# Bojxona kodeksi — 165-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/165 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan pochta yoki kuryerlik joʻnatmalari xalqaro pochta yoki kuryerlik joʻnatmalaridir. Xalqaro pochta joʻnatmalari Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga yuborilishi kerak. Xalqaro kuryerlik joʻnatmalari tijorat hujjatlari bilan birga yuborilishi kerak. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida tegishincha bojxona hududiga olib kirilishi yoki ushbu hududdan olib chiqilishi qonunchilikda taqiqlangan tovarlarni yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)