BJK · 258-modda

258-modda. Bojxona yuk deklaratsiyasi

Bojxona yuk deklaratsiyasi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga taqdim etiladigan va muayyan bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar haqidagi toʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatdir. Bojxona yuk deklaratsiyasi elektron shaklda yoki qogʻozda yozma shaklda taqdim etiladi. Deklaratsiyalash qogʻozda yozma shaklda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan holatlar, tovarlar va bojxona tartib-taomillari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tovarlar qogʻozda yozma shaklda deklaratsiyalangan taqdirda bunday deklaratsiya uning elektron nusxasi taqdim etilgan holda topshirilishi kerak.

Bojxona yuk deklaratsiyasi dastlabki deklaratsiyalash chogʻida, shuningdek qisqa, muvaqqat, toʻliq boʻlmagan yoki davriy bojxona yuk deklaratsiyasi sifatida qoʻllanilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.