# Bojxona kodeksi — 271-1-modda. Bojxona ekspertizasi tayinlanganda tovarlarni chiqarib yuborish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/271-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar tayinlangan bojxona ekspertizasining natijalari olinguniga qadar tovarlarni chiqarib yuborish, basharti bojxona yuk deklaratsiyasida hisoblangan miqdordagi bojxona toʻlovlari toʻlangan va bojxona ekspertizasi natijalariga koʻra qoʻshimcha ravishda toʻlanishi lozim boʻlgan miqdordagi bojxona toʻlovlarini toʻlash taʼminoti taqdim etilgan boʻlsa, bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Tovarlarga nisbatan taqiqlar va cheklovlar qoʻllanilishi mumkinligini koʻrsatuvchi belgilar bojxona organlari tomonidan aniqlangan va ularga rioya qilinganligini isbotlovchi dalillar deklarant tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, tovarlar chiqarib yuborilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)