BJK · 251-modda

251-modda. Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi

Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

tovarni joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan choralarni qoʻllamagan holda yetkazib berishni;

tovarni bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan joylarga joylashtirishni;

tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini tovarlar kuzatuv hujjatlarining koʻchirma nusxalari asosida amalga oshirib, keyinchalik ushbu hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etishni;

bojxona yuk deklaratsiyasining bojxona rasmiylashtiruvida hujjatlarni tekshirishni tovarning namunalari va nusxalarini olmagan holda amalga oshirishni.

Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi qonunchilikka muvofiq boshqa choralarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.

Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan, avariyalar yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatlarini tugatish uchun zarur boʻlgan tovarlarning, shuningdek insonparvarlik yordami sifatida yuborilayotgan tovarlarning, tez buziladigan tovarlarning, tirik hayvonlarning, radioaktiv materiallarning bojxona rasmiylashtiruvi birinchi navbatda va soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.