BJK · 292-modda

292-modda. Boj tarifi. Bojxona bojlari qoʻllanilayotgandagi tarif kvotalari

Boj tarifi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tizimlashtirilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan bojxona bojlari stavkalarining jamlanmasidir.

Tashqi savdo siyosatini amalga oshirishda tovarlarning ayrim turlari uchun tarif kvotalari joriy etilishi mumkin.

Tarif kvotasi muayyan davrda tovarning muayyan miqdorini olib kirish va olib chiqishda bojxona bojining boj tarifiga muvofiq qoʻllaniladigan stavkasiga nisbatan pastroq bojxona boji stavkalari qoʻllanilishini nazarda tutuvchi, tovarlarni bojxona hududiga olib kirish va undan olib chiqishda boj tarifini tartibga soluvchi choradir.

Belgilangan miqdordan (kvotadan) ortiq miqdorda bojxona hududiga olib kiriladigan va bu hududdan olib chiqiladigan tovarlarga bojxona bojining boj tarifiga muvofiq stavkasi qoʻllaniladi.

Tarif kvotalari, ularni tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash usullari va tartibi qonunchilikda belgilanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.