# Bojxona kodeksi — 273-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/273 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi aniqlangan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishiga oid ish yurituv tugallanguniga qadar amalga oshirilishi mumkin, basharti: tovarlar qonunchilikka muvofiq olib qoʻyilmagan yoki xatlanmagan boʻlsa; qonunchilikka muvofiq tovarlar musodara qilinishi yoxud davlat daromadiga oʻtkazilishi lozim boʻlmasa; bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishiga oid ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hisoblanishi mumkin boʻlgan bojxona toʻlovlarini va jarimalarni toʻlash yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa undiruv choralari deklarant tomonidan taʼminlangan boʻlsa. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)