# Bojxona kodeksi — 277-modda. Bojxona brokerining faoliyati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/277 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bojxona brokerining faoliyati bojxona operatsiyalarini deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirigʻiga koʻra va uning nomidan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirishdan iborat. Bojxona brokerining deklarant yoki vakolatli shaxs bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi. Bojxona brokerining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi bojxona brokeri va deklarant oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan cheklanishi mumkin emas. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)