# Bojxona kodeksi — 324-modda. Bojxona toʻlovlari stavkalarining qoʻllanilishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/324 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun: bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni amalda boʻlgan, bundan ushbu Kodeksning 172 va 325-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno; bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boʻlmagan bojxona toʻlovlarini toʻlashda bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kuni amalda boʻlgan stavkalar qoʻllaniladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)