# Bojxona kodeksi — 330-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/330 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini olish uchun toʻlovchi bojxona organiga: bojxona toʻlovlari summalarini toʻlash boʻyicha yozma majburiyatni oʻz ichiga olgan arizani; ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)