# Bojxona kodeksi — 192-modda. Axborot olish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/192 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Axborot olish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan vakolatli shaxslardan va bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga molik holatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boshqa shaxslardan zarur axborot olishni nazarda tutadi. Axborot olish uchun vakolatli shaxsni va boshqa shaxsni chaqirish zarur boʻlgan taqdirda bojxona organi yozma shaklda xabar yuboradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)