# Bojxona kodeksi — 333-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda ularning summalarini toʻlash muddatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/333 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda toʻlovchi tomonidan ularning summalarini toʻlash: kechiktirib toʻlash imkoniyati berilganda — kechiktirib toʻlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay; boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda — bojxona organi tomonidan toʻlovchi bilan birgalikda tasdiqlangan jadval boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlanadigan summalarni kiritishning kelishib olingan kunlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. Kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan bojxona toʻlovlarining summalari toʻlovchi tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, bojxona organlari bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning butun summasini ushbu Kodeksning 47 va 48-boblarida nazarda tutilgan tartibda depozit, tovarlar garovi, bank kafolati, sugʻurta polisi yoki kafillik bilan taʼminlangan pul mablagʻlari hisobidan undirib olish choralarini koʻradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)