PQ-185-son Qaror · 20.09.2005

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-185
  • Qabul qilingan sana:20.09.2005
  • Kuchga kirgan sana:20.09.2005
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 37-38

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-iyuldagi PF-3631-son Farmoniga muvofiq:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2005-yil 20-sentabr,

PQ-185-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining2005-yil 20-sentabrdagi PQ-185-son qarorigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qarorining 4-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 11-martdagi PQ-26-son qarorining 3-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 19-maydagi PQ-1531-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 225-modda)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimini takomillashtirish va texnika bilan jihozlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 28-iyundagi PQ-110-son qarorining 2-ilovasidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.