BJK · 352-modda

352-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari hisobidan undirish

Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari hisobidan undirish uning hisobvaraqlarida bojxona organining inkasso topshiriqnomasi qoʻyilgan paytdan eʼtiboran olti oydan koʻproq muddatda pul mablagʻlari boʻlmagan taqdirda qoʻllaniladi.

Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash hisobiga undiruvni mol-mulkka qaratish bojxona organining daʼvo arizasiga asosan sud tartibida amalga oshiriladi, bundan undiruvni bojxona organiga garov narsasi sifatida berilgan mol-mulkka qaratish bojxona organi va garovga qoʻyuvchi oʻrtasidagi shartnoma shartlariga qarab amalga oshiriladigan hollar mustasno.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.