# Bojxona kodeksi — 35-modda. Reeksport bojxona rejimida bojxona toʻlovlarining qoʻllanilishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/35 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Reeksport bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovar bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan ozod etiladi. Ilgari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar reeksport qilinayotganda, tovarning amalda reeksport qilinayotgan qismiga nisbatan toʻlangan bojxona bojlari va soliqlar summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobida nazarda tutilgan tartibda, ayni bir vaqtning oʻzida quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oshiriladi: tovarning reeksporti uni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish maʼlum qilingan kundan eʼtiboran ikki yil ichida amalga oshirilayotgan boʻlsa; tovar bojxona hududida ishlatilmagan va taʼmirlanmagan boʻlsa, bundan tovarni qaytarishga sabab boʻlgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovarni ishlatish zarur boʻlgan hollar mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)