# Bojxona kodeksi — 276-modda. Deklarantning majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/276 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Deklarant: tovarlarni va (yoki) transport vositalarini deklaratsiyalashni amalga oshirishi; bojxona maqsadlari uchun zarur, shu jumladan deklaratsiyalanayotgan tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan vakolatli organlar tomonidan oʻtkaziladigan veterinariya, fitosanitariya nazorati, ekologik nazorat va davlat nazoratining boshqa turlari talablariga rioya etilishi toʻgʻrisidagi hujjatlarni va (yoki) maʼlumotlarni bojxona organiga taqdim etishi; bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona organining talabiga koʻra taqdim etishi; bojxona organining talabiga koʻra tovarlarni tarozida tortishni hamda boshqacha tarzda ularning miqdori va sifatini aniqlashni, shuningdek deklaratsiyalanayotgan tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirishi; bojxona toʻlovlarini toʻgʻri hisoblab chiqarishi; ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlarini toʻlashi yoki ularning toʻlanishini taʼminlashni taqdim etishi; tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organining talabiga koʻra hozir boʻlishi hamda bojxona organining mansabdor shaxslariga bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazishda koʻmaklashishi; tovarlar va (yoki) transport vositalari joylashtirilgan bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etishi; tovarlarni va (yoki) transport vositalarini deklaratsiyalashda bojxona identifikatsiyalash vositalari oʻzgartirilganligi, yoʻq qilinganligi, buzilganligi yoki yoʻqotilganligi, idishlar va oʻrovlar buzilganligi, tovarlar tovarning kuzatuv hujjatlarida va bojxona nazoratining boshqa hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq emasligi aniqlanganligi haqida bojxona organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishi shart. Tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant: bojxona organiga tovarning bojxona qiymatini maʼlum qilishi; tovarning bojxona qiymatini aniqlashga taalluqli maʼlumotlarni bojxona organining talabiga koʻra taqdim etishi shart. Deklarantda tovarning oʻzi maʼlum qilgan bojxona qiymatini aniqlashtirish yoki bojxona organiga qoʻshimcha maʼlumot taqdim etish tufayli yuzaga kelgan xarajatlar deklarantning zimmasida boʻladi. Tovarning bojxona rasmiylashtiruvi muddatining bojxona qiymatini aniqlash bilan bogʻliq tarzda uzaytirilishidan deklarant bojxona toʻlovlarini amalda kechiktirib toʻlash uchun foydalanishi mumkin emas. Deklarantning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)