BJK · 282-modda

282-modda. Bojxona brokerining majburiyatlari

Bojxona brokeri:

deklarant yoki vakolatli shaxs oldidagi oʻz fuqarolik javobgarligini bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari miqdorida sugʻurtalashi;

bojxona operatsiyalari amalga oshirilayotganda bojxona organiga bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi;

qonunchilikning tovarlarga doir talablariga, taqiqlariga, cheklovlariga rioya etgan holda tovarlarni deklaratsiyalashni amalga oshirishi va bojxona organiga bojxona deklaratsiyasini berishi;

tovarning bojxona qiymatini aniqlashda mazkur Kodeks 276-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq belgilangan deklarantning majburiyatlarini bajarishi;

bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organlariga koʻmaklashishi;

tovarlarni joʻnatuvchidan, qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor etmasligi, undan shaxsiy maqsadlari uchun foydalanmasligi shart, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Bojxona brokerining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlarning bajarilganlik fakti bojxona brokerining zimmasiga bojxona rejimining amal qilishini tugallash bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish majburiyatlarini yuklamaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.