Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni tashkil qilish tizimini takomillashtirish va tekshirishlar sonini keskin qisqartirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishi uchun nazorat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar belgilansin:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlar (shaharlar)da roʻyxatga olingan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish binolari, savdo shoxobchalari qayerda joylashganidan va xizmatlar koʻrsatiladigan (ishlar bajariladigan) joydan qatʼi nazar, ularning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmagan holda, tadbirkorlik subyekti roʻyxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
tadbirkorlik subyektlari tekshirish natijalari boʻyicha nazorat organlarining taqdimnomalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararni belgilangan muddatda va toʻliq hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penyani toʻlagan taqdirda ularga nisbatan moliyaviy jazo choralari qoʻllanilmaydi.
2. Vazirliklar, idoralarning rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qattiq ogohlantirib qoʻyilsinki, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlari ruxsatsiz tekshirilganligi va ularning xoʻjalik faoliyatiga noqonuniy aralashilganligi uchun yetkazilgan iqtisodiy zararning oʻrni qoplangan holda javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi nazorat va huquqni muhofaza qilish organlarining tekshirishlarni tayinlash va oʻtkazish borasida belgilangan tartibga qatʼiy rioya etish, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʻlidagi faoliyati ustidan muntazam nazoratni amalga oshirsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ hujjatlarini mazkur Farmon bilan muvofiqlashtirsinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Shamshiyev zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 5-oktabr,
PF-3665-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-son FarmonigaILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalar zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)