# Bojxona kodeksi — 341-modda. Bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/341 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza depozit qaysi bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga tushgan boʻlsa, oʻsha bojxona organiga yoxud bojxona nazorati ostida tovarlarni tashish tugallanayotgan bojxona organiga beriladi. Tovarlarni tashish majburiyatlari bajarilganligi bojxona nazorati ostida tovarlarni tashish tugallanayotgan bojxona organi tomonidan tasdiqlanganidan keyin ikki ish kuni ichida bojxona organi bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun kiritilgan depozit qaytarilishini amalga oshiradi. Bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish toʻlov qaysi valyutada kiritilgan boʻlsa, oʻsha valyutada bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)