# Bojxona kodeksi — 188-modda. Bojxona nazoratining shakllari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/188 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bojxona nazoratining shakllari quyidagilardan iborat: hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish; ogʻzaki soʻrov; axborot olish; bojxona koʻzdan kechiruvi; tovarlarning tamgʻalanganligini tekshirish; bojxona koʻrigi; shaxsiy koʻrik; bojxona identifikatsiyalashi; bojxona kuzatuvi; binolar va hududlarni tekshirish; tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, ularni hisobga olish tizimini tekshirish hamda ushbu tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiya qilish; tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)