BJK · 231-modda

231-modda. Guvohnomaning amal qilishini tugatish

Guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:

avtotransport vositasi tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqsiz holga kelganda;

avtotransport vositalarining milliy davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari almashganda;

guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelishi bilan guvohnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi hamda guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilish talab etilmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.