# Bojxona kodeksi — 264-modda. Bojxona deklaratsiyasini qabul qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/264 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bojxona organi bojxona deklaratsiyasini qabul qilishni rad etishga haqli emas. Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligini rasmiylashtirish u topshirilgan kunda, roʻyxatdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligi rasmiylashtirilgan paytdan boshlab u yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)