# Bojxona kodeksi — 157-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlarining qoʻllanilmasligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/157 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bojxona toʻlovlari quyidagilarga nisbatan qoʻllanilmaydi: jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida; jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida, bundan jismoniy shaxs manziliga kelayotgan tovarlar mustasno; doimiy yashash joyi oʻzgarganligi munosabati bilan jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan shaxsiy mol-mulkka nisbatan, bundan transport vositalari mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)