BJK · 337-modda

337-modda. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning miqdori

Quyidagi tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning miqdori erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish maʼlum qilinganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va foizlarning summasiga mos boʻlishi kerak:

ushbu Kodeksning 222 va 223-moddalarida nazarda tutilgan, bojxona hududida bojxona nazorati ostida olib oʻtiladigan tovarlarga;

bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan joylarda saqlanayotgan tovarlarga;

shartli bojxona qiymati qoʻllanilgan holda chiqarib yuboriladigan tovarlarga;

bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash qoʻllanilgan holda chiqarib yuboriladigan tovarlarga;

bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar chiqarib yuboriladigan tovarlarga.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.