# Bojxona kodeksi — 311-modda. Qiymatlarni chegirib tashlash asosidagi usul > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/311 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qiymatlarni chegirib tashlash asosidagi usul baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida: bojxona hududida dastlabki holati oʻzgarmagan holatda; baholanayotgan tovar bojxona hududiga olib kirilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida katta miqdorlarda (bir nechta turkumlarda); shunday tovarni sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxsga sotilayotgan, baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovar birligining narxi qabul qilinishini nazarda tutadi. Baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovar birligining narxidan quyidagi xarajatlar chegirib tashlanadi: toʻlanadigan yoxud toʻlashga kelishilgan vositachilik haqi yoki foyda uchun ustamalar hamda olib kirilgan oʻsha klassdagi va turdagi tovarni bojxona hududida sotish bilan bogʻliq boʻlgan umumiy xarajatlar; tovarlarni olib kirish yoki sotish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va boshqa toʻlovlarning summalari; bojxona hududida transportda tashish, sugʻurtalash, yuklash va tushirish uchun sarflangan xarajatlar. Oʻsha klassdagi yoki turdagi tovar iqtisodiyotning muayyan tarmogʻi mahsulotiga taalluqli boʻlgan tovarlar guruhini, shu jumladan aynan bir xil va oʻxshash tovarlarni anglatadi. Ichki bozorda tovarning sotilish narxini tanlashda koʻrilayotgan tovarning import qilinganidan keyingi birinchi tijorat bosqichidagi narxini, yaʼni olib kirilgan tovarning birinchi marta qayta sotilishidagi narxini hisobga olish kerak boʻladi. Baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning baholanayotgan tovar olib kirilishidan oldin toʻqson kalendar kun ichida sotilganligi faktlari mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalari inobatga olingan holda baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovar tovar birligining qaysi narxi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida eng katta turkumda, oʻzgarmas holatda, baholanayotgan tovar olib kirilgan kunga eng yaqin muddatda, lekin baholanayotgan tovar olib kirilgan kundan eʼtiboran toʻqson kundan kechiktirmay sotilayotgan boʻlsa, oʻsha narx qabul qilinadi. Baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning bojxona hududida oʻzgarmas holatda sotilganligi faktlari mavjud boʻlmagan taqdirda, baholanayotgan tovarning bojxona qiymati tovarga keyinchalik ishlov berilganidan keyin olingan, shunday tovarni sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxsga bojxona hududida eng katta miqdorda sotiladigan mahsulot birligining narxi asosida, deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra aniqlanadi. Bunda tovarning bojxona qiymatiga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishlar kiritiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)