PF-3730-son Farmon · 06.04.2006

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda respublikaning budjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 1995-yil 16-avgustdagi PF-1213-son Farmoniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3730
  • Qabul qilingan sana:06.04.2006
  • Kuchga kirgan sana:06.04.2006
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 14

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 25-noyabrdagi PQ-227-son, “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-sonli qarorlariga muvofiq hamda xalq taʼlimi va tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimi joriy etilganligi munosabati bilan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda respublikaning budjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 1995-yil 16-avgustdagi PF-1213-son Farmoni 8-bandining barcha turdagi tibbiyot muassasalari va umumtaʼlim maktablariga taalluqli boʻlgan qismi 2006-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 6-aprel,

PF-3730-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.