# Bojxona kodeksi — 156-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda olib oʻtishning soddalashtirilgan tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/156 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda bojxona chegarasi orqali olib oʻtish quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi: tovarlarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari, shu jumladan tovarlarning xavfsizligiga oid standartlarga va talablarga muvofiqligini majburiy tasdiqlash qoʻllanilmasligi, bundan erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimlariga tovar sifatida joylashtiriladigan transport vositasi mustasno; tovarning bojxona yuk deklaratsiyasi toʻldirilmaydigan bojxona rasmiylashtiruvi tartibi, bundan erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimlariga tovar sifatida joylashtiriladigan transport vositasi mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)