BJK · 170-modda

170-modda. Tovarlarni bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtish

Tovarlar bojxona chegarasidan quvur transportida olib oʻtilayotganda tovarlarning qonunchilikda belgilangan standartlar va texnik shartlarga muvofiq aralashib ketishiga, shuningdek tashishning texnologik xususiyatlari hamda tovarlarning oʻziga xos xossalari oqibatida miqdori, sifati va holati oʻzgarishiga yoʻl qoʻyiladi.

Tovarlar quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilishiga ushbu bobda belgilangan qoidalarga koʻra keyinchalik deklaratsiyalash hamda bojxona toʻlovlarini toʻlash sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.

Quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlar bojxona organi tomonidan identifikatsiyalanmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.