# Bojxona kodeksi — 343-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida tovarlarni garovga qoʻyishga doir talablar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/343 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tovarlarni garovga qoʻyish bojxona organi va kafolat shartnomasi boʻyicha toʻlovchi yoki boshqa shaxs boʻlishi mumkin boʻlgan garovga qoʻyuvchi oʻrtasidagi garov toʻgʻrisidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Garov toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuzilgan va notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak. Garovga qoʻyuvchi garov toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq garov narsasini tasarruf etishga haqli. Garov toʻgʻrisidagi shartnoma qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)