# Bojxona kodeksi — 118-modda. Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/118 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga tranzit deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda tranziti amalga oshiriladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)