# Bojxona kodeksi — 31-modda. Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/31 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Eksport bojxona rejimiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻladigan hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda eksport qilinadigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)