotlar portali10.“ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi11.Jismoniy shaxslarning yagona reyestri12.Yuridik shaxslarning yagona reyestri13.Fuqaroning yagona raqamli profili14.Yuridik shaxsning yagona raqamli profili15.Klassifikatorlar va maʼlumotnomalarning yagona reyestri16.Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimi “E-qaror”17.Davlat organlari uchun raqamli mahsulotlar va xizmatlar marketpleysi18.Davlat organlari uchun xizmat sifatida dasturiy taʼminot (SaaS) asosidagi namunaviy yechimlar platformasi19.Namunaviy xizmat sifatida platforma (PaaS) servislar va dasturlash, xavfsizlik hamda ekspluatatsiyani birlashtiruvchi (DevSecOps) konveyerlar platformasi20.Muntazam jarayonlarni sunʼiy intellekt asosida avtomatlashtirish va intellektual yordamchilar platformasi

Izoh. “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi Platformaga integratsiya qilinadigan davlat axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari grafigini tasdiqlaydi, ijrosini nazorat qiladi hamda zarur hollarda, unga oʻzgartirish kiritib borishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi PQ-257-son qaroriga3-ILOVA

“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini hududlarda joriy etish boʻyicha

T/rAmalga oshiriladigan tadbirlarBajarish muddatiMoliyalashtirish manbasiMasʼul ijrochilar1.“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini joriy etish uchun zarur situatsion zallar, operator xonalari va ishchi oʻrinlarini tashkil etish, shu jumladan, loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlari, aloqa kanallari, videodevorlar, kompyuter texnikasi, tarmoq uskunalari va boshqa dasturiy-apparat majmualari bilan jihozlash.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahri — 2026-yil dekabrRespublikaning qolgan tuman va shaharlarida — 2027-2028-yillarda grafik asosidaTegishli mahalliy budjetlar, hokimliklarning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari,Raqamli texnologiyalar vazirligi2.“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi texnik topshirigʻini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish, ularning kiberxavfsizlik va axborot tizimiga muvofiqligini taʼminlash, kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish.2026-yil noyabr-“UZINFOCOM” MCHJ,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Kiberxavfsizlik markazi3.“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksidan foydalanish tartibini belgilovchi namunaviy reglamentni ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil avgust-Raqamli texnologiyalar vazirligi4.“Raqamli hokimlik” dasturiy majmuasini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining reja-jadvalini tasdiqlash va uni barcha tumanlarda ishga tushirishni taʼminlash.Bunda respublikaning barcha hududlarida mahalliy hokimliklarning masʼul xodimlari uchun oʻquv-treninglar tashkil etish.2027-2028-yillarda Tegishli mahalliy budjetlar, ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar,tuman (shahar) hokimliklari,Raqamli texnologiyalar vazirligi,“UZINFOCOM” MCHJ5.Hududlar kesimida barcha geofazoviy maʼlumotlarga ishlov berish hamda ularni tahlil qilish orqali mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishga koʻmaklashuvchi geoportal modulini “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi doirasida joriy etish.2028-yil dekabrIjrochilarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlariRaqamli texnologiyalar vazirligi,Kadastr agentligi,Qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari,“UZINFOCOM” MCHJ6.Mahallalar kesimida aholini qiynayotgan muammolarni oʻrganish va asosiy yoʻnalishlar boʻyicha rivojlanish darajasini aniqlash orqali fuqarolarning yashash darajasi va farovonligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash imkonini beruvchi “Inson qadri indeksi” modulini joriy etish.2027-yil dekabrIjrochilarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlariRaqamli texnologiyalar vazirligi,Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari,“UZINFOCOM” MCHJ7.Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy istiqomat qiluvchi jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish uchun Davlat chegarasini kesib oʻtganligi boʻyicha maʼlumotlarni yashash manzili kesimida “Raqamli mahalla” ATga avtomatik taqdim etish (push maʼlumot) mexanizmlarini joriy etish.2026-yil dekabr-Ichki ishlar vazirligi,Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondonligi,Migratsiya agentligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi8.“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksiga kelib tushgan xabarlarning masʼul organ va tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilishi va hal etilishini har haftada oʻtkaziladigan hokimlik soatlarida tanqidiy muhokama qilib borish.Doimiy-Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari9.Respublikaning barcha darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksida ishlash boʻyicha oʻqitish yuzasidan seminarlar tashkil etish.Grafik asosida-“UZINFOCOM” MCHJ,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklar10.Yagona raqamli muloqot nuqtasi orqali oʻzaro hamkorlik qilish, hududiy muammolar boʻyicha tezkor murojaat yuborish, fotosurat va geolokatsiya maʼlumotlarini ilova qilish, murojaatlar ijrosini kuzatish, javoblar olish, tezkor xizmatlardan foydalanish hamda hududga oid muhim xabarnomalarni qabul qilish imkonini beruvchi “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi doirasida mobil ilova ishlab chiqish.2026-yil dekabrIjrochilarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari“UZINFOCOM” MCHJ,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari,manfaatdor vazirlik va idoralar11.Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari hamda xulosalari, bayonnomalari, taqdimnomalarini “E-qaror” axborot tizimiga kiritilishini taʼminlash.2026-yil sentabr-Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi PQ-257-son qaroriga4-ILOVA

