PQ-346-son Qaror · 21.09.2026

Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalari gʻoliblari va sovrindorlari hamda ularning trenerlarini munosib ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-346
  • Qabul qilingan sana:21.09.2026
  • Kuchga kirgan sana:23.09.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/26/346/0962

Mamlakatimizda keyingi yillarda aql-idrok va yuksak intellektual salohiyat ramzi boʻlgan shaxmat sport turini aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida keng ommalashtirish, iqtidorli shaxmatchilarni uzoq muddatli va tizimli tayyorlash, ularning jahon arenalarida yuqori natijalarga erishishi orqali yurtimizning xalqaro nufuzini yuksak choʻqqilarga koʻtarish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Soʻnggi yillarda oʻzbek shaxmat maktabi vakillarining Butunjahon shaxmat olimpiadalarida, nufuzli xalqaro turnir va chempionatlarda erishayotgan tarixiy va olamshumul gʻalabalari yurtimizda isteʼdodli sportchilarni tarbiyalash hamda ularning mahoratini uzluksiz oshirish, zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanganligining yaqqol isbotidir.

Xalqaro arenalarda Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarib, xalqimizga faxr-iftixor tuygʻularini baxsh etayotgan xalqaro shaxmat musobaqalari gʻolib va sovrindorlarining matonati hamda yuksak intellektual mahoratini alohida eʼtirof etish, shuningdek, ushbu yutuqlar ortida turgan trener-murabbiylarning fidokorona mehnatini munosib taqdirlash maqsadida qaror qilaman:

1. Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarining gʻolib va sovrindorlari boʻlgan shaxmatchilarimiz hamda ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdorini oshirish orqali ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-avgustdagi PQ-347-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi shaxmatchilari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlarining miqdorlari ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.

3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 21-sentabr,

PQ-346-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentabrdagi PQ-346-son qarorigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi shaxmatchilari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlarining

* Trenerlarga nazarda tutilgan pul mukofoti gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni oxirgi bir yil davomida tayyorlagan trenerlarga beriladi. Bunda ushbu mablagʻlar, tegishli Trenerlar kengashining qaroriga asosan, sportchini tayyorlashda soʻnggi 4 (toʻrt) yilda ishtirok etgan trener va boshqa mutaxassislar oʻrtasida qayta taqsimlanishi mumkin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.