# Bojxona kodeksi — 150-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan vaqtincha olib chiqilgan transport vositasini bojxona hududiga qaytarib olib kirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/150 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan vaqtincha olib chiqilgan transport vositasi bojxona hududiga qaytarib olib kirilayotganda, agar bojxona hududidan tashqarida tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasi qayta ishlash operatsiyalaridan oʻtkazilmagan boʻlsa, bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi, bundan uning but saqlanishini hamda undan foydalanilishini taʼminlash, shu jumladan unga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash operatsiyalari mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)