# Bojxona kodeksi — 300-1-modda. Savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng koʻp qulaylik berish rejimini qoʻllash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/300-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Boj tarifi bilan belgilangan stavkalar miqdoridagi bojxona bojlari, tovarni joʻnatuvchi va eksport qiluvchi mamlakatdan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarida eng koʻp qulaylik berish rejimini qoʻllayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladi. Savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng koʻp qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoxud ishlab chiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan boj tarifidan tashqari quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha bojxona boji undiriladi: bojxona bojining advalor stavkasi turi oʻn foizgacha boʻlgan tovarlarga nisbatan — besh foiz; bojxona bojining advalor stavkasi oʻn foizdan yigirma foizgacha boʻlgan tovarlarga nisbatan — oʻn foiz; bojxona bojining advalor stavkasi yigirma foizdan oʻttiz foizgacha boʻlgan tovarlarga nisbatan — oʻn besh foiz; bojxona bojining advalor stavkasi oʻttiz foiz va undan yuqori boʻlgan tovarlarga nisbatan — yigirma foiz. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)