# Bojxona kodeksi — 175-modda. Erkin omborlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/175 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Erkin ombor maxsus jihozlangan va belgilangan joy boʻlib, u tovarlarni erkin ombor bojxona rejimida bojxona nazorati ostida saqlash uchun moʻljallangan binolar hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni oʻz ichiga oladi. Erkin omborning ishlashini taʼminlash uchun zarur Oʻzbekiston tovarlariga erkin ombor bojxona rejimi qoʻllanilmaydi. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida saqlash sharoitlari talab etiladigan tovarlar bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus moslashtirilgan omborlarda yoki erkin omborning bir qismi boʻlgan alohida binolarda qonunchilikka muvofiq belgilangan majburiy talablarga rioya qilingan holda saqlanishi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)