# Bojxona kodeksi — 25-modda. Bojxona rejimlarining turlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/25 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish maqsadlariga bogʻliq holda ularning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rejimlarining quyidagi turlariga muvofiq amalga oshiriladi: 1) eksport; 2) reeksport; 3) vaqtincha olib chiqish; 4) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash; 5) erkin muomalaga chiqarish (import); 6) reimport; 7) vaqtincha olib kirish; 8) bojxona hududida qayta ishlash; 9) vaqtincha saqlash; 10) bojxona ombori; 11) erkin ombor; 12) erkin bojxona zonasi; 13) boj olinmaydigan savdo; 14) bojxona tranziti; 15) yoʻq qilish; 16) davlat foydasiga voz kechish. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)