# Bojxona kodeksi — 144-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalariga nisbatan qoʻllaniladigan bojxona rejimlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/144 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Biror-bir bojxona rejimiga tovar sifatida joylashtirilishi maʼlum qilinmagan, tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasiga bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan paytdan eʼtiboran, tegishincha vaqtincha olib kirish yoki vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga ushbu bojxona rejimlari shartlariga shaxslarning rioya etishi majburiyatlari bilan joylashtirilgan tovar sifatida qaraladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)