PF-1994-son Farmon · 05.05.1998

Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1994
  • Qabul qilingan sana:05.05.1998
  • Kuchga kirgan sana:05.05.1998

1941 — 1945-yillardagi ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalaba kunining bayram qilinishi munosabati bilan va urush ishtirokchilarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Ikkinchi jahon urushi nogironlari va ishtirokchilariga 1500 soʻm (ikkita eng kam ish haqi) miqdorida bir martadan pul mukofoti belgilansin.

2. Ushbu Farmonni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ respublika budjeti hisobidan ajratilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur pul mukofoti toʻlanishini taʼminlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1998-yil 5-may,

PF-1994-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.