BJK · 333-modda

333-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda ularning summalarini toʻlash muddatlari

Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda toʻlovchi tomonidan ularning summalarini toʻlash:

kechiktirib toʻlash imkoniyati berilganda — kechiktirib toʻlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay;

boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda — bojxona organi tomonidan toʻlovchi bilan birgalikda tasdiqlangan jadval boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlanadigan summalarni kiritishning kelishib olingan kunlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan bojxona toʻlovlarining summalari toʻlovchi tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, bojxona organlari bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning butun summasini ushbu Kodeksning 47 va 48-boblarida nazarda tutilgan tartibda depozit, tovarlar garovi, bank kafolati, sugʻurta polisi yoki kafillik bilan taʼminlangan pul mablagʻlari hisobidan undirib olish choralarini koʻradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.