PQ-306-son Qaror · 02.09.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi “Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-172-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-306
  • Qabul qilingan sana:02.09.2026
  • Kuchga kirgan sana:03.09.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/26/306/0884

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida qaror qilaman:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi “Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-172-son qarorining 3-bandi “b” kichik bandidagi “direktor” soʻzi “adliya vaziri oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 2-sentabr,

PQ-306-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.