“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi doirasida integratsiya qilinadigan axborot tizimlari va maʼlumotlar hamda ularni taqdim etish uchun masʼul davlat organlari va tashkilotlari

Izoh:

1. “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini joriy etish jarayonida hududlar ehtiyojlaridan kelib chiqib, mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

2. Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari oʻz vakolati doirasida tegishli axborot tizimlari, maʼlumotlar, shu jumladan, geografik maʼlumotlar (koordinatalar, poligonlar va qatlamlar) belgilangan tartibda taqdim etish uchun masʼul hisoblanadi.

3. Maʼlumotlar mavjud boʻlgan eng quyi maʼmuriy-hududiy birlik, obyekt, korxona yoki infratuzilma elementi darajasida, hudud nomi, maʼmuriy-hududiy tuzilmalarni (obyektlarni) belgilash tizimi (MHTBT) yoki boshqa yagona identifikator, davr, koʻrsatkich qiymati, manzil, koordinatalar va zarur atributlar bilan taqdim etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi PQ-257-son qaroriga5-ILOVA

“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini hududlarda joriy etish boʻyicha

Quyidagilar “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini hududlarda joriy etish doirasida masʼul etib belgilansin:

(a) Raqamli texnologiyalar vazirligi — “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksining hududlarda joriy etilishi va faoliyati yoʻlga qoʻyilishini tashkil etish, davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlar bazalarining “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksiga integratsiya qilinishini muvofiqlashtirish, shuningdek, server quvvatlari, maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash resurslari, sunʼiy intellekt texnologiyalari asosidagi tahlil, prognozlash va “Hokimning virtual assistenti” modulining ishlashini taʼminlash uchun zarur grafik protsessor (GPU) resurslarini ajratish uchun;

(b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi — “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksidan foydalanish bilan bogʻliq oylik abonent toʻlovi uchun zarur mablagʻlarning 2027-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlash uchun;

(v) “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi — “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksining egasi sifatida uning maqsadli yoʻnalishlari, funksional rivojlanishi, hududlarda joriy etilishi, davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini umumiy muvofiqlashtirish uchun;

(g) “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — UZINFOCOM” MCHJ — “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksining hududlarda joriy etilishi va faoliyati yoʻlga qoʻyilishini dasturiy taʼminlash, uning uzluksiz ishlashi va takomillashtirib borilishini tashkil etish, oʻquv seminarlarini oʻtkazish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari taqdim etgan maʼlumotlar bazalarining “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksiga integratsiyasini tashkil etish uchun;

(d) davlat organlari va tashkilotlari — oʻzlariga tegishli axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va elektron axborot resurslarini belgilangan muddat va talablarga muvofiq “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksiga integratsiya qilish, zarur texnik maʼlumotlar, API, veb-servislar, maʼlumotlar tuzilmasi, maʼlumotnomalar, identifikatorlar va boshqa axborot resurslarini Yagona integratorning texnik talablariga muvofiq taqdim etish hamda maʼlumotlarning toʻliq, ishonchli va uzluksiz almashinuvini taʼminlash uchun;

(j) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari — “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini tegishli hududda joriy etish uchun zarur situatsion zallar, operator xonalari, aloqa kanallari va boshqa texnik infratuzilmani tashkil etish, loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini olib borish hamda dasturiy-apparat majmualari bilan jihozlashni taʼminlash, shuningdek, “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi orqali kelib tushgan xabarlar, murojaatlar va topshiriqlarning belgilangan tartibda tuman (shahar) darajasida yoki masʼul tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilishi va hal etilishini nazorat qilish hamda har chorakda kelib tushayotgan xabarlar va ularning ijrosini tanqidiy muhokama qilib borish uchun.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